Reja: Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari. Dunyoqarashning tuzilishi va tarixiy shakllari. Falsafa fanining predmeti va funksiyalari. «Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi
Download 98.78 Kb.
|
Falsafaning funksiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metodologik funksiya si
- Falsafaning integrativ funksiya si
Falsafaning gnoseologik funksiyasi tajribada sinash, tavsiflash yoki shak-shubhasiz inkor etish mumkin bo‘lmagan, ya’ni fan ochib berish, tadqiq etish va tahlil qilishga qodir bo‘lmagan narsalar va hodisalarni oqilona yo‘l bilan tushuntirishga harakat qilishdir. Falsafa u yoki bu mohiyati aniqlanmagan yoki kam o‘rganilgan hodisalarni tushuntirishga nisbatan o‘z yondashuvlari, nazariyalari va gipotezalarini taklif qilar ekan, ularni bilishga bo‘lgan qondirilmagan qiziqish o‘rnini muayyan darajada to‘ldiradi, shu tariqa mifologik va diniy fantaziyalarga kamroq o‘rin qoldiradi. Falsafa gnoseologiyada hal qiladigan boshqa bir muhim vazifa «Haqiqat nima?», «Uning mezonlari qanday?», degan masalalar bilan bog‘liq, zero har qanday bilish jarayoni oxir-oqibatda, u yoki bu tarzda haqiqatning tagiga etishga qarab mo‘ljal oladi, bu esa eng muhim masaladir.
Metodologik funksiyasi u yoki bu maqsadga erishishning muayyan usulini, shuningdek borliqni nazariy va amaliy o‘zlashtirishga qaratilgan usullar yoki amallar majmuini anglatadi. (bu tushuncha yunoncha methodos – yo‘l, tadqiqot, tekshirish so‘zidan kelib chiqqan). Boshqacha qilib aytganda, bu faylasuf yoki olim o‘zi o‘rganayotgan predmetning tadqiqot yo‘lidir. Odatda metodologiya muammolari falsafa doirasida o‘rganilgan, biroq ayrim fanlar vujudga kelishi bilan falsafiy (umumiy) metodlar bilan bir qatorda muayyan, ayrim ilmiy metodlar ham rivojlana boshladi. Falsafaning boshqa bir muhim metodologik funksiyasi falsafada ham, ayrim fanlarda ham muhim rol o‘ynaydigan har xil kategoriyalarni ishlab chiqishdan iborat. Kezi kelganda yana shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, falsafa o‘ta keng tushunchalar, ya’ni kategoriyalar bilan ish ko‘rar, ularni ta’riflar ekan, metodologik funksiya bilan bir vaqtda dunyoqarashni shakllantirish funksiyasini ham bajaradi. Falsafaning integrativ funksiyasi real borliqning yangi ob’ektlari va hodisalari insonning nazariy tadqiqotlari sohasidan o‘rin olishi, shuningdek ilgari ma’lum darajada anglab etilgan narsalar va hodisalarni yanada chuqurroq o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj ilmiy bilim o‘z rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq tabaqalanishiga turtki beradi. Buning natijasida ayrim fanlar paydo bo‘lib, ular nafaqat o‘z tadqiqot ob’ekti va predmetini ajratdi, balki o‘zining faqat mazkur fanga xos bo‘lgan tili, kagegoriyalar apparati va hokazolarni yaratdi. Ammo bu yo‘lda jiddiy xavf ham mavjud bo‘lib, u shundan iboratki, fanlarning ajralishi natijasida ular o‘rtasidagi aloqalar susayadi, ular murakkab kompleks vazifalarni echishda faol o‘zaro aloqa qilish qobiliyatini yo‘qotadi. Qarama-qarshi jarayon – ilmiy bilimlarning integratsiyalashuvi va u yoki bu muammolarni echish uchun kuch-g‘ayratni birlashtirish jarayoni bu xavfning oldini olish imkonini beradi. Murakkab kompleks muammolarni tadqiq etuvchi hozirgi zamon fanida ba’zan ayrim ilmiy fanlarning vakillari boshqa fanlarning vakillarini faqat ular turli tillarda, ya’ni har biri o‘z fanining tilida gapirgani bois tushunmaydi. Bu jihatdan falsafa ular uchun amalda bog‘lovchi bo‘g‘inga, birlashtiruvchi asosga aylanadi, chunki u o‘z tahlilida fanlararo muloqotga va mazmuni ayni bir kontekstda turli fanlar tomonidan qabul qilinadigan va qo‘llaniladigan fundamental tushunchalarni yaratishga qarab mo‘ljal oladi. Murakkab ob’ektlarni kompleks tadqiq qilishda har bir muayyan fan o‘z predmetidan kelib chiqadi. Bu predmet doirasi unga o‘rganilayotgan ob’ektni yaxlit ko‘rish, uning aloqalarini aniqlash imkonini bermaydi. Bu vazifani hal qilishga ham faqat falsafa qodir bo‘lib, u butun vaziyatni yaxlit ko‘rish imkonini beradi va bu jihatdan nafaqat fanlar o‘rtasida, balki inson faoliyatining ayrim jabhalari, masalan, o‘tkazilayotgan tadqiqotlar bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan huquqiy, siyosiy, axloqiy faoliyat o‘rtasida ham bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. Download 98.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling