Reja: Element organik birikmalarining umumiy tasnifi
Download 6.32 Kb.
|
Reja Element organik birikmalarining umumiy tasnifi-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elemant organik biriknalar
- Magniy-organik birikmalar
Reja: Element organik birikmalarining umumiy tasnifi Element-organik birikmalar Reja: Element organik birikmalarining umumiy tasnifi Magniy-organik birikmalar Alyuminiy-organik birikmalar Kremniy-organik birikmalar Fosfor va Mishyakli organik birikmalar Molekulasida uglerod atomi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘langan metall yoki metallmas atomlari bor birikmalar element-organik birikmalar deyiladi. Birinchi bo‘lib element - organik birikmalarni 1849-yilda ingliz olimi E. Frankland kashf etdi, u etil yodidga rux ta’sir ettirib dietil ruxni sintez qildi va uglerod atomlari metallar bilan bevosita bog‘lanishi mumkinligini ko‘rsatdi: Elemant organik biriknalar: Element-organik birikmalar metall-organik birikmalar va metallmas- organik birikmalarga bo‘linadi. Ular tuzilishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: 1. Sof element-organik birikmalar. Bunday birikmalarda element atomlari faqat uglevodorod radikali bilan bevosita bog‘lanadi: 2. Aralash element-organik birikmalar. Bularda element atomlari uglevodorod radikali bilan birga boshqa element bilan birikkan bo‘ladi. Magniy-organik birikmalar Magniy - organik birikmalar galoid alkillarning suvsizlantirilgan (absolut) efirdagi eritmasiga magniy metali ta’sir ettirib olinadi: Bu reaksiyani birinchi bo‘lib 1861-yilda fransuz kimyogari F. Grinyar ochgan, shu sababli uni Grinyar reaksiyasi deb atalib, hosil qilingan magniy-organik birikmani Grinyar reaktivi deb ataladi. Grinyar reaktivi ko‘pgina moddalarni sintez qilishda foydalaniladi.Odatda, hosil qilingan magniy-organik birikma efirdan ajratib o‘tirilmaydi, chunki uning reaksiyaga kirishish xususiyatiga efirning ta’siri bo‘lmaydi. Tarkibida harakatchan vodorod bo‘lgan moddalar (spirtlar, suv, aminlar va hokazo) magniy-organik birikmalar bilan o‘rin almashinish reaksiyasiga kirishadi va reaksiya natijasida alkanlar hosil bo‘ladi: Grinyar reaktivining etilen oksidi, uglerod (IV)-oksidi, nitril, aldegid va ketonlar bilan reaksiyalari organik sintezda keng ishlatiladi. Bu reaktiv yordamida turli tuzilishga ega bo‘lgan karbon kislotalar, birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlarni sintez qilish mumkin. O‘simlik bargining yashil pigmenti — xlorofill molekulasida pirrol halqasi saqlagan murakkab porfinning magniyli kompleks birikmasi hisoblanadi. Xlorofill o‘simlik hayotida muhim biologik ahamiyatga ega bo‘lib, u o‘simliklarda boradigan fotosintez jarayonida ishtiroketadi. Download 6.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling