Reja: Fizika fani uning mazmuni,boshqa fanlar va ekologiya bilan aloqasi. Fizik va biokimyoviy jarayonlarning uzviy bog‘liqligi


Download 5.07 Mb.
bet8/37
Sana21.09.2023
Hajmi5.07 Mb.
#1684164
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Bog'liq
MAъруза ЭКОЛОГИЯ

Tabiatda kuchlar

Gravitatsion tortishish kuchi – bu ikkita moddiy nuqtalar orasidagi o‘zaro ta’sir etuvchi kuchdir. Butun dunyo tortishish qonuniga asosan m1 va m2 massali jismlar orasidagi gravitatsion tortishish kuchi jismlar massalariga to‘g‘ri proporsional va oralaridagi masofaning kvadratiga teskari proporsional bo‘lib, ikki jism markazlarini tutashtiruvchi to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi:

(7.1)
bu yerda – gravitatsion doimiylik.

= 6,672010–11 N m2 /kg2

Bu ifodada massalar tortishish xususiyatini belgilagani uchun ularni gravitatsion massalar deb atashadi, ammo qiymati bo‘yicha inersion massalarga tengdir.


Kulon kuchi

Bu ikkita q1 va q2 nuqtaviy zaryadlar orasidagi ta’sir etuvchi kuchdir:


, (7.2)

k – proporsionallik koeffitsienti, r – zaryadli nuqtalar orasidagi masofa.
Gravitatsion tortishish kuchidan farqli ravishda Kulon kuchi tortishish yoki itarish xususiyatlariga ega bo‘lishi mumkin.
Agar zaryadlar harakatlansa, Kulon qonuni aniq bajarilmaydi, chunki zaryadlar harakatiga bog‘liq magnit maydon va uning kuchlari paydo bo‘la boshlaydi.


Bir jinsli og‘irlik kuchi

Butun olam tortishish qonuniga ko‘ra, tabiatdagi barcha jismlar bir–birini tortishish xususiyatiga egadirlar. Bu qonunga binoan, Yer atrofidagi barcha jismlar Yerning tortish kuchi ta’sirida bo‘ladi. Yerning tortish kuchi ta’sirida hosil bo‘ladigan kuch og‘irlik kuchi deyiladi va bu kuch jismlarning erkin tushish tezlanishiga bog‘liqdir. Shuning uchun bu kuchni jismlarning erkin tushish tezlanishi ta’sirida paydo bo‘luvchi kuch ham deyiladi


, (7.3)

mjism massasi, g – erkin tushish tezlanishi



Download 5.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling