Reja Fon-Neyman biografiya Ser qirra dahoning bu sohaga qo`shgan hissalari Dastlabki fon Neyman-arxitektura kompyuterlari Neyman haqida qiziq malumotlar Tayanch atamalar


Ser qirra dahoning bu sohaga qo`shgan hissalari


Download 370.5 Kb.
bet2/4
Sana11.02.2023
Hajmi370.5 Kb.
#1190288
1   2   3   4
Bog'liq
Norboyev Firdavs (kompyuterni tashkil etish)

Ser qirra dahoning bu sohaga qo`shgan hissalari
U orada Yevropada mashu'm urush olovi alangalanib, fashistlar armiyasi ommaviy qirg‘inbarotlarni boshlab yuborgandi. fashistlar Germaniyasining ittifoqchisi bo‘lmish Yaponiya armiyasi AQSHning Tinch okeanidagi Pirl-Xarbor bazasini bombardimon qilgach, AQSH hukumati ham urush harakatlarida faol qatnasha boshladi. AQSH hukumatidagilar urushda qo‘llash uchun, dushmanga ommaviy va yalpi zarba bera oladigan qirg‘in quroli - atom bombasini tayyorlashni maqsad qilishgan edi. Shu maqsadda mamlakatda yirik fizik-yadroshunos Robert Oppengeymer boshchiligida, shartli ravishda "Manxetten loyihasi" deb nomlanuvchi, asl maqsadi esa dushmanga qarshi qo‘llash mumkin bo‘ladigan atom bombasini tayyorlash bo‘lgan davlat ahamiyatiga ega loyiha yo‘lga qo‘yildi. 1942-yilda Oppengeymer "Manxetten loyihasi"da ishtirok etish uchun Jon fon Neymanni ham taklif qildi. Bu vaqtda fon Neyman AQSH hukumati huzuridagi harbiy maslahatchi bo‘lib ishlayotgan edi. 1943-yildan boshlab fon Neyman ham "Manxetten loyihasi"ning to‘laqonli a'zosiga aylandi. Uning sai-harakatlari bilan atom bombasi tayyorlash loyihasi yangi bosqichga ko‘tarildi va Los-Alamosdagi favqulodda maxfiy laboratoriyada tarixda ilk atom bombasi yasaldi. Uning mazkur loyihaga qo‘shgan hissasi shunchaki nazariy tavsiyalardan iborat bo‘lmagan. Atom bombasining detonatsiyalanish holatining eng optimal variantini aynan fon Neyman matematik usulda hisoblab chiqarib bergan va amalda uning hisob-kitob o‘zini to‘liq oqlagan. Shuningdek u bombani sinab ko‘rish uchun eng maqbul va zararsiz joylarni belgilash bo‘yicha geografik-topologik tavsiyalarni ishlab chiqqan.
Urushdan keyingi yillarda olim kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish va kompyuterlardan amaliyotda keng foydalanishga o‘tish masalalariga qiziqib qoldi. U 1950-yilda ENIAK kompyuteridan ob-havoni bashorat qilish maqsadida foydalanish borasida AQSH meteorologiya xizmati bilan tajriba o‘tkazdi va muvaffaqiyatli natijani qo‘lga kiritdi. 1954-yilda uni Atom Energetikasi Hay'atiga a'zolikka saylashdi. Atom Energetikasi bo‘yicha hukumatning bosh maslahatchisi bo‘lib ishga tayinlangan olim 1955-yil may oyida Vashingtonga ko‘chib o‘tadi va qit'alararo ballistik raketalar, hamda, atom bombasini qo‘llash strategiyalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Avj olib borayotgan sovuq urush sharoitida fon Neymanda olimlarga xos bo‘lmagan radikal qarashlar shakllanib borayotgan edi. U AQSHning SSSR ga qarshi urush ochishini tarafdori bo‘lgan o‘ta o‘ngchi radikal siyosatchilar safiga kirib qoladi. U hatto Sovet Ittifoqiga qarshi yadroviy zarba berish kerakligi haqida hukumatga taklif ham kiritadi. Fon Neymanning ushbu yillardagi radikal siyosiy qarashlariga nima sabab bo‘lganini aytish qiyin. Balki bu holatni, uning vatani Vengriyada urushdan keyin kommunistik tartib o‘rnatilganini hazm qila olmagani bilan izohlash mumkindir. Lekin nima bo‘lganda ham AQSH hukumati tepasidagi hal qiluvchi qarorni qabul qiladigan shaxslarda oxir-oqibat sog‘lom fikr g‘alaba qozondi va insoniyat uchun muqarrar kulfat keltiradigan yadroviy urush ro‘y bermadi. 1954-yil yozida Jon fon Neyman yiqilib tushdi va jarohat oldi. Davolanishiga qaramay, jarohat o‘rnidagi og‘riq o‘tib ketmasdan battar zo‘rayaverdi. Qanchalik daho bo‘lmasin, afsuski u o‘zi qanday zararli sharoitda ishlayotganiga e'tibor qaratmagan ekan. Vrachlar uning suyaklarida saraton avj olayotganini aniqlashdi. Buning bosh omili esa - o‘sha "Manxetten loyihasi"da radioaktiv moddalar bilan ko‘p ishlagani va hayot uchun xavfli nurlanish dozasi olganligi bo‘lib chiqdi. Fon Neyman "Manxetten loyihasi"da ishlayotganda o‘ziga qat'iy ishonch bilan Los-Alamos favqulodda maxfiy laboratoriyasida haddan ziyod ko‘p soatlab ish olib borgan. Kasallik 1955-yilga kelib olimni to‘shakka mixlab qo‘ydi. Beqiyos zakovat egasi, XX-matematikasi daholaridan biri Yanosh, Yoxann, Jon fon Neyman 1957-yilning 8-fevralida Prinstonda vafot etdi.

Download 370.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling