Reja: Elektrotexnika fani tarixining predmeti va strukturasi


 Mamlakatimiz elektroenergetikasi xaqida ma’lumotlar


Download 176.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana06.02.2023
Hajmi176.8 Kb.
#1172094
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Mavzu (1)

 
3. Mamlakatimiz elektroenergetikasi xaqida ma’lumotlar. 


Tarixga nazar tashlasak O’zbekistonda dastlabki elektrostansiya Bo’zsuv 
elektrostansiyasi bo’lib u 1926- yilda ishga tushirilgan. Keyingi davrlarda CHirchiq-
Bo’zsuv, SHaxrixon, Namangan, Farxod, CHovoq gidroelektr stansiyalari
Farg’ona, Quvasoy, Toshkent, Angren, Oxangaron, Navoiy, Taxiatosh issiklik 
elektrostansiyalari qurildi va bugungi kunda mamlakatni elektr engergiyasi bilan 
taminlab turibdi. Shuni aloxida ta’kidlash kerakki mamlakatimiz xududida kattta 
tog’ daryolari yo’q, mavjud kichik tog’ daryolarida esa katta quvvatli 
elektrostansiyalar qurish imkoniyati cheklangan. 
Sobiq sho’rolar davrida mamlakatimiz xududida elektroenergetika soxasi 
nisbatan aktiv rivojlangan bo’lsada, lekin u o’sha paytdagi mamlakat o’rtacha 
ko’rsatkichidan ancha past bo’lgan. O’sha paytda rejalashtirilib qurilgan katta 
quvvatli elektrostansiyalar O’rta-Osiyo regioni nuqtai nazaridan qurilgan va 
bugungi kunda ular qo’shni Tojikiston va Qirg’iziston davlatlari xududida 
joylashgan. 
Mamlakatimizdagi sanoatning tezkor suratlar bilan o’sib borishi, axoli 
turmush darajasining yuksalishi natijasida elektr ta’minotiga bo’lgan talabining 
tinimsiz ortishi mamlakatimizda elektr energiyasi ishlab chiqarishni tinimsiz orttirib 
borishni taqozo etadi. Ayniqsa Toshkent viloyati va Farg’ona vodiysi viloyatlari 
elektr energiyasiga bo’lgan talab keskin ortib bormoqda.
So’nggi yillarda mamlakatimiz elektroenergetika soxasidagi yuzaga kelgan 
xolat, xamda mintaqadagi vaziyat xisobga olingan xolda davlatimiz raxbariyati 
tomonidan ushbu soxani rivojlantirishning qat’iy choralari ko’rilmoqda. Jumladan 
mavjud issiqlik elektr stansiyalarining quvvati zamonaviy texnologiyalarni qullash 
xisoga orttirilmoqda va yangi quvvatlar ishga tushirilmoqda.
Mamlakatimizning bugungi kundagi elektroenergetik ko’rsatkichlari 
quyidagicha:
Elektrostansiyalarning umumiy quvvati - 12.3 mln kVt; 
Ishlab chiqarilgan yillik elektr energiya - 48 mlrd Kvt soat;
Katta quvvatli elektrostansiyalarning soni - 39 ta. 
Eksport 11.5 Mlrd KVt soat. Import 11,4 Mlrd KVt soat 
Respublikada ishlab chiqariladigan elektr energiyaning 85 % qismi issiqlik 
elektr stansiyalari xisobiga to’g’ri keladi. 

Download 176.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling