Reja: Falsafa atamasining kelib chiqishi


III. Yangi davr olam va odam muammosi. Ushbu davrda talaba


Download 229.75 Kb.
bet28/44
Sana10.11.2023
Hajmi229.75 Kb.
#1761769
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   44
Bog'liq
Mavzy №1. Falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi ro’li -fayllar.org

III. Yangi davr olam va odam muammosi. Ushbu davrda talaba

Foma Akvinskiy (1225-


1274) katolik teologiyani yaratgan va sxolastikani tizimga solgan mutafakkir sifatida e'tirof etadi. Uning eng
mashhur asarlari: «Teologiya yig'indisi», «Falsafa yig'indisi», Majusiylarga qarshi yig'indi». Ularda muallif asosan
Aristotel` asarlariga tayanadi. Foma Akvinskiy Aristotel` ijodi bilan Sharqqa salb yurishi chog'ida tanishadi. Uning
ontologiyasida borliq ham ehtimol tutilgan, ham amalda mavjud deb qaraladi. Borliq - ayrim narsalarning
mavjudligi, ya'ni substantsiyadir. Foma Akvinskiy imkoniyat va voqelik kabi kategoriyalar bilan bir qatorda
materiya va shakl kategoriyalarini ilmiy muomalaga kiritadi. Bunda materiya imkoniyat sifatida, shakl esa – voqelik
sifatida qaraladi. Foma Akvinskiy Aristotelning shakl va materiya haqidagi asosiy g'oyalaridan foydalanib, din
haqidagi ta'limotni ularga to'la bo'ysundiradi. Materiya shaklsiz mavjud bo'lmaydi, shakl esa oliy shaklga yoki
«shakllarning shakli» - Xudoga bog'liqdir. Xudo esa sof ma'naviy mavjudot. Shaklning materiya bilan birikuvi
moddiy dunyo uchungina zarur. Boz ustiga materiya (Aristoteldagi kabi) passivdir. Unga shakl faol tus beradi. Foma



Akvinskiy «ilohiy borliq», hamonki u o'z-o'zidan ravshan narsa emas ekan, tafakkurimiz anglashga qodir bo'lgan


narsalar orqali isbotlanishi lozim. U Xudo borligining hozirgi vaqt katolik cherkovi ham foydalanuvchi o'z dalil-
isbotini taklif qiladi. Foma Akvinskiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari ham diqqatga sazovor. U shaxs - «oqilona
tabiatdagi eng olijanob» hodisa, deb hisoblagan. Uning fikricha, shaxs aql-zakovat, sezgilar va iroda bilan
tavsiflanadi. Aql-zakovat irodadan ustun turadi. Ammo Xudoni bilishni Foma Akvinskiy Xudoga bo'lgan
muhabbatdan keyingi o'ringa qo'yadi, ya'ni sezgilar, agar ular oddiy narsalarga emas, balki Xudoga qaratilgan bo'lsa,
aqldan ustun bo'lishi mumkin. Foma Akvinskiy o'zining «Podsholar boshqaruvi haqida» asarida insonga avvalo
ijtimoiy mavjudot sifatida, davlatga esa xalq farovonligi haqida g'amxo'rlik qiluvchi tashkilot sifatida yondashadi.
Hokimiyatning mohiyatini u axloq, xususan yaxshilik va adolat bilan bog'laydi va hatto xalqning adolatsiz
podsholarga qarshi bosh ko'tarish huquqi to'g'risida so'z yuritadi. Foma Akvinskiy ikki qonun: Xudo odamlar ongi
va qalbiga joylagan «tabiiy qonun» va cherkovning davlat va fuqarolik jamiyatidan ustunligini belgilovchi «ilohiy
qonun» haqidagi muammoni ham muhokamaga kiritadi. Uning fikricha, dunyoviy hayot bo'lg'usi ma'naviy hayotga
tayyorgarlikdir. Podshoning hokimiyati oliy – ma'naviy hokimiyatga bo'ysunishi lozim. Bu hokimiyatni osmonda –
Iso Masih, Yerda – Rim Papasi boshqaradi. Foma Akvinskiy siyosiy hokimiyat shakllarini muhokama qilar ekan,
Aristotel` kabi monarxiyani afzal ko'radi.

Foma Akvinskiy falsafasi XIV asrdan boshlab dominikan sxolastlarining bayrog'iga aylandi, XVI asrdan e'tiboran


iezuitlar tomonidan targ'ib qilina boshladi. Iezuitlarning mafkurachilari Foma Akvinskiy falsafiy tizimini sharhladi
va takomillashtirdi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab uning ta'limoti hozirgi vaqt falsafiy tafakkurining
qudratli oqimlaridan biri sanalgan neotomizm negiz aylandi.

Download 229.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling