Tarixga nazar tashlasak O’zbekistonda dastlabki elektrostansiya Bo’zsuv
elektrostansiyasi bo’lib u 1926- yilda ishga tushirilgan. Keyingi davrlarda CHirchiq-
Bo’zsuv,
SHaxrixon, Namangan, Farxod, CHovoq
gidroelektr stansiyalari,
Farg’ona, Quvasoy, Toshkent, Angren,
Oxangaron, Navoiy, Taxiatosh issiklik
elektrostansiyalari qurildi va bugungi kunda mamlakatni
elektr engergiyasi bilan
taminlab turibdi. Shuni aloxida ta’kidlash kerakki mamlakatimiz xududida kattta
tog’ daryolari yo’q, mavjud kichik tog’ daryolarida
esa katta quvvatli
elektrostansiyalar qurish imkoniyati cheklangan.
Sobiq sho’rolar davrida mamlakatimiz xududida elektroenergetika soxasi
nisbatan aktiv rivojlangan bo’lsada, lekin u o’sha paytdagi mamlakat o’rtacha
ko’rsatkichidan ancha past bo’lgan. O’sha paytda rejalashtirilib
qurilgan katta
quvvatli elektrostansiyalar O’rta-Osiyo regioni nuqtai nazaridan qurilgan va
bugungi kunda ular qo’shni Tojikiston va Qirg’iziston
davlatlari xududida
joylashgan.
Mamlakatimizdagi sanoatning tezkor suratlar bilan o’sib borishi, axoli
turmush darajasining yuksalishi natijasida elektr ta’minotiga bo’lgan
talabining
tinimsiz ortishi mamlakatimizda elektr energiyasi ishlab chiqarishni tinimsiz orttirib
borishni taqozo etadi. Ayniqsa Toshkent viloyati va Farg’ona vodiysi viloyatlari
elektr energiyasiga bo’lgan talab keskin ortib bormoqda.
So’nggi yillarda mamlakatimiz elektroenergetika soxasidagi yuzaga kelgan
xolat, xamda mintaqadagi vaziyat xisobga olingan xolda
davlatimiz raxbariyati
tomonidan ushbu soxani rivojlantirishning qat’iy choralari ko’rilmoqda. Jumladan
mavjud issiqlik elektr stansiyalarining quvvati zamonaviy texnologiyalarni qullash
xisoga orttirilmoqda va yangi quvvatlar ishga tushirilmoqda.
Mamlakatimizning bugungi kundagi elektroenergetik ko’rsatkichlari
quyidagicha:
Elektrostansiyalarning umumiy quvvati -
12.3 mln kVt;
Ishlab chiqarilgan yillik elektr energiya -
48 mlrd Kvt soat;
Katta quvvatli elektrostansiyalarning soni -
39 ta.
Eksport
11.5 Mlrd KVt soat. Import
11,4 Mlrd KVt soat
Respublikada ishlab chiqariladigan elektr energiyaning 85 % qismi issiqlik
elektr stansiyalari xisobiga to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: