Turli hududlarda imtiyoz va rag’batlantirishlar ba’zi jihatlari bilan farq qiladi. - Turli hududlarda imtiyoz va rag’batlantirishlar ba’zi jihatlari bilan farq qiladi.
- Imtiyozlar to’rtta asosiy guruhga ajratiladi:
- Tashqi savdo imtiyozlari. Bu alohida bojxona-tarif rejimini kiritish (ekport-import bojlarini kamaytirish yoki bekor qilish) va tashqi savdo operastiyalarini amalga oshirish tartibini soddalashtirish;
- Soliq imtiyozlari. Bunda faoliyatning ma’lum ko’rinishlari soliq imtiyozlari orqali rag’batlantiriladi. Bu imtiyozlar soliq bazasi (daromad, mulk qiymati va h.k.), uning tarkibiy qismlari (amortizatsiya ajratmalari, ish haqiga xarajat, transport), soliq stavkalarining darajasi, soliqqa tortilishdan doimiy va vaqtinchalik ozod qilish masalalari;
- Moliyaviy imtiyozlar. U o’z ichiga turli shakldagi subsidiyalarni oladi. Ularga kommunal xizmatlarning arzonligi, er maydonlari va ishlab chiqarish binolari, ijara haqini kamaytirish, imtiyozli kreditlar berish kiradi;
- Ma’muriy imtiyozlar. Korxonalarni ro’yxatdan o’tkazish va xorijiy fuqarolar kirib-chiqishini engillashtirish, shuningdek turli xizmatlar ko’rsatish maqsadida ma’muriyat tomonidan maxsus hududlar ajratilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |