Reja: Falsafa atamasining kelib chiqishi


Download 229.75 Kb.
bet4/44
Sana10.11.2023
Hajmi229.75 Kb.
#1761769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
Mavzy №1. Falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi ro’li -fayllar.org

Dunyoni idrok etish – bu atrof borliqni ideal obrazlarda tasavvur qilishdir. Dunyoni idrok etish to‟g‟ri yoki
noto‟g‟ri bo‟lishi, ya‟ni borliqqa mos kelmasligi mumkin. Bu holda borliq noto‟g‟ri tasavvur qilinadi yoki
illyuziyalar, suv parilari, alvastilar, kentavrlar haqidagi tasavvurlarga o‟xshash fantaziyalar paydo bo‟ladi .
Dunyoni tushunish – insonning va uni qurshagan dunyoning mohiyatini aniqlash, shuningdek tabiatda yuz 
beruvchi voqea va jarayonlarning o‟zaro aloqalarini tushunishga qaratilgan aqliy-bilish faoliyatidir.
Dunyoni sezish va qisman (elementar shakllarda) dunyoni idrok etish nafaqat insonga, balki hayvonlarga ham
xos bo‟lsa, dunyoni tushunish esa faqat odamlarga xos xususiyatdir.
Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Turli davrlar bilishni yanada teranlashtirdi va inson dunyoqarashini
kengaytirdi. Shunga mos ravishda oddiy (empirik) dunyoqarash ham boyib bordi, uning negizida o‟zini o‟zi tashkil
etish qonunlariga muvofiq yanada murakkabroq tuzilmalar asta-sekin shakllandi va bu pirovard natijada
dunyoqarashning alohida shakllari yoki, tarixiy tiplari farqlanishiga olib keldi.
Tarixan dunyoqarashning dastlabki shakllari mif va din, falsafa va fan bo‟lib, bu hol insoniyat tadrijiy
rivojlanishining umumiy mantiqi bilan mushtarakdir. Ko‟nikmalar, tajriba va oddiy bilimlar to‟planishiga qarab,
nafaqat ularni avloddan avlodga o‟tkazish muammosi yuzaga kelgan, balki ibtidoiy odamlarning dunyoqarashi ham
murakkablashib borgan. Bu dunyoqarash rivojlanishining muayyan bosqichida, to‟plangan bilimlarning «yuqori
bosqichiga» yetilgach, boshqa har qanday murakkab tizimda bo‟lganidek, dunyoqarashda ham o‟zini o‟zi tashkil
etish qonunlari amal qila boshlagan.
Masalan, bu hodisaning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun shaxsiy kutubxonada kitoblar yig‟ilishi bilan
bog‟liq misolga murojaat etish o‟rinli bo‟ladi. Mazkur kutubxonada kitoblar bir nechta bo‟lsa, ularni tizimga solish
talab etilmaydi, ular qaerda yotgani va ularning o‟zaro munosabati qandayligi ham ahamiyat kasb etmaydi.
Kutubxona hajmi o‟nlab kitoblar bilan o‟lchangan taqdirda esa, ulardan foydalanishga qulaylik yaratish uchun
kitoblarni muayyan tarzda joylashtirish, tizimga solish talab etiladi. Kitoblar soni qancha ko‟p bo‟lsa, ular bilan
ishlash shuncha oson va qulay bo‟lishi uchun ularni tasniflash, tartibga solish, ruknlarga ajratish tizimi shuncha
murakkab bo‟ladi.
Ibtidoiy odamlarning ancha rivojlangan dunyoqarashida o‟zini o‟zi tashkil etish qonunlariga muvofiq ayni
shunday tartiblilik dastavval mif hamda dinning ilk shakllari ko‟rinishida vujudga keldi.

Download 229.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling