Reja: Falsafada rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi. Qonun tushunchasi. Qonun turlari
Download 62.16 Kb.
|
Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonun va kategoriyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’rtinchidan. Falsafiy kategoriyalarning shakllanishi va rivojlanishi asosida inson moddiy-hissiy faoliyatining yig’indisi bo’lgan amaliyot yotadi.
Uchinchidan. Kategoriyalar ilmiy bilishda muhim metodologik rolni bajaradilar. Ob’ektiv dunyo hodisalarining eng umumiy qonunlari harakatini o’rganib, falsafa kategoriyalari, bir tomondan, narsalarning mohiyatini chuqurroq va to’laroq bilishga yordam beradilar, ikkinchi tomondan, ob’ektiv dunyodagi narsa va hodisalar haqidagi yangi bilimlar olishga va to’plashga sababchi bo’ladilar.
Fanning hamma boshqa sohalarida bo’lgani singari, bilish nazariyasida ham dialektik tarzda fikr yurgizmoq kerak, ya’ni bilishimizni tayyor va o’zgarmas bilish deb faraz kilmasdan, balki bilishning bilmaslikdan qay tariqa yuzaga kelishini, mukammal va aniq bo’lmagan bilishning qay tariqa mukammalroq va anikroq bo’la borishini tekshirib ko’rmoq kerak. Falsafiy kategoriyalar — ilmiy bilish metodologiyasi, ma’lum narsadan noma’lum narsaga o’tishining natijalarini izlab topish usulidir, ular tashqi olamdagi narsa va hodisalarni to’g’ri aks ettirganliklari hamda ularni o’zaro bog’liq va rivojlanishda deb bilganliklari uchun bilish jarayonining eng umumiy metodi rolini bajaradi. Kategoriyalar mavjud narsalar haqidagina emas, balki kelajakda mavjud bo’lishi kerak bo’lgan narsalar haqida ham axborot beradi. Ular hozirgi vaqtda qanday holdaligini tushunishga yordam beribgina qolmay, balki kelgusida ularning o’zgarish va rivojlanish yo’nalishlarini ham ko’rsatadi. Shu asosda ular yangi bilimlarni egallash manbai bo’lib xizmat qiladi. Bularning hammasi falsafa kategoriyalari o’zlarining gnoseologik tabiatiga ko’ra, bevosita amaliyotiga aylanish tamoyiliga ega ekanligini isbot qiladi. To’rtinchidan. Falsafiy kategoriyalarning shakllanishi va rivojlanishi asosida inson moddiy-hissiy faoliyatining yig’indisi bo’lgan amaliyot yotadi. Shuning uchun ham falsafa kategoriyalari ijtimoiy amaliyot mahsuli hisoblanadi. Bu yerda inson nazariy va amaliy faoliyatining birligi yaqqol namoyon bo’ladi. Moddiy ishlab chiqarish faoliyati jarayonida inson sub’ektiv sifatida tashqi olamdagi narsalarga nisbatan o’z faoliyatining ob’ektlari sifatida munosabatda bo’ladi. Sub’ekt bilan ob’ekt o’rtasidagi munosabatning o’zaro ta’siri jarayonida mantiqiy kategoriyalar vujudga keladi. Tashqi dunyoning qonuniyatlari tafakkur shaklida aks etishi ham amaliyot asosida yuz beradi. Inson amaliyoti mantiq kategoriyalari orqali olingan bilimlar haqiqiyligini tekshirib ko’radi. Shunday qilib, tafakkurimiz mazmunining ob’ektivligi, tafakkur qonunlariga mos kelishi amaliyot asosida bo’ladi va uning yordamida isbotlanadi. Falsafiy kategoriyalarning bu belgilari ma’lum darajada aniq fanlar kategoriyalariga ham xosdir. Aniq fanlarning asosiy tushunchalari ham ob’ektiv dunyodagi hodisalar harakatining qonuniyatlarini aks ettiradi, ular narsalarning ideal bo’lganligi uchun bilish va amaliyot taraqqiyotiga yordam beradi. Shuning uchun ham, falsafiy kategoriyalar alohida fanlar kategoriyalari bilan uzviy aloqadadir. Ammo, falsafiy kategoriyalarni xususiy fanlar kategoriyalari bilan ayniylashtirish yoki xususiy fanlar kategoriyalari mazmunini dialektik kategoriyalardan keltirib chiqarish mumkin emas. Aniq fanlar kategoriyalaridan farqli o’laroq, falsafiy kategoriyalar tashqi dunyoning eng umumiy qonunlarini ifodalaydi. Shuning uchun ham ulardan materiya harakatining muayyan shaklini o’rganishda muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. Bundan tashqari, dialektika kategoriyalarini bilishning o’zi bizga ob’ektiv dunyodagi barcha hodisalarni tushunishimiz uchun imkon tug’diradi, degan ma’no kelib chiqmaydi. Falsafiy kategoriyalar ayni bir vaqtda tabiatga ham, jamiyatga ham, tafakkurga ham tegishli bo’lgan ob’ektiv dunyodagi narsa va hodisalar harakatining eng umumiy qonuniyatlari va xususiyatlarini ifodalaydi. Biroq ular tabiat, jamiyat hodisalari va tafakkurga xos bo’lgan ayrim xususiy bog’lanishlarni qamrab olmaydi. Bu aloqalar xususiy fanlar, kategoriyalarida o’z ifodasini topadi. Shuning uchun ob’ektiv dunyo hodisalari rivojlanishining eng umumiy qonunlarini bilish uchun aniq fanlar kategoriyalaridan foydalanish lozim. Buning uchun aniq fanlar kategoriyalari orqali dialektika kategoriyalari mazmunini ochish zarur. O’z navbatida, falsafiy kategoriyalar aniq fanlar barcha kategoriyalarini o’zida qamrab olishi zarur. Bu dialektik birlik falsafa fani hamda xususiy fanlarning samarali rivojlanishiga xizmat qiladi. Download 62.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling