Nyutonning uchinchi qonuni. Moddiy nuqtalarning o‘zaro ta’siri xarakterini Nyutonning uchinchi qonuni bilan ifodalash mumkin. Moddiy nuqta yoki jismlarning bir–biriga ta’siri, o‘zaro ta’sir kuchlari xarakteriga ega, bu kuchlar moduli bo‘yicha teng bo‘lib, bir–biriga qarama–qarshi yo‘nalgan:
, (6.7)
Musbat va manfiy zaryadlar bilan zaryadlangan m1 va m2 massali jismlar bir–biriga tortishishgandagi o‘zaro ta’sirni ko‘rib chiqaylik (8 – rasm).
8 – rasm. Zaryadlangan jismlarning o‘zaro ta’siri
va kuchlar ta’sirida jismlar va tezlanishlarga ega bo‘ladilar.
Nyutonning ikkinchi qonunini quyidagicha yozish mumkin:
, , (6.8)
yoki , (6.9)
O‘zaro ta’sir etuvchi jismlarning olgan tezlanishlari massalariga teskari proporsional va bir–biriga qarama–qarshi yo‘nalgan bo‘ladi.
7 – §. Tabiatda kuchlar
Gravitatsion tortishish kuchi – bu ikkita moddiy nuqtalar orasidagi o‘zaro ta’sir etuvchi kuchdir. Butun dunyo tortishish qonuniga asosan m1 va m2 massali jismlar orasidagi gravitatsion tortishish kuchi jismlar massalariga to‘g‘ri proporsional va oralaridagi masofaning kvadratiga teskari proporsional bo‘lib, ikki jism markazlarini tutashtiruvchi to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi:
(7.1)
bu yerda – gravitatsion doimiylik.
= 6,672010–11 N m2 /kg2
Bu ifodada massalar tortishish xususiyatini belgilagani uchun ularni gravitatsion massalar deb atashadi, ammo qiymati bo‘yicha inersion massalarga tengdir.
Fizika va texnologiya hamjamiyati ilmiy kashfiyotlar va ularni texnik jihatdan amalga oshirish o'rtasidagi vaqt oralig'ining qisqarishiga olib keladi.
Nazorat savollari
Do'stlaringiz bilan baham: |