Reja: Fizik masalalarini yechish jarayonini vizuallashtiruvchi elektron kursning umumiy sxemasi


Download 499.73 Kb.
bet1/2
Sana25.09.2023
Hajmi499.73 Kb.
#1687766
  1   2
Bog'liq
15-мавзу. Натижаларни визуал тафдим этиш.


15-mavzu. Natijalarni vizual taqdim etish. Fizik masalalarini yechish jarayonini vizuallashtiruvchi elektron kursning tavsifi


Reja:

  1. Fizik masalalarini yechish jarayonini vizuallashtiruvchi elektron kursning umumiy sxemasi;

  2. Elektron kursni yaratish jarayoni, Ishchi varaqni hujjatlashtirish;

Ushbu mavzuda fizik masalalarni yechish jarayonini vizuallashtiruvchi elektron kursni umumiy sxemasi, undagi ishchi varaqni hujjatlashtirish va bir nechta varaq bilan ishlash uchun giperhavola tashkil qilish vositalari va ularning tadbiqi keltirilgan.


1. Fizik masalalarini yechish jarayonini vizuallashtiruvchi elektron kursning umumiy sxemasi.
Biz II b`limda fizika fanining mexanika, termodinamika, elektr va magnetizm, optika, atom va yadro fizikasi, qattiq jismlar fizikasi bo’limlaridagi tipik masalalarni Maple tizimi yordamida yechish jarayonini ko’rdik. Endi ushbu natijalarni o’quv jarayoniga tadbiq qilish uchun maxsus ko’rinishdagi elektron kurs hosil qilishimiz lozim. Ushbu elektron kursning tarkibiy qismini quyidagi ko’rinishda tashkil qilish mumkin.

15.1-rasm.
Elektron kursning 15.1-rasmda tasvirlangan bosh sahifasida, elektron kursning sarlavhasi va bo’limlari keltirilgan. Masalan, “mexanika” bo’limida berilgan ma’lumotlarni ko’rish uchun bo’lim boshida turgan “+” tugmani faollashtirish kerak. Natijada bo’limning quyidagi ko’rinishdagi tarkibiy qismi hosil bo’ladi:

15.2-rasm
Biz mexanika bo’limidagi biror bir masalani ko’rish uchun masala nomi turgan qator boshidagi “+” tugmani faollashtirish kerak. Masalan ushbu bo’limdagi 1-masalani yechilishini ko’rib o’tamiz. Masala 15.3-rasmda tasvirlangan.



15.3-rasm

Bu rasmda masalani qo’yilishi va matematik modeli keltirilgan. Uning yechilishini ko’rish uchun rasmdagi yechilishi tugmasini bosish kerak. Natijada masalaning yechilishi yangi oynada hosil bo’ladi. U 15.4.a-rasmda tasvirlangan.



15.4.a-rasm

Masala yechimining grafik ko’rinishi 15.4.b-rasmda tasvirlangan.





15.4.b-rasm

Elektron kursning bosh sahifasiga o’tish uchun qaytish tugmasini bosamiz va bosh sahifaga o’tamiz. Ushbu jarayon barcha masalalar uchun bir xilda qo’llaniladi.





Download 499.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling