Reja Fon-Neyman biografiya Ser qirra dahoning bu sohaga qo`shgan hissalari Dastlabki fon Neyman-arxitektura kompyuterlari Neyman haqida qiziq malumotlar Tayanch atamalar


Download 370.5 Kb.
bet3/4
Sana11.02.2023
Hajmi370.5 Kb.
#1190288
1   2   3   4
Bog'liq
Norboyev Firdavs (kompyuterni tashkil etish)

Neyman haqida qiziq malumotlar
1. Jon fon Neyman zamonaviy kompyuter texnologiyalarining asoschilaridan biri sanaladi. Hozir butun dunyo bo‘yicha amal qiladigan kompyuter texnikasi arxitekturasining ishlash tamoyillarining konsepsiyasini aynan fon Neyman ishlab chiqqan.

2. Nobel mukofoti laureati, fizik Xans Byote inson intellekti darajasini 10 ballik shkala bilan baholashni ma'qul ko‘rardi. Uning fikricha, 8 ball bilan baholangan intellekt sohiblari Byotening o‘zi hamda fon Neyman bilan bir xil aqliy salohiyatga ega bo‘lgan shaxslardir. 9 ballik intellekt egalari esa faqat fon Neyman intellekti bilan tenglasha oladigan intellektga ega bo‘lishi kerak. 10, ya'ni eng yuqori intellekt egasi esa, fon Neyman "hozircha" tushuna olmayotgan narsalarni tushunadigan odam bo‘lishi kerak va bunday odam hozircha yo‘q degan edi u.
3. Fon Neyman bilan zamondosh olimlar orasida shunday yarim hazil yarim chin ibora bor edi: "Aksariyat matematiklar o‘zi qurbi yetgan narsalarnigina isbotlaydilar; Jon fon Neyman esa - o‘zi xohlagan narsani isbotlaydi". Bunga dalil qilib quyidagi misolni keltirish mumkin: fon Neyman Universitetda matematikadan ma'ruza o‘qiyotgan paytda bir teoremaning isbotini eslay olmay qoladi. U talabalar ko‘z o‘ngida, doskada teoremani bosh-boshidan ko‘rib chiqadi va uning isbotini yo‘l-yo‘lakay keltirib chiqarib beradi. Shunda olimga talabalardan biri murojaat qilib, o‘zining qo‘lidagi kitobda, qaralayotgan teoremaning 3 xil isbotlash usuli borligini, lekin fon Neyman doskada keltirib chiqargan usul ular ichida yo‘qligini aytib qoladi. Auditoriyga yuzlanar ekan fon Neyman yuzida tabassum bilan: "baxtga qarshi men to‘rtinchi isbotlash usulini tanlab qo‘yibman" - degan ekan.
4. Jon fon Neymanga bir kuni quyidagicha masala berishgan ekan: ikkita poyezd orasidagi masofa 200 km; ular bir-biriga qarama qarshi ravishda 50 km/soat tezlik bilan harakatlanmoqda. Pashsha birinchi lokomotivning old oynasidan uchib chiqib ikkinchi poyezdga tomon uchib boradi va ikkinchi poyezd lokomotivining old oynasiga tegib yana ortga qaytadi. Shu tarzda u poyezdlar o‘rtasida 75 km/soat o‘zgarmas tezlik bilan uchib boradi. Poyezdlar to‘qnashganicha pashsha qancha masofani bosib o‘tadi?

Bu masala juda oddiy yechiladi: har ikkala poyezd to‘qnashuvgacha 100 km masofani bosib o‘tadi va buning uchun 2 soat vaqt ketadi. Bu ikki soat ichida pashsha 75 km/soat tezlik bilan 150 km masofani uchib o‘tadi. Lekin masalani yechishning boshqacha yo‘li ham bor: matematiklar odatda bu masalani pashshaning poyezddan poyezdga uchib o‘tgan har bir masofalarini qatorlarga yoyish va cheksiz qatorlar yig‘indisini chiqarish orqali yechadilar. Bu usulda yechish ham unchalik mushkul emas. Lekin muayyan hajmdagi hisob-kitoblarni bajarishni talab etadi. Mazkur masala fon Neymanga berilganida u javobni atiga 3 soniyadan keyin bayon qilgan ekan. Qizig‘i shundaki, fon Neyman masalani aynan qatorlarga yoyish usuli bilan yechgan ekan. Chunki suhbatdoshi undan javobni eshitgach, hayron bo‘lib, "hamma matematiklar bu masalani qatorlar orqali yechishadi, siz bo‘lsa..." - deb turganda, olim uni gapini bo‘lib: "Nima, boshqa yo‘li ham bormi???" - degan ekan.
Xulosa
Jon fon Neyman XX asrning eng yirik matematiklaridan biri. U avvaliga o‘yinlarning matematik nazariyasini ishlab chiqdi. Keyin esa, ko‘plab jarayonlarni ushbu nazariya orqali ifodalash mumkinligini ko‘rsatib berdi. Fon Neymanning ilmiy salohiyati faqatgina nazariy matematika bilan cheklanib qolmay, balki, matematikani boshqa ko‘plab ilmiy-texnikaviy yo‘nalishlarga tadbiq qilish bilan namoyon bo‘lgan. U qaysi fan sohasiga qo‘l urmasin ulkan amaliy natijalarni qayd etdi.
.



Download 370.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling