Quyosh radiatsiyasi va uning gigienik ahmiyati


Download 23.21 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi23.21 Kb.
#206181
  1   2
Bog'liq
QUYOSH RADIATSIYASI VA UNING GIGIENIK AHMIYATI


QUYOSH RADIATSIYASI VA UNING GIGIENIK AHMIYATI
Quyosh yorug‘lik va issiqlik manbaidir, butun Er yuzidagi organik hayot quyosh tufayli mavjuddir. Fizik jihatdan olib qaralganda quyosh radiatsiyasi turli uzunlikdagi to‘lqinlardan iborat bo‘lgan elektromagnit tebranishlar oqimi. Atmosferadan o‘tish mobaynida quyosh radiatsiyasi qisman yutiladi, tarqaladi, bu esa uning sifat va miqdoriy xarakteristikasida aks etadi. Chunonchi, nur energiyasining birlamchi quvvatining faqat 43% igina Er yuzasiga etib keladi. Quyosh nuri organizmga o‘z spektrining barcha qismlari bilan ta’sir ko‘rsatadi.

Quyosh spektrining ko‘rinadiga qismi (to‘lqin uzunligi 390-760 mm) ko‘rish funksiyasiga, markaziy nerv sistemasi holatiga (MNS), va u orqali organizmning barcha organlari va sistemalariga spetsifik ta’sir ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan umumbiologik ta’sir ko‘rsatadi. Qizil nurlar qo‘zg‘atuvchi, sariq va yashil nurlar tinchlantiruvchi, binafsha nurlar ma’yuslik ta’sirini ko‘rsatadi. YOritilganlikning etishmasligi ko‘ruv organi asosiy funksiyalariga (ko‘z o‘tkirligi, farqlash tezligi va boshq.) zararli ta’sir etadi.O‘tkir yorig‘lik ko‘zni qamashtiradi, uzoq ta’sir qilganda esa to‘r pardaning yallig‘lanishini (renit) kasalligini keltirib chiqaradi.

Quyosh nuri tarkibida infraqizil va eng yuqori biologik faollikka ega ultrabinafsha nurlar farqlanadi.

Infraqizil nurlar biologik ta’siriga ko‘ra uzun to‘lqinli (to‘lqin uzunligi 1500-25 000 nm) va qisqa to‘lqinli (to‘lqin uzunligi 760-1400 nm). Uzun to‘lqinli nurlar terining yuza qavati tomonidan yutiladi va natijada to‘qimalarning qizishini, terida achishish sezgisini keltirib chiqaradi. Qisqa to‘lqinli infraqizil nurlar terining chuqur qavatlariga kirib borib, to‘qimalarning sub’ektiv sezgilar kamroq ifodalangan bir tekisda qizishini yuzaga keltiradi. Infraqizil nurlar issiqlik  va og‘riqni qoldiruvchi ta’siridan tibbiyotda yallig‘lanish protsesslarida keng foydalaniladi.

Ultrabinafsha nurlar organizm umumiy holatiga va ish qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu moddalar almashinuvchi, organizm immunobiologik rezistentligi va boshqalarning oshishida namoyon bo‘ladi. To‘lqin uzunligi 400 dan 320 nm gacha bo‘lgan, eritem-qoraytiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan nurlar; to‘lqin uzunligi 320 dan 280 nm gacha bo‘lgan, raxitga qarshi ta’sir ko‘rsatadigan nurlar; to‘lqin uzunligi 280 nm va undan kam bo‘lgan, to‘qima oqsillariga qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatadigan nurlar farq qilinadi. Bu nurlar Er yuzasiga etib kelmaydi, shuning uchun ham Erda organik hayot mavjud.

To‘lqin uzunligi 320 dan 280 nm gacha bo‘lgan, raxitga qarshi ta’sir ko‘rsatadigan nurlar ya’ni ultrabinafsha radiatsiya ta’siri ostida kalsiferol (vitamin D) sintez qiladi. Bu spektr ultrabinafsha nurlarning ta’siri etarli bo‘lmasa, fosfor-kalsiy almashinuvi, qon yaratilishi, kapillyarlar mustahkamligi buziladi. Bolalarda raxit rivojlanadi. Katta odamlarda suyaklarning mo‘rtligi kuzatiladi, singan suyaklar yomon va sekin bitadi, tishlar osonlikcha emiriladi. Bu holat “yorug‘lik etishmasligi” deb ataladi.

Ultrabinafsha nurlar mikroorganizmlarga halokatli ta’sir ko‘rsatadi, mikroblar bir necha minutdan bir necha soatgacha bo‘lgan vaqtda nobud bo‘ladi.Sun’iy ultrabinafsha nurlanishning bakteriotsid ta’siridan havoni, suvni, sutni va boshqalarni zararsizlantirish uchun foydalaniladi.

Ko‘zlarga ultrabinafsha nurlar ta’sir qilganda fotooftalmiya (kon’yuktiva giperemiyasi va shishishi, blefarospazm, ko‘zdan yosh oqishi, yorug‘likka qaray olmaslik) rivojlanadi.




Download 23.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling