Reja: Falsafa atamasining kelib chiqishi


IY. XX-XXI asr arab faylasuflari ijodida olam va odam muammosi


Download 229.75 Kb.
bet29/44
Sana10.11.2023
Hajmi229.75 Kb.
#1761769
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44
Bog'liq
Mavzy №1. Falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi ro’li -fayllar.org

IY. XX-XXI asr arab faylasuflari ijodida olam va odam muammosi.

To’rtinchi masala XX-XXI


asrlrda Sharq faylasuflari ta’limotlarini organish asosida yondashiladi. Bilish muammosi so'fizmning eng muhim
tomonini tashkil etadi. Mo'tadil so'fizm ta'limotiga ko'ra gnostik(orif)ning asosiy vazifasi oliy maqsadga erishish –
haqiqatni bilishdan iborat. Bu maqsadga o'zini o'zi takomillashtirish va o'zini o'zi bilish yo'li bilan erishiladi. O'z
mohiyatini bilish jarayonida inson o'zida ilohiy unsurlar mavjudligini, Allohni bilishning birdan-bir to'g'ri usuli
o'zini o'zi bilish, ya'ni o'zlikni anglash ekaninini tushuna boshlaydi. Biroq bilishning bu darajasiga yetish uchun
odam o'zini butunlay o'z o'zligini anglashga baxshida etishi lozim. U so'fiycha turmush tarzini tanlashi, shuningdek
haqiqat sari yo'l tutgan kishilarga qo'yiladigan ayrim boshqa talablarni bajarishi darkor. Mo'tadil so'fizm vakillari
qatoriga Xorisi Muhosibiy, Abulqosim Kushayriy, Abu Homid G'azzoliy va boshqalar kiradi. Ular so'fiy shariat
chizig'idan chetga chiqmasligi, uning barcha so'zlari va ishlari Qur'oni karim aqidalari va Muhammad payg'ambar
hadislariga muvofiq bo'lishi lozim, deb hisoblaydilar. «Vahdati vujud» (borliqning birligi) nuqtai nazarida
turuvchiso'fiylar so'fizmning ashaddiy tarafdorlari hisoblanadi. Ular Haqiqat (Alloh) va tabiatni bir deb qaraydilar.
Tabiat ilohiy emansipatsiya oqibatidir. Inson bu emansipatsiya zanjirida oxirgi bo'g'inni egallaydi. U nafaqat
Haqiqat (Alloh)ni bilish darajasiga yetadi, balki o'zi ham Haqiqat – «Alloh»ga aylanadi. So'fiylikning bu tariqati
vakillari yashirin, sirli narsalarni bilishni afzal ko'rib, shariat aqidalari va me'yorlarini tan olmaganlar. So'fizm
Allohni tabiat bilan uzviy deb qaraydi. Uni insonni qurshagan tashqi dunyoda, mavjud har bir narsa bilan
tenglashtiradi va ularda Allohning siymosi, mohiyatini ko'rib, tabiat, atrof muhit sari, uning sirlarini ochish tomon,
bu yashirin hodisalarning har birida ilohiy haqiqat belgisi, mohiyatini topish va bilish maqsadida muayyan qadam
tashlaydi. So'fizmdagi Allohni bilishda bilish usullari va vositalari
sifatida vahiy va ilhom amal qiladi. Bu yerda sezgilar va aql bilish vositalari sifatida ishlamaydi. Borliqning birligi
tarafdorlari sanalgan so'fiylarda panteistik an'analar ustunlik qiluvchi ta'limotlarda Allohni bilish nazariyasi bilan bir
qatorda dunyoni bilish nazariyasi ham mavjud bo'lib, unda bilish ob'ekti sifatida moddiy dunyoning o'zi, bilish
vositalari va usullari sifatida esa – sezgilar, aql, kuzatish, taqqoslash, so'zning tor ma'nosidagi tajriba amal qiladi.
Garchi ular bilishning turli shakllarini tan olsalar-da, mohiyatlar mohiyati (Alloh)ni bilish darajasi to'g'risida so'z
yuritilgan hollarda bilish shakllarining ahamiyatini cheklaydilar. Allohni bilishga faqat Uning karami va nuri
yordamida muvaffaq bo'linadi. Mutlaq haqiqatning tagiga yetish yo'lidan boruvchi odam (orif) o'z oldiga haqiqatni
bilish vazifasini qo'ygan faol individga aylanadi va uzoq izlanishlar, turli mistik bosqichlar, maqomlardan o'tish va
o'zlikni anglash natijasida o'zida mutlaq haqiqat (Alloh)ni topadi va yetuk insonga aylanadi. So'fizm ta'limotiga
ko'ra, haqiqatning tagiga yetish uchun odam o'z ichki dunyosi, qalbini har xil dunyoviy qusurlardan forig' etishi
lozim. Bunga erishish uchun u bir qancha ma'naviy bosqichlar yoki so'fiylar ta'biri bilanaytganda maqomlardan
o'tishi darkor. Bilish va ma'naviy sayohat yo'lida odamga uning tafakkuri yo'l ko'rsatadi. Ko'rsatilgan bosqichlarning
har biridan o'tish natijasida odam axloqiy va ma'naviy jihatdan takomillashadi va haqiqatni bilishga yaqinlashadi.
Abu Homid G'azzoliy so'fizmni panteizmdan tozalashga harakat qildi va u bunga muvaffaq bo'ldi. G'azzoliy fikriga
ko'ra, «har qanday ma'naviy poklanishlardan qat'i nazar, inson hech qachon Xudoga aylana olmaydi». Bu bilan u
so'fizm va panteizm o'rtasida o'ziga xos «xitoy devori»ni o'rnatdi. So'fizm vakili Ibn Arabiy falsafasi Yevropa
falsafiy an'anasiga yaqin bo'lgan tilda yaratilgan filosofema. Uni ayni holda ratsionalistik filosofema deb nomlash
mumkin (u birlik, ko'plik, sabab, oqibat, birinchi asos, jism, makon, vaqt kabi kategoriyalar va atamalardan
foydalanadi); tilini badiiy til deb belgilash mumkin bo'lgan, biroq nafaqat estetika jabhasini, balki ontologiya va
naturfalsafaning ratsionalistik tili bilan bir borliqni tavsiflovchi filosofema (uning kategoriyalari – muhabbat,
intilish, ehtiros, muhtojlik, go'zallik va sh.k.); nihoyat, «mistik» tilda yaratilgan filosofema (kategoriyalari: zavq,
hol, fano, baqo, jon, ro'yo va h.k.). Har bir filosofema, Ibn Arabiyda bilishning alohida usuliga tayanadi. Shu sababli
yechimlarning har biri bo'yicha tegishli bilish usulining qisqacha tavsifini keltirish o'rinli bo'ladi deb o'ylaymiz. 1.
Bilishning birinchi usuli – oqilona-mantiqiy bilish. Uningvositasi – aql, amalga oshirish usuli – sillogizmlar yoki
dalillar orqalichiqarilgan xulosalar tarzidagi mantiqiy mulohazalar. Ko'rib urganimizdek, Ibn Arabiy Aristotel`



mantiqi bilan tanish: u to'g'ri sillogizmni tuzish uchun zarur shartlarni tavsiflaydi1, mantiqan to'g'rimulohaza yuritish


uchun dalillar va xulosalar zanjiri izchil bo'lishi, biron-bir bo'g'inda uzilmasligi lozimligini ko'rsatadi va
o'ziisbotlashning mantiqiy metodlarini ko'p karra qo'llaydi. Ibn Arabiy fikriga ko'ra, oqilona bilim inson tanasini
boshqaruvchi inson joniga kerak: u jonning dunyo haqidagi bilimi muqarrar unsuridir Oqilona bilim (ilm)ning
qimmati Ibn Arabiyda shubha uyg'otmaydi: «Narsani bilish, hech shubhasiz, uni bilmaslikdan ma'qulroqdir»3.
Sillogizmlar orqali oqilona bilish bizga dunyo haqida to'g'ri bilim beradi:u, masalan, rangli oyna orqali o'tgan
yorug'lik oyna rangini kasb etsa-da, o'z holicha rangsiz ekanligini, Quyosh ko'zga kichkina bo'lib ko'rinsa-da, aslida
Yerdan bir necha marta kattaligini aniqlash imkonini beradi. To'g'ri sillogizm tuzib, dunyoning borlig'i zamirida
sabab yotishini aniqlaymiz4. Bilishning oqilona-mantiqiy metodidan faylasuf bizni qiziqtiruvchi muammoni yechish
uchun foydalanadi, biroq uning uchunmantiqiy mulohazalar zanjirida mutlaqo boqiy ilohiy mohiyat tushunchasi
«boshlang'ich nuqta», dunyoda bo'lib turgan o'tkinchi nomukammal mohiyat kategoriyasi esa – «pirovard nuqta»
hisoblanadi yoki aksincha. Xudodan dunyoga yoki dunyodan Xudoga bunday mantiqiy harakat qilish natijasida
muammoning ratsionalistik yechimi topilishi lozim: dunyoga nisbatan transtsendent ilohiy mohiyat ayni vaqtda unga
ichdan xos bo'lishi, uning borlig'i substantsional asosini tashkil etishi darkor. Bu biz yo dunyoni tavsiflovchi muhim
kategoriyalarni transtsendent ilohiy mohiyat tushunchasidan chiqarishimiz, yo dunyoda mavjud o'tkinchi
mohiyatkategoriyasini asos qilib olib, transtsendent ilohiy mohiyat borlig'ini keltirib chiqarishimiz lozimligini
anglatadi. Shunday qilib, muammoning yechimi oqilona-mantiqiy metodlar yordamida topilishi mumkin.2.
Bilishning ikkinchi usuli – muammoni mushohada yuritish yo'li bilan yechish: (yechimdan shartlar sari).
Mushohada yuritishni bilish usuli sifatida o'rganar ekanmiz, dunyo va ilohiy mohiyatning uzviy birligi va ayni
vaqtda ilohiy mohiyatning transtsendentligi uning uchun muqarrar holdir, deb aytishimiz mumkin. Shuni ta'kidlash
lozimki, bu birlik ayniylik emas: boshqacha aytganda, bu dunyo va ilohiy mohiyatning farqlangan birligidir. Har
qanday narsa va hodisada mushohada yuritish seziluvchi va idrok etiluvchi tashqi – zohir jihatlarni va sezgilarga
ham, aqlga ham yashirin. ichki (botin) ma'noni aniqlash imkonini beradi. Bu yashirin ma'no borliqning birinchi
asosi, ilohiy mohiyatning dunyoga ichdan xosligining negizi va ayni vaqtda mushohada ob'ekti hisoblanadi.
Yashirin ma'noni anglash - narsalarda, dunyoda Xudoni bevosita ko'rish demakdir. Mushohada yuritish jarayonida
bilish sub'ekti o'zining bilish ob'ektidan ontologik mustaqilligini saqlagan holda u bilan birikadi,uni butun vujudi
bilan anglab yetadi. Bunga bilish sub'ekti bo'lgan insonda ham «yashirin ma'no» mavjudligi imkoniyat yaratadi. U
yagona va uzviy bo'lgani uchun bilish ob'ekti bilan «ichki mohiyat» jihatidan birikish imkoniyati yuzaga keladi,
«tashqi mohiyat»da esa sub'ekt va ob'ektning alohidaligi saqlanib qoladi1. Mushohada yuritish yo'li bilan olingan
bilim ratsionalistik tildan farq qiluvchi alohida tilda bayon etiladi. Mushohada yuritish, mohiyat e'tibori bilan,
butundan qism sari harakatdan iborat bo'lgani uchun bu tilni badiiy til deb atash mumkin. Bu tilda yozilgan matnda
qismning mazmunini anglab yetish uchun (har qanday badiiy asarda bo'lganidek) avval butunning mazmunini
anglab yetish lozim. Vaholanki, fan tilida yozilgan matnda qismlarni tushunmasdan butunni tushunish mumkin
emas. Ibn Arabiy filosofemasi «badiiy» tilda yozilgan bo'lib, mushohada yuritishga asoslanadi va u estetik
filosofema deb ataladi.. 3. Bilishning uchinchi usuli – muammoni mistik yo'l bilan yechishdir. (shartlar va yechim
ayniydir). Bu yerda bilish oqilona-mantiqiy va mushohada yuritish yo'li bilan bilishdan mutlaqo boshqacha
shartlardan kelib chiqadi. Bu bilish sub'ekti va ob'ektining ayniylik shartidir. Bilish sub'ekti bu ayniylikka erishgach,
o'zining sub'ektlik mohiyatini yo'qotadi; sub'ekt va ob'ekt o'rtasidagi tafovut yo'qoladi, biluvchi bilinuvchiga
aylanadi, biluvchi ham, bilinuvchi ham yo'qolib, faqat yagona universal qoladi. Bu holat «fano» holati, sub'ektiv
o'zlikning «halok bo'lish», yo'qolish holatdeb ataladi. Mistikbilish jarayonini tavsiflar ekan, Ibn Arabiy girdob (xiro)
obrazidan foydalanadi. «Xiro» so'zi «sarosimalik» degan ma'noni ham anglatadi. Bu o'ziga xos sarosimalik, hamma
narsada Allohni ko'ruvchi,Yagonani ko'plikda, ko'plikni Yagonada, «aniqni yashirin, yashirinni aniq, shuningdek
boshqa ziddiyatli narsalarni» ko'ruvchi so'fiyning sarosimaligidir. «Biroq bu yo'qotgan yoki tushunmaydigan
odamning sarosimaligi emas»2. Bu sarosimalik mistik bilish yo'liga endigina kirayotgan odamni qamrab oladi;
so'ngra, mistik bilish jarayonida sarosimaga tushgan odam, Ibn Arabiy tavsifiga ko'ra, «qutb atrofida aylana harakat
qiladi va undan uzoqlashmaydi»3. Bu qutb – Xudo: girdob obrazining ma'nosi shundan iboratki, bu girdob
harakatining boshi yo'q, aniqrog'i, qayd etilgan aniq bir boshlanish joyi mavjud emas: istalgan nuqtadan, dunyoning
har qanday narsasidan boshlash mumkin, biroq oxiri bor, bu - qutb, borliq girdobining markazi: bilish doiralari
muqarrar tarzda yagona Xudoga olib keladi. Girdob butun borliqni o'z komiga tortadi. Uning ichida, markazda turib
biz yo'limiz mo'ljaldan farq qilmasligini, yo'lni qaerda boshlagan bo'lsak, o'sha yerda – Xudoda tugatganimizni
ko'ramiz1. Demak, Ibn Arabiy ijodida ilohiy mohiyatning dunyoga nisbatan transtsendentligi va immanentligi
muammosi yechimining uch varianti mujassam.. Birinchi yo'l qismdan butun sari harakat, mantiqiy mulohaza
yuritishdan boshlanuvchi yo'l. Bunda ilohiy mohiyat yoki dunyo «qism» deb,muammoning izlanayotgan yechimi
esa – «butun» deb olinishi mumkin. Ikkinchi yo'l butundan qism sari harakatdan iborat: biz yechim mavjudligini
faraz qildik, u qanday bilishi lozimligini («butun»ni) ko'rsatdik va so'ng uni tahlil qildik, transtsendent-immanent
muammo yechilgan sharoitda ilohiy mohiyat va dunyo qanday bo'lishi lozimligini ko'rishga harakat qildik. Nihoyat,
yechimning uchinchi yo'li qismlar va butunning ayniyligini, mutlaqo va barcha yo'nalishlarda ayniylikni:
qismlarning bir-biri bilan, ularning har biri va ikkalasining butun bilan ayniyligini qayd etadi. Birinchi holda
transtsendentlik va immanentlik muammosining yechimi topilmadi, ikkinchi holda u o'z yechimini topish uchun
dualizmni qabul qilishni talab etdi, uchinchi holda esa u yechilmaydi, balki o'z asosini yo'qotadi. Bahouddin
Naqshband asos solgan so'fiylik ta'limotining nazariy asoslaridan birini Xudo, dunyo va insonning o'zaro nisbati
muammosi tashkil etadi. Bu bosh muammo talqinida so'fiylarni ikki yo'nalish – teistik va panteistik yo'nalishlarga
ajratish mumkin. Alloh hamma narsaning yaratuvchisi deb e'tirof etilgan, insondan tashqarida turgan,dunyo uzra



yuksalgan va bilish mumkin emas deb e'lon qilingan bo'lsa, so'fiylar ta'limoti monoteizm shakl-shamoyilini kasb


etgan,
dunyo
va
Xudo
tushunchalari
tenglashtirilgan
taqdirda
bunday
ta'limot
panteistik
deb
hisoblangan2.Bahouddin Naqshband hayotning mazmunini Haqiqat (Alloh)ga erishishga intilishda ko'rgan va
Haqiqat (Alloh)ga erishish tashqi narsalar haqidagi bilim – shariatga asoslanadi va ichki narsalar haqidagi bilim –
tariqat jarayonida yuz beradi, deb hisoblagan. U shariat Qur'oni karim va hadislarni bilishdan kelib chiquvchi diniy
qonun-qoidalar to'plami ekanligidan kelib chiqqan. Tariqat odam Haqiqatga erishish uchun qaysi bosqichlardan
o'tishi, Allohni anglash va u bilan birikish uchun qandayto'siqlarni yengishi lozimligini belgilaydi. Bunda bilish
jarayonida shariatdan tariqatga o'tish darhol yuz bermaydi. Faqat shariatnio'zlashtirish va uning talablarini bajarish
orqali Haqiqat yo'lidan jadalroq va samaraliroq borish mumkin.Odam bilishning har bir bosqichi (mistik yo'l
manzillari)dan oldinma-ketin o'tib o'z maqsadiga yaqinlashadi. So'fizm nazariyasi va amaliyoti ongning tashqidan
ichkiga, ochiqdan yashiringa sayohatini nazarda tutadi. Bahouddin Naqshband tariqat ezoterik (yashirin, mistik) fan,
u hammaga ochiq emas, uni faqat o'zini Haqiqatga baxshida etgan odamlar anglab yetishi mumkin, deb hisoblagan.
So'fizmda mistik bilish zamirida «O'zini bilgan odam o'z Allohini biladi» degan tamoyil yotadi. O'zini o'zi bilish
orqali Allohni bilish maqsadga erishishning eng qisqa yo'lidir. Bahouddin Naqshband yaratgan ta'limotning asosida
«Dil ba yor-u, dast ba kor», ya'ni «Ko'ngil yorda, qo'l –ishda», degan shior yotadi

Download 229.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling