Reja: Fuqarolik huquqi obyektlari tushunchasi va turlari
Mol-mulklar – fuqarolik huquqining obyekti sifatida
Download 87 Kb.
|
fuqarolik huquqi mustaqil ish hofizhasanov
Mol-mulklar – fuqarolik huquqining obyekti sifatida
Fuqarolik huquqiy munosabatlarning obyekti bo`lib ko`ringan mulk tushunchasi to`g`risida to`xtalib, shuni aytish kerakki, ba`zi hollarda ashyo narsalarni mulk deb atalsa ham mol-mulk atamasining ma`nosi birmuncha keng bo`lishini bilamiz. Mol-mulk deyilganda, ma`lum shaxsga (fuqaro yoki tashkilotga) egalik huquqi bilan tegishli ayrim ashyolar yoki ashyolarning yig`in-disi nazarda tutiladi. Mol-mulk tarkibiga majburiyat huquqi, mualliflik va ixtirochilikka oid mulkiy huquqlar, oila huquqi bilan bog`liq bo`lgan majburiyatlardan kelib chiqadigan mulkiy talablar, qarz berilishida olingan tilxatlar ham kiradi. Demak, mol-mulk bu munosabatdir. (bu haqda mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar mavzusida yanada batafsil to`xtaymiz). Mol-mulk atamasi cheklangan holda, tor ma`noda sharh qilingan taqdirda, faqat ma`lum shaxsga tegishli mulkiy huquqlarning aktivinigina (mulkni talab qilish huquqlarinigina) o`z ichiga oladi. Agar “mol-mulk” atamasi keng ma`noda sharhlansa, shaxsning faqat huquqlarigina, ya`ni aktivigina nazarda tutilmay, balki uning uchinchi shaxs oldida bo`lgan majburiyatlari, ya`ni passivi ham nazarda tutiladi. O`zbekiston Respublikasi FKning 83-moddasida mol-mulk tur-lari ko`rsatilgan. Unga asosan mol-mulk ko`chmas va ko`char mulkka bo`linadi. Ko`chmas mulk yer uchastkalari va yer osti boyliklari, ko`p yillik dov-daraxtlardan iborat. Ko`chmas mol-mulk bilan bog`liq huquqlarni olish yoki begonalashtirish FKning 84-moddasida belgilangan tartibda davlat ro`yxatidan o`tkazish orqali amalga oshiriladi. FKning 83-moddasi 3-qismida qonunda boshqa mol-mulk ham ko`chmas mol-mulk qatoriga kiritilishi mumkinligi belgilan-gan. Shunga binoan, “Jismoniy shaxslarning mulki bo`lgan binolar va inshootlarni baholash, qayta baholash to`g`risida”gi Nizomda turar joylar, kvartiralar, bog`dorchilik va uzumchilik shirkatlari a`zolarining bog` uychalari, garajlar va boshqa imoratlar hamda inshootlar ham jismoniy shaxslarning mol-mulki hisoblanadi.2 Ko`chmas mulk bilan bog`liq asosiy xususiyat shundaki, u yer bilan bog`liq bo`lib, bir joydan ikkinchi joyga ko`chirish natijasida o`z hususiyatini yo`qotadi. Vazifasiga va tayinlanish maqsadiga zarar yetkazmagan holda bir joydan ikkinchi joyga ko`chirilishi mumkin bo`lgan mol-mulk ko`char mulk jumlasiga kiradi. Qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari ko`char mulkka bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish talab etilmaydi. Download 87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling