Reja: Element organik birikmalarining umumiy tasnifi
Aluminiy-organik birikmalar
Download 6.32 Kb.
|
Reja Element organik birikmalarining umumiy tasnifi-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kremniyli organik birikmalar
Aluminiy-organik birikmalar.
Aluminiy-organik birikmalar litiy yoki magniy-organik birikmalar asosida olinadi: Nemis olimi K. Siglerning ishlari aluminiy-organik birikmalar kimyosida yangilik bo‘ldi. K. Sigler (1955) vodorod ishtirokida alkenlarga aluminiy ta’sir ettirib (3—20 MPa, 60—100°S da) trietil aluminiyni sintez qildi: Bu reaksiya natijasida olingan Al(C2H5)3 stereoregular polimerlanish reaksiyalari uchun eng arzon va muhim kompleks katalizatorlaridan biri hisoblanadi. Kremniyli organik birikmalar Silanlar — SiH4, Si2H6 kremniyning vodorod bilan hosil qilgan birikmalari bo‘lib, ular tuzilishiga ko‘ra alkanlarga o‘xshash, ammo xossalari jihatidan ulardan farq qiladi. Silanlarda Si—Si bog‘i mustahkam emasligi tufayli, alkanlar kabi silanlarning soni ko‘p emas. Silanlar SiO2 bilan magniy metalidan hosil bo‘lgan qotishmani kislota bilan parchalab olinadi: Uglevodorodlardan farqli o‘laroq silanlar turg‘un bo‘lmay suv ta’sirida oson parchalanadi: Galogenlar ta’sir ettirilganda silanlar, metan kabi o‘rin olish reaksiyasiga kirishadi: Alkilsilanlar va ularning galogenli hosilalari ancha barqaror. Sanoatda bunday birikmalarni olish uchun 300°—350°C da kremniy va mis aralashmasidan o‘tkaziladi: Si(CH3)4 — tetrametilsilan va Si(C2H5)4 tetraetilsilanlar kremniyning to‘liq alkillangan hosilasining vakillari bo‘lib, kimyoviy inertligi jihatidan alkanlarga o‘xshaydi. Alkilxlorsilanlar — kimyoviy faol birikmalar, ular oson gidrolizlanadi: Bu misoldan ko‘rinib turibdiki, gidroliz natijasida hosil bo‘lgan silanollar — spirtlarning analoglari bo‘lib, beqaror va tezda suv ajratib chiqarib osongina siloksanlarga — oddiy efirlarga o‘tadi. Dialkildixlorsilanlarning gidrolizlanishidan hosil bo‘lgan silandiollar polikondensatlanib, polimer xarakteridagi polisilaksanlarga o‘tadi: Kremniy-organik polimerlar bir qator qimmatli xususiyatlarga ega. Ular issiqqa chidamli, yonmaydi, sovuqda qotmaydi, suvni shimmaydi, organik erituvchilarda erimaydi, agressiv suyuqliklar ta’siriga barqaror birikmalardir. kremniy-organik birikmalarning silatranlar sinfi keng doirali, o‘ziga xos biologik faollikka egaligi bilan qishloq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega. Fosfor va mishyak davriy sistemaning beshinchi gruppa elementlari bo‘lib, azot analoglaridir. Bu elementlarning organik hosilalari o‘rtasida ham qisman o‘xshashlik kuzatiladi. Bu ayniqsa ularning tuzilishlari o‘xshashligida namoyon bo‘ladi. Kimyoviy xossalari jihatidan o‘xshashligi shundaki, fosfinlar asos xossasiga ega, ular aminlar kabi kislotalar bilan tuz hosil qiladi: Download 6.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling