Reja: Elektrotexnika fani tarixining predmeti va strukturasi


Elektrotexnika fani, uning predmeti va strukturasi


Download 176.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana06.02.2023
Hajmi176.8 Kb.
#1172094
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Mavzu (1)

1. Elektrotexnika fani, uning predmeti va strukturasi. 
Elektrotexnika elektr energiyasidan foydalanib ishlovchi qurilma va 
mexanizmlarni ishlashini, xamda elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni uzatish 
bilan bog’liq muammolarini o’rganuvchi texnikikaviy fandir. Elektrotexnika fani 
bevosita fizikaning elektr va magnetizm bo’limlarida o’rganilgan qonuniyatlarga 
asloslanadi. Bundan tashqari elektrotexnika fani tegishli matematik apparat va 
kimyoviy tushunchalarga xam asoslanadi. Elektrtoxnika fani quyidagi asosiy 
bo’limlarga bo’lib o’rganiladi: 
1-o’zgarmas tok elektr zanjirlari;
2-bir fazali o’zgaruvchan tok zanjirlari;
3-uch fazali o’zgaruvchan tok zanjirlari;
4 -elektr mashinalari; 
5-elektr yuritma asoslari; 
6 -elektronika asoslari. 
Ushbu bo’limlar fizika va matematika fanlari bilan uzviy bog’liqlikda 
o’rganiladi. Quyidagi sxemada elektrotexnikaning muxandislik tizimlaridagi asosiy 
qullanilish soxalari va ularning fizikaviy, matematik asoslari keltirilgan.
Elektrotexnika fani va uning predmeti bevosita kundalik turmushimizda biz 
foydalanayotgan elektr toki va elektr qurilmalari bilan bog’liq. SHu jixatdan olib 
qaraganda elektrotexnika fani ko’proq amaliy axamiyatga ega va uning asosiy 
qonuniyatlarini o’rganish kundalik turmushimiz uchun juda zarur. Fanni o’rganishda 
fizikaning elektr va megnetizm bo’limlariga tegishli qonuniyatlar fundamental asos 
bo’lib xizmat qiladi. Barcha elektrotexnik tushunchalar va qonuniyatlar ana shu 
fundamental tushunchalarning amaliy ifodasi sifatida namoyon bo’ladi. Shuning 
uchun xam elektrotexnika fanini o’rganishda fizikaning asosiy qonuniyatlari muxim 
va xal qiluvchi o’rin tutadi.


Elektrotexnika fani umumtexnikaviy fan sifatida barcha texnik oliy o’quv 
yurtlarida o’qitiladi. Elektrotexnika sohasidagi bilimlar muhandislik bilimlarining 
asoslaridan birini tashkil qiladi. CHunki bugungi kunda elektr energiyasisiz texnik 
taraqqiyotni va jamiyat xayotini tasavvur etish qiyin.

Download 176.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling