Quyosh radiatsiyasi va uning gigienik ahmiyati


Download 23.21 Kb.
bet2/2
Sana05.01.2022
Hajmi23.21 Kb.
#206181
1   2
Bog'liq
QUYOSH RADIATSIYASI VA UNING GIGIENIK AHMIYATI

Quyosh radiatsiyasi - Quyoshning elektromagnit va korpuskulyar (zarra) nurlanishi. Quyosh radiatsiyasi Yerdagi deyarli barcha jarayonlarning energiya manbai hisoblanadi. Korpuskulyar Quyosh radiatsiyasi asosan protonlardan iborat boʻlib, Yer yaqinidagi tezligi 300–1500 km/sek, oʻrtacha konsentratsiyasi 5—80 ion/sm2. Quyosh faolligi maksimum, boʻlganda va katta chaqnashlardan keyin Yer yaqinidagi protonlar konsentratsiyasi 103 ion/sm2gacha yetadi. Quyosh chaqnashlari paytida katta energiyali (7-103eV) zarrachalar (asosan, protonlar) paydo boʻladi. Yerga tushayotgan umumiy kosmik nurlar chaqnashini Quyosh radiatsiyasi koʻrini-shida ifodalaydi. Quyosh elektromagnit nurlanishining asosiy qismi spektrning koʻzga koʻrinadigan nurlari qismiga toʻgʻri keladi. Quyosh toʻla nur energiyasining Yer atmosferasidan tashqarida (Quyoshdan 1 astronomik birlik uzoqlikda)gi Quyosh nurlariga tik boʻlgan 1 sm2yuzada 1 min.da tushadigan miqdoriga quyosh doimiysi deyiladi. Quyosh doimiysi Quyoshning u.mumiy energiyasini hisoblash, tadqiq etish, uning Yerga taʼsirini oʻrganish maqsadida maxsus aktinometrik styalarda oʻlchab boriladi. Quyosh doimiysining hozirgi paytdagi qiymati 1,95 kal/(sm2min) yoki 136-106 erg/(sm2sek.). Quyosh faolligi maksimumga yetganda Quyosh nurlanishi bir oz ortadi, lekin bu miqdor umumiy nurlanishning 1% dan ortmaydi. Quyoshning radionurlanishlari Yer atmosferasidan toʻliq oʻtmaydi, chunki atmosfera radiodiapazonning bir necha mm dan bir necha m gacha qismi uchungina shaffofdir. Radionurlanishlar Quyoshning faolligi bilan bogʻliq. Quyosh radionurlanishlari juda ham kuchsiz boʻlib, F=10~22Vt/(m2sekTs) birlikda oʻlchanadi. Quyoshning qisqa toʻlqinli nurlanishlari Yer atmosferasida toʻla yutilib qoladi. Bu nurlanishlarga oid maʼlumotlar asosan, geofizik raketalar, Yer sunʼiy yoʻldoshlari va kosmik zondlar yordamida olinadi. Quyoshning rentgen nurlanishlari (toʻlqin uz. \A dan 100 A gacha) tutash va ayrim chiziqlarning nurlanishidir. Bu nurlanishlarning intensivligi quyosh faolligiga mos ravishda quchli oʻzgaradi (Yer orbitasida 0,13—1erg/sm2-sek) va faollik maksimumga yetganda rentgen nurlanishlari spektrning qisqa toʻlqinlarida kuchayadi. Quyoshning rentgen va ultrabi-nafsha nurlari juda oz (15 erg/sm2sek) energiya olib kelsa-da, bu nurlanishlar Yer atmosferasining yuqori qatlamlariga kuchli taʼsir qiladi. Quyoshda gamma nurlanishlari ham topilgan, lekin u yetarlicha oʻrganilmagan.

Bizning atrofimizdagi barcha tirik organizmlar (o‘simlik, hayvon, mikroorganizm) oziqlanadi, harakatlanadi va ko‘payadi. Buning uchun ma’lum miqdordagi energiya kerak bo‘ladi. Yerning tirik qobig‘i to‘xtovsiz yangilanib turadi va u bir turdagi organizmdan boshqa turdagi organizmga o‘tib, yana o‘lik tabiiy muhitga qaytadi. Shunday qilib, biosferaga milliard yillar davomida to‘xtovsiz va abadiy energiya oqimi tushib turadi. Sayyoramizga tashqaridan keladigan energiyaning manbai quyosh nurlari hisoblanadi.

  Har yili Yerga quyosh nurining taxminan 1,26x1024 Kkal. energiyasi tushib, uning 42% gina fazoga qaytariladi. Qolgan 58% energiyaning ma’lum qismi ham yo‘qolib, qolgan miqdori asosan tirik avtotrof organizmlar tomonidan foydalaniladi. Fotosintez jarayoni uchun quyosh nuri energiyasining 0,1 foizi sarf bo‘ladi. Ushbu miqdorni tasavvur qilish uchun 1 m Yer yuzasiga qancha energiya tushishini aniqlash lozim. 0‘rtacha iqlim zonalarida quyosh nuri radiatsiyasi, bir daqiqa davomida ochiq havoda kunning o‘rtalarida 10-14 kkal\sm2 ni tashkil etadi, o‘rtacha sayyoramizga 1 m2 yuzaga yiliga 1,7 mln.kkal energiya to‘g‘ri keladi.

  Organizmning tirik qobig'i ana shunday katta miqdordagi energiyani bir tekis qabul qila olmaydi. Buning sababi, quyosh radiatsiyasining notekis taqsimlanganligidir. Shuningdek, o‘simliklar qoplami ham Yer yuzida iqlim, tuproq va boshqa omillarga bog‘liq holda tarqalgan.

  Energetik tanglikning vujudga kelish omillari yangi muqobil energiya manbalarini izlashni vazifa qilib qo‘ydi. Quyosh energiyasini yoqilg‘i hisobidagi yillik miqdori 540ga teng. Quyosh energiyasi tugamaydigan tabiiy resurs hisoblanadi. Olimlar oldiga, quyosh energiyasining issiqlik va elektr energiyalariga aylantirish vazifasi turibdi. Birinchi vazifani hal etish uchun mahalliy quyosh batareyalaridan foydalanish mumkin bo‘lsa, keyingi vazifani hal etish uchun yirik markazlashgan quyosh elektrostantsiyasi qurilishini taqozo etadi.

  Olimlar fazoda yirik orbital quyosh elektrostantsiyalari loyihalarini ham yaratishgan. Ulardan Yer yuzasiga qabul qiluvchi nurlaryordamidayetkazib beradi.



  Ammo buning ekologik oqibatlari va iqtisodiy tomonlarini ham o‘ylab ko‘rish kerak bo‘ladi. 0‘zbekistonda yiliga 270 kundan ortiq quyoshli kunlar kuzatiladi. Bizga tabiat in’om etgan ekologik toza energiya manbalaridan xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng foydalanish tugallanadigan tabiiy resurslarni tejashga yordam beradi.

  Kelajak avlod albatta, ushbu tabiat in’omidan to‘g‘ri va oqilona foydalanadi deb ishonamiz.
Download 23.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling