Reja: Fuqarolik jamiyati haqida tushuncha va uning o'ziga xususiyatlari


Inson huquqlarining ustuvorligi-fuqarolik jamiyatining ikkinchi muhim xususiyati


Download 20.98 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi20.98 Kb.
#1570097
1   2   3   4
Bog'liq
fuqarolik jamiyati 1

2. Inson huquqlarining ustuvorligi-fuqarolik jamiyatining ikkinchi muhim xususiyati
Ma’lumki, inson tug'ilgan makon havosidan nafas olib, uning jo'shqin tabiati qo'ynida voyaga yetadi. Uning tafakkuri, dunyoqarashi shu makon odamlari, tabiati ta'sirida shakllanadi va unga Vatan tuyg'usi, Vatan mehri tushunchalri tarzida ruhiyatiga singib qoladi. Shunga ko'ra, Vatanni sevgan, har bir inson, har bir fuqaro o'z Vatanini ozod va erkin bo'lishini qalban istaydi, uning bosqichlariga, jaholatga, vayronkorlikka murosasiz bo'lib yashaydi. Ayni paytda shu Vatan, shu tuproq, shu el uning insoniy haq-huquqlarini himoya qiladi va uni asrab- avaylashga xizmat qiladi. Buning uchun jamiyatda inson huquqlari har jihatdan ustuvor bo'lmog'I lozim darkor.
Yozma arxeologik manbalardan keltirilgan ma'lumotlarga nazar solsak, eramizdan avvalgi lll asrdan boshlab, o'zbek davlatchiligiga asos solingan va shu davrdan boshlab barcha jihatdan mukammal, ozod va obod bo'lgan adolatli jamiyat yaratish va bu jamiyat fuqarolarning haq-huquqlarini davlat ichkarisda ham, tashqarisida ham himoya qilish, qonunlarning adolatli bo'lishi, zo'ravonlikka yo'l qo'ymaslik borasida ish olib borigan va bu borada asarlar, kitoblar bitilgan.
Inson huquqlarini himoya qilish, fuqarolarning jamiyatdai nufuzini ko'tarish zardushtiylik dinida alohida e'tirof etilgan. Qonunlarning fuqaro huquqlarini himoya qilishiga asosiy kuch bo'lishiga alohidae'tibor qaratilgan. Ayniqsa, qonunlar uch tayanchga “fikrlar sofligi", “so'zning sobitligi", “amallarning qat'iyligi"ga asoslangan. Bu uch asosda iymonli, pok, yaxshi va oliyjanob ezgu ishlar qilgan taqvodor odamlarning ruhi jannatda bo'lishi, yovuzlik va nomaqbul ishlar bilan shug'ullangan ruhi esa do'zaxga yonishi ta'kidlab o'tilgan.
Zardushtiylik dini o'rniga maydonga kelgan islom dini ham inson huquqlarini demokratik va erkinlik asosida tartibga soluvchi oyatlar, suralar bilan ziynatlangan. Islom dining muqaddas kitobi Qur'oni Karim 49-sura, 13-oyatida barcha fuqarolarning ijtimoiy mavqei, dini, millati, tili, irqiy kelib chiqishidan qat'iy nazar teng huquqliligi e'tirof qilinadi: “Ey insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak(Odam) va bir ayol(Havo)dan yaratdik hamda bir-biringiz bilan tanishinglar, (do'st birodar bo'linglar) Albatta sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirog'ingiz va taqdovorligingiz, shuning uchun sizlarni turli- tuman xalqlar va qabila va elatlar qilib qo'ydik"(154,392). Bu insonlarning tenghuquqliligi, bir-biridan ustun bo'lmasligiga ko'rsatmadir. Ayni paytda ushbu muqaddas kitob va muayyan hadislarda bitilishicha ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy mavqeidagi qat'iy nazar insonlarning, birligi, bir-biriga birodarlik, tengligi alohida qayd etib o'tilganligini birodardirlar. Ularning biri ikkinchisidan ortiqcha emas, balki ortiq-kamlik taqvoga qarab belgilanadi"(32,160),- deb aytiladi.
Shunday qilib, zardushtiylik dinida ham, musulmon(isllom) dinida ham inson huquqlari shariat qonunlari bo'yicha odilona hal qilinib, ularda fuqarolarning erk va huquqlari daxlsizligi qat'iy belgilab qo’yilgan, qonunlashtirilgan.
Jamiyatda qonun ustuvorligi, inson manfaatlari va huquqlarnin daxlsizligi kafolatlanganligini, biz Amir Temurning “Temur tuzuklari" risolasida ham uchratmiz. “Temur tuzuklari”ning ikkinchi maqolasida “Men o'z saltanatimni boshqarishda har qanday voqea va ishni tuzuk( tuzuk,tuzukot-qonun qoida, qonunlar nazarda tutilmoqda-X.B) asosida bajardim. Shariat qonunlariga itoat qilish, urf-odatga e'tibor berish men uchun katta ahamiyatga ega edi"(106,26),-deyilgan. Shuningdek , “ Temur tuzuklari" kitobining ikkinchi ilovasida davlat tuzish, saltanatni boshqarish, adolat bilan hukmronlik qilish xususida so'z yuritiladi. Jumladan, “ Davlat va saltanimga bog'langan mening birinchi tuzugim – Tangri taolloning dini va Muhammad mustafoning shariatiga dunyoda rivoj berdim. Ikkinchisi shulkim, o'n ikki toifadagi kishilar bilan mamlakatlarni ziyoart etish , ularni idora qildim. Davlat ishlarini saltanat qonun-qoidalariga asoslangan holda boshqardim. Raiyat ahvolidan ogoh bo'ldim, ulug'larini og'a qatorida, kichiklarini farzand o'rnida ko'rdim. Mening mamlakatimda turli sohalarda qonunga qat'iy amal qilinadigan bo'lsa, men o'zimni o'sha yerda hozir turganday sezardim. Shariat va urf qonunlarini nazarda tutgan holdagina, odamlar sening ishlaringga ishonadilar va uni jonu dil bilan bajaradi”(106,83).
Amir Temur saltanatida qonunlarga qat'iy rioya qilingan, uning shu ikki tizmi, bugungi kunda bizning ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi ikki tizim – fuqarolik ishlari va jinoyat ishlari sudining kelib chiqishiga asos bo'ldi. Amir Temur doimiy ravishda qonunlarning ishlashiga, ya’ni davlat kishilarning doimiy nazorat ostida bo'lishlarini tashkil etgan edi. Chunki qonunlar yaratilasa- yu, ular ishlamasa, ya'ni ulardan foydalanmasa, bundan manfaat yo'qligini u chuqur anglab etar edi va shuning uchun qonunlarning adolatli ijro etishini kuzatib yurar edi.
Jamiyatdagi qonun ustuvorligi, inson manfaatlari va huquqlarini daxlsizligini kafolatlanganligini, biz Amir Temurning “Temur tuzuklari" risolasida ham ucharatamiz. “ Temur tuzuklari" ning ikkinchi maqolasida “ Men o'z saltanatimni bishaqarishda har qanday voqea va ishni tuzuk (tuzuk, tuzukot – qonun, qoida, qonunlar tarzida nazarda tutilmoqda – X.B) asosida bajardim. Shariat qonunlariga itoat qilish, urf-odatga e'tibor berish men uchun katta ahamiyatga ega edi(119,26).
Demak, fuqarolik jamiyatida inson erkinligi ta’ta'minadi, huquq ustuvorligiga amal qilinadi, erk va huquqni insonlar o'zlarining suyanchig'I deb qabul qiladilar. Yuksak ma'naviyatlilikning birinchi belgisi, bu jamiyat kishilarning erkinligidir, ya'ni jamiyatning har bir a'zosi o’zini ozod hur ijtimoiy himoyalangan shaxs tarzida his etishdir. Zero, Sh.Rizaev ta’kidlaganidek,”… “fuqaro” tushunchasi bilan “erkinlik” o'zaro hamohang va ma'nodosh. Chunki “fuqaro” tushunchasining o'zi , tarixan olib qaraganda, hurriyat va erkinlik, teng huquqlilik uchun kurash jarayonida paydo bo'lib qaror topgandir.( Shuning uchun ham fuqarolik jamiyati qullik va mutelikni, har qanday irqiy, milliy kamsitishlar, ijtimoiy ayirmachiliklarni rad etadi).
Bugungi kunda fuqarolik jamiyati xalqning maqsad-muddaolari, orzu-intilishlari, uning kelajak farovon va ozod hayotini ifodalagani uchun baralla aytish mumkinki, baxtli fuqaro hamda ozod va barkamol shaxsni tarbiyalash lozimdir. Buning muhim imkoniyati esa – mustaqillikdir.
Qonunlarning ijro etilishi uchun jamiyatining barcha sohalaridagi – mansabdor shaxslar va fuqarolarning o'z haq-huquqlarini tanishi hamda u uchun kurashishi lozim. Bu jamiyat kishilarida fuqarolik madaniyatining shakllanganligi, ularda erkin shaxsga xos fazilatlarning to'liq tarkib topganligi aks ettiruvchi ko'rsatkichdir. Fuqarolik madaniyati shakllangan shaxsda erkin mulohaza yuritish qobiliyati kuchli bo'lib, u qayerda, nohaqlik qayerdaligini aniq fahmlashga, to'g'ri xulosa qilishga, o'z xalqi, o'z Vatanini taqdirini o'ylashga qodir bo'ladi. Soxta g'oyalar, g'arazli ta'limotlarga, jaholatga berilmaydi va ularga murosasiz bo'ladi.
Buni chuqur his qilgan Respublikaning birinchi Prezidenti I.A.Karimov k'zining “ O’zbekiston XXl asrga intilmoqda “ nomli risolasida mamlakatni rivojlantirish, islohotlarni chuqurlashtirish, jamiyatni yangilashni 6 ta ustuvor yo'nalishini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab, uni ikkinchi ustuvor yo'nalishini “ Jamiyat madaniyatning yuksaltirish",- deb belgilandi. Bu yo’nalishining muhim vazifalaridan biri erkin, ozod, kurashchan va faol fuqaroni tarbiyalashdan iborat bo'lishini kerakligi ta'kidlagan. Prezidentning fikricha, erkin va faol fuqaro:
-o’z haq-huquqlarini taniydigan;
-o'z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan;
-atrofida sodir bo'layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan;
- shaxsiy manfaatlarini xalq manfaatlari bilan uyg'un holda ko'radigan erkin, har jihatdan barkamol inson bo'lishi darkor;.
Buni shaxsning fuqarolik xususiyatlari aniq va to'liq tasvirlangan tamoyili deb atash mumkin. Darhaqiqat, fuqarolarning yuksak fazilati- bu yurt, millat, jamiyat ko'rki, yuzi va fazilati demakdir. Aynan yuksak insoniy fazilatli fuqarolargina, erkin, ozod fikr yuritib, yurt ravnaqini ta'minlab, uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga katta hissa qo'sha oladigan, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning ma'sul tashabbuskorga aylangan bo'ladilar. Ularda ishbilarmonlik , yaratuvchilik, ijodkorlik, bunyodkorlik yuksak darajada rivojlangan bo'ladi. Ular ijodiy ezgulikka tafakkurlari, ezgulikka yo'naltirgan shuuriga va shukuhlari bilan xalqni bunyodkor g'oyalar sari yetaklaydilar. Millat ruhini uyg'otadilar, beorom, notinch qalb qayg'usi va el tuyg'usi bilan yonib yashaydilar.

Download 20.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling