Reja: fondlar aylanishini tezlawtirish yonalishlari
Download 0.62 Mb.
|
1 2
Bog'liqiqtisodiyot 14 .12
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aylanish koeffitsienti
- Aylanma mablag’larni yuklanish koeffitsienti
Mutlaq ozod qilish korxonaning aylanma mablag’larga bo`lgan ehtiyojini kamaytirishni tavsiflaydi hamda mavjud resurslardan ratsional foydalanishga oid turli tashkiliy-texnik chora-tadbirlar hisobiga amalga oshiriladi.
Nisbiy ozod qilish aylanma mablag’lari hajmining o`zgarishi hamda sotilgan mahsulot hajmining o`zgarishini aks ettiradi. Uni aniqlash uchun hisobot yilida aylanma mablag’larga ehtiyojni, mahsulotni mazkur davr mobaynida sotish bo`yicha haqiqiy aylanish hamda o`tgan davrdagi aylanishni (kunlarda) inobatga olgan holda hisoblash zarur. Ular o`rtasidagi farq ozod qilingan vositalar miqdorini beradi. Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida har bir korxonaning eng muhim vazifalaridan biri bo`lib moddiy resurslarni tejash hisoblanadi, moddiy resurslar ishlab chiqarish xarajatlarining katta qismini tashkil etib, ularning tejalishi foyda hajmiga bevosita ta`sir ko`rsatdi. Foyda – bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona o`z faoliyatini rivojlantirishiga asosiy manbai hisoblanadi. Moddiy resurslarni tejash manbaalari va yo`llari bir-biridan farqlanadi. Tejash manbai deganda, nima hisobidan tejashga erishilgani tushuniladi. Tejash yo`llari deganda qanday usulda, qaysi tadbirlarni qo`llab tejashga erishilgani nazarda tutiladi. Har bir korxona moddiy resurslarni tejash zahiralariga ega bo`ladi. Zahira deganda topilgan yoki topilayotgan, lekin to`liq qo`llanilmagan moddiy resurslardan foydalanish imkoniyatlari tushuniladi. Aylanma mablag’lar aylanishini tezlashtirish nafaqat korxona uchun, balki butun xalq xo`jaligi uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. U resurslarning nisbiy ozod qilinishi, ijtiomiy xarajatlarning kamaytirilishiga ko`maklashadi va iqtisodiy rejalashtirish sur`atini oshiradi. Korxona aylanma mablag’laridan samarali foydalanish uch asosiy ko`rsatkichni tavsiflaydi: 1) aylanish koeffitsiyenti; 2) aylanma mablag’larning yuklanish koeffitsiyenti; 3) vositalarning bir marta aylanishi davomiyligi. Aylanish koeffitsienti korxona aylanma mablag’larining ma`lum bir vaqt (yil, chorak) davomida amalga oshiruvchi aylanishini tavsiflaydi yoki aylanma 91 mablag’larning har 1 so`miga to`g’ri keluvchi sotilgan mahsulotlarni ko`rsatadi. U quyidagi formula asosida hisoblab topiladi: Ka = Sm : qa Bunda: Sm –sotilgan mahsulot hajmi, pul o`lchovida; qa – aylanma mablag’larning o`rtacha qoldiq hajmi, pul o`lchovida Aylanma mablag’larni yuklanish koeffitsienti aylanish koeffitsientiga teskari bo`lgan qiymatdir. U sotilgan har 1 so`m mahsulotga sarflangan aylanma mablag’larni tavsiflaydi hamda quyidagi formula asosida hisoblab topiladi: Kyu = qa : Sm Bir marta aylanish davomiyligi kunlarda o`lchanadi hamda shu davrdagi kunlar sonini aylanish koeffitsientiga nisbati orqali quyidagi formula asosida hisoblanadi: T = K : Ka Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling