Reja: Fan, san’at, adabiyot Adabiyot so’z san’ati Adabiyot "Insonshunoslik"dir, ruhshunoslikdir
Download 52 Kb.
|
Adabiyotshunoslik fan sifatida.Qadimgi davr adabiyotshunosligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa: adabiyotning tasvir ob’ekti – hayot, tasvir predmeti - inson, vazifasi - inson tuyg’ularini tarbiyalashdir. Demak, adabiyot hayotning so’z san’ati orqali insoniylashgan ifodasidir.
Majnun bo’lib sahrolarga yetalasam,
Bu dunyoda birday g’arib men ham, sen ham, Erka kiyik maylimi bir erkalasam?.. Sening ko’zing qora, mening ko’zim qora, Sening bag’ring yara, mening bag’rim yara, Bu dunyoda sen bechora, men bechora!.. Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?.. Shamol emas, izing quvib yurdi kamon, Sayyod mening kulbamni ham qildi vayron. Sening joning, mening jonim – omonat jon, Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?.. Kel yig’laymiz birgalashib yantoqlarga, Sahrolarda qurimagan buloqlarga. Ikkalamiz yaralganmiz qiynoqlarga, Erka kiyik, maylimi bir erkalasam. Umrimizning barcha yo’li, so’qmog’i cho’g’, Cho’g’dan qo’rqma, beyuz qo’ygan qopqondan qo’rq. Bu dunyoda senga do’st yo’q, menga do’st yo’q, Erka kiyik, maylimi bir erkalasam? Soch oqardi, dildosh kutib ko’zim toldi, Yuragimdan to’kilmay ne so’zim qoldi. Yo’l so’ngida, hyech bo’lmasa o’lim oldi Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..1 Mungli, iztiroblarga to’la qo’shiqni tinglar ekansiz, undagi lirik qahramon armonlariga, g’aribligiga, bechoraligiga, qiynoqlariga, cho’g’li so’qmoqlariga dildosh “erka kiyik” - mahbubaning uyg’unligini yaqqol sezasiz. Qahramon qalbidagi kechinma va tuyg’ulari “erka kiyik” (eng yaqin do’st, taqdirdosh inson) vositasidagina barq urib ochiladi: iltijo orqali erka kiyikka majnun bo’lib yolvoradi, hamdam do’stga zorligini, uning ko’nglini olishga judayam ishtiyoqmandligini - dilining izhorini to’kadi. Erka kiyik – fikr va hissiyotlar ifodasi uchun ramziy vosita, insoniylashgan obrazga aylangani uchun ham - u eng zarur unsurdir. Inson va inson tafakkurini o’rganmagan fanning o’zi yo’q, chunki fanlar tabiat, jamiyat va insonni ilmiy bilish jarayonida yuzaga kelgan ilmlar tizimidir. Lekin hyech bir fan predmet, hodisa, insonni “o’z harakatida”, “jonli” holatda, birbutunlikda, yaxlitlikda o’rganmaydi. Bunday vazifani adabiyot va san’atgina bajaradi, xolos. Jumladan, psixologiya (gr. “psyuxe” - “ruh”, “logos” - fan) – ruhshunoslik fani miyaning ob’ektiv voqyelikni aks ettirish jarayonidagi holatlarini o’rgansa, falsafa (yunoncha “filio” (sevmoq), “sofos” (donishmandlik) – “donishmandlikni sevish” fani insonning mohiyati haqidagi eng muhim bilimlarni, eng umumiy muammolarni o’rganadi. Adabiyot esa insonni yaxlit va jonli tarzda o’rganadi, tahlil va tadqiq qiladi, tasvirlaydi: kitobxon ko’z o’ngida u fikrlovchi, harakat qiluvchi, his qiluvchi, o’z atrofidagi olamlar bilan jonli munosabatda bo’luvchi odam tarzida gavdalanadi. Shu sabab ham adabiyotda qayta yartilgan olam-insoniylashgan olam mukammalligi, ezgulikni uyg’otadigan go’zalligi bilan inson ong-shuuriga qattiq ta’sir etadi; uni komil insoniylikka yetaklaydi. Shu fazilati bilan adabiyot – “insonshunoslik” (M.Gorkiy)dir; inson ruhiyatini poklovchi, boyituvchi, “kir-chir”lardan xalos etuvchi mo’jizadir. Insonin ulug’lab, e’zozlab, hurmatlab, ardoqlab, sevib kuylovchi va xuddi shunday ruhni boshqalarga ato etuvchi qiyosi yo’q ne’matdir. Shuning uchun ham hazrat Navoiy bugun ham xitob qiladilar: Jondin seni ko’p sevarman, ey umri aziz! Sondin seni ko’p sevarman, ey umri aziz! Har neniki sevmoq ondin ortiq bo’lmas, Ondin seni ko’p sevarman, ey umri aziz! Xulosa: adabiyotning tasvir ob’ekti – hayot, tasvir predmeti - inson, vazifasi - inson tuyg’ularini tarbiyalashdir. Demak, adabiyot hayotning so’z san’ati orqali insoniylashgan ifodasidir. Download 52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling