Ushbu davr davomida respublikamizda 13,5 mlrd kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,5 mlrd kVt•soatga yoki 4,0 foizga ko‘pni tashkil qiladi


Download 89.63 Kb.
bet1/3
Sana24.04.2023
Hajmi89.63 Kb.
#1394864
  1   2   3
Bog'liq
uzbekernergo



Uzbekenergo


2023-YIL YANVAR-FEVRAL OYLARIDA ELEKR ENERGIYASINI ISHLAB CHIQARISH VA YETKAZIB BERISH KO‘RSATKICHLARI
Ushbu davr davomida respublikamizda 13,5 mlrd kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,5 mlrd kVt•soatga yoki 4,0 foizga ko‘pni tashkil qiladi.
Shuningdek, respublika iste’molchilariga 11,3 mlrd kVt•soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 mlrd kVt•soatga yoki 13,4 foizga ko‘pni tashkil qiladi.



2016 — 2022-yillarda respublika iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlash ko‘rsatkichlari:
➖2016-yil - 45,7 mlrd kVt⋅soat;
➖2017-yil - 47,4 mlrd kVt⋅soat;
➖2018-yil - 50,5 mlrd kVt⋅soat;
➖2019-yil - 52,7 mlrd kVt⋅soat;
➖2020-yil - 55,8 mlrd kVt⋅soat;
➖2021-yil - 59,1 mlrd kVt⋅soat;
➖2022-yil - 62,4 mlrd kVt⋅soat*.
2022-yilda iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmi 2016-yilga nisbatan 16,7 mlrd kVt⋅soatga yoki 36,5 foizga ko‘pni tashkil etdi.
https://minenergy.uz/uz/news/view/2582
«HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATI
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 martdagi «О‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi tо‘g‘risida»gi PQ-4249-sonli qaroriga asosan elektr energiyani yakuniy iste’molchilarga taqsimlovchi va sotuvchi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarini boshqarishni amalga oshiruvchi «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tarkibidagi 12 ta hududiy filial hamda 2 ta hududiy korxona tomonidan (“Buxoro HETK” va “Farg‘ona HETK” AJlar) 0,4-6-10-35-110 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarini ekspluatatsiyasi, shuningdek, mazkur obektlarning rivojlanishi doirasida yangi qurilish, rekonstruksiya, kapital va joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshiriladi. Bundan tashqari 3 ta filial (“EEHOAM” filiali, “D va SHXR” filiali, “Davlat xaridlari markazi” filiali) tomonidan elektr energiyasi iste’molchilariga xizmat kо‘rsatiladi.
Jamiyatning 12 ta hududiy filiali hamda 2 ta hududiy korxonasi (“Buxoro HETK” va “Farg‘ona HETK” AJlar) tarkibidagi 211 ta tuman va shahar elektr ta’minoti korxonasi tassarufidagi 35-110 kV kuchlanishli 1 788 ta podstansiyadan uzatiladigan elektr energiyasi 95 789 dona transformator punkti va 270,3 ming km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari orqali О‘zbekiston Respublikasining maishiy va yuridik iste’molchilariga yetkazib beriladi. 

Download 89.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling