Reja: Faollik va faoliyat haqida tushuncha


Download 490.14 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi490.14 Kb.
#1477401
Bog'liq
faoliyat va motivatsiya kreativlik, ijodiy qobiliyat va individual xususiyatlar o\'rtasidagi bog\'liqligi.

Reja:

  • Reja:
  • Faollik va faoliyat haqida tushuncha.
  • Ehtiyojlar va ularning turlari.
  • Faoliyat maqsadlari va ularni o’zlahstirish, faoliyatning turlari.

faoliyat va motivatsiya kreativlik, ijodiy qobiliyat va individual xususiyatlar o'rtasidagi bog'liqligi.

Kirish

  • Tirik mavjudotlarning atrofdagi olam bilan hayotiy ahamiyatga ega bo`lgan bog`lanishlarni ta`minlaydigan faoliyati ularga xos yalpi xususiyat hisoblanadi. Jonli mavjudotni muayyan tarzda va muayyan yo`nalishda harakat qilishga undaydigan ehtiyojlar uning faolligi manbai bo`lib hisoblanadi. ehtiyoj - jonli mavjudotning hayot kechirishining anik shart - sharoitlariga uning karamligini ifoda etuvchi va bu shart sharoitlarga nisbatan uning faolligini vujudga keltiruvchi holatidir.
  • Kishining faolligi ham ehtiyojlarning qondirilishi jarayonida nomoyon bo`ladi. Odamning faolligi shakllari bilan hayvonning hatti harakatlari faolligi o`rtasidagi tafovutlar mavjud. Hayvonlar ehtiyojining qondirilishi jarayoni ularning muhitga yaxshiroq moslashuvini ta`minlaydi.

Odamning faolligi va faollikning manbai bo`lgan insoniy ehtiyojlar tamomila boshqacha manzara kasb etadi. Kishining ehtiyoji tarbiya jarayonida, ya`ni kishilar madaniyati olami bilan munosabatga kirishish jarayonida shakllanadi. Tabiatdan olinadigan buyum shunchaki oddiy ulja, ya`ni faqat biologik ma`noga ega OVQAT tarzidagi buyum bo`lmay qoladi. Odam qurollar yordamida buyumni tarixiy taraqqiyot mahsuli bo`lgan o`z ehtiyojlariga moslashtirgan holda tubdan o`zgartirishga qodirdir.

  • Odamning faolligi va faollikning manbai bo`lgan insoniy ehtiyojlar tamomila boshqacha manzara kasb etadi. Kishining ehtiyoji tarbiya jarayonida, ya`ni kishilar madaniyati olami bilan munosabatga kirishish jarayonida shakllanadi. Tabiatdan olinadigan buyum shunchaki oddiy ulja, ya`ni faqat biologik ma`noga ega OVQAT tarzidagi buyum bo`lmay qoladi. Odam qurollar yordamida buyumni tarixiy taraqqiyot mahsuli bo`lgan o`z ehtiyojlariga moslashtirgan holda tubdan o`zgartirishga qodirdir.

FAOLIYAT VA UNING MAQSADLARI HAQIDA TUSHUNCHA

  • Agar hayvonlarning hatti - harakati butunlay atrof muhit bilan belgilansa, kishining faolligi uning ilk yoshlaridanok butun insoniyat tajribasi va jamiyat talablariga ko`ra yo`naltirib boriladi. Hatti - harakatning bu turi shu qadar o`ziga xoslikka egaki, psixologiyada uni atash uchun maxsus termin - FAOLIYAT termini qo`llaniladi. Faollikning bu, alohida maxsus insoniy turining farq qiluvchi psixologik belgilari nimalardan iborat? Bu farq qiluvchi belgilardan biri shundan iboratki, faoliyatning mazmuni uni keltirib chiqargan ehtiyoj bilangina belgilanmaydi. Basharti motiv sifatida ehtiyoj faoliyatga turtki berib, uni ragbatlantirar ekan, u holda faoliyatning shakllari va mazmuni ijtimoiy shart - sharoitlar, talablar va tajriba bilan belgilanadi.

Download 490.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling