Reja: Element organik birikmalarining umumiy tasnifi


Download 6.32 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi6.32 Kb.
#1549592
  1   2   3
Bog'liq
Reja Element organik birikmalarining umumiy tasnifi-hozir.org


Reja: Element organik birikmalarining umumiy tasnifi

Element-organik birikmalar


Reja:

Molekulasida uglerod atomi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘langan metall yoki metallmas atomlari bor birikmalar element-organik birikmalar deyiladi. Birinchi bo‘lib element - organik birikmalarni 1849-yilda ingliz olimi


E. Frankland kashf etdi, u etil yodidga rux ta’sir ettirib dietil ruxni sintez qildi va uglerod atomlari metallar bilan bevosita bog‘lanishi mumkinligini ko‘rsatdi:


Elemant organik biriknalar:
Element-organik birikmalar metall-organik birikmalar va metallmas- organik birikmalarga bo‘linadi. Ular tuzilishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:
1. Sof element-organik birikmalar. Bunday birikmalarda element atomlari faqat uglevodorod radikali bilan bevosita bog‘lanadi:
2. Aralash element-organik birikmalar. Bularda element atomlari uglevodorod radikali bilan birga boshqa element bilan birikkan bo‘ladi.


Magniy-organik birikmalar
Magniy - organik birikmalar galoid alkillarning suvsizlantirilgan (absolut) efirdagi eritmasiga magniy metali ta’sir ettirib olinadi:
Bu reaksiyani birinchi bo‘lib 1861-yilda fransuz kimyogari F. Grinyar ochgan, shu sababli uni Grinyar reaksiyasi deb atalib, hosil qilingan magniy-organik birikmani Grinyar reaktivi deb ataladi.
Grinyar reaktivi ko‘pgina moddalarni sintez qilishda foydalaniladi.Odatda, hosil qilingan magniy-organik birikma efirdan ajratib o‘tirilmaydi, chunki uning reaksiyaga kirishish xususiyatiga efirning ta’siri bo‘lmaydi.
Tarkibida harakatchan vodorod bo‘lgan moddalar (spirtlar, suv, aminlar va hokazo) magniy-organik birikmalar bilan o‘rin almashinish reaksiyasiga kirishadi va reaksiya natijasida alkanlar hosil bo‘ladi:
Grinyar reaktivining etilen oksidi, uglerod (IV)-oksidi, nitril, aldegid va ketonlar bilan reaksiyalari organik sintezda keng ishlatiladi. Bu reaktiv yordamida turli tuzilishga ega bo‘lgan karbon kislotalar, birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlarni sintez qilish mumkin.
O‘simlik bargining yashil pigmenti — xlorofill molekulasida pirrol halqasi saqlagan murakkab porfinning magniyli kompleks birikmasi hisoblanadi. Xlorofill o‘simlik hayotida muhim biologik ahamiyatga
ega bo‘lib, u o‘simliklarda boradigan fotosintez jarayonida ishtiroketadi.



Download 6.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling