Reja: Fuqarolik jamiyati haqida tushuncha va uning o'ziga xususiyatlari


Fuqarolarning xususiy mulkka ega bo'lishi – fuqarolik jamiyatining uchinchi xususiyati hisoblanadi


Download 20.98 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi20.98 Kb.
#1570097
1   2   3   4
Bog'liq
fuqarolik jamiyati 1

3. Fuqarolarning xususiy mulkka ega bo'lishi – fuqarolik jamiyatining uchinchi xususiyati hisoblanadi. Fuqarolarning xususiy mulkka ega bo'lishini ta’minlash demokratik huquqiy davlatning muhim tamoyillaridan biridir. O'tmishda ham erkin jamoa a'zolarining ko'chmas mulklari bunga o'zlari dehqonchilik qiladiga yerlar-bog'lar, ekiladigan hosillar, yerlar, chorbog'lar, chorvaga mo'ljallangan o'tloqlar, ot, chorva mollari, yashaydigan uy-joylari, jihozlarning barchasi ko’chmas mulk hisoblangan. Turk xoqonligi, Sug'd podsholigi, Samoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Amir Temur va Temuriylar davrida ham fuqarolarning xususiy mulkka ega bo'lishiga imkoniyat yaratilgan va shariat huquqiga ko'ra uy-joy, mol-mulkka egalik qilishga haqli bo'lgan.
Akademik M.Sharifxo'jaev yozishicha “ Temuriylar va Boburiylar davlatida ham, o'zbek xonliklarida ham xususiy mulk ko'proq vaqflar hisobiga rivojlangani ko'zga ttashlanadi. Badavlat kishilar va o'g'il farzandi bo'lmagan ko'chmas mulklarni yaqin kishilariga, masjid va madrasalarga vaqf qilib qoldirganlar. Vaqf mulkalri hech qanday mol-mulki bo'lmaganlarga, yoshlar( 14 yoshdan keyin ) va aholining kam ta'minlangan tabaqalariga oqsoqollar tomonidan xususiy mulk sifatida taqsimlangan. Natijada har bir fuqaroning turmush kechirish manbai ijtimoiy himoya qilinib, xususiy mulkdorlikni qo'llab-quvvatlash amalga oshirilgan. Bu hol jamiyatning iqtisodiy jihatidan farovonligiga yordam bergan.
Mustaqillik fuqarolarga xususiy mulkka ega bo'lish imkoniyatini berdi va bu masalaga e’tibor qaratildi. Masalan, yer dehqon-fermerlarga bo'lib berildi, korxonalar xususiylashtirildi, xususiy mulkchilik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishga e'tibor qaratilda va qaratilmoqda. Bu o'z navbatida jamiyat ishlarida fuqarolik madaniyati tarbiyalash ehtiyojini yuzaga keltirdi va masalani yanada dolzarblashtirdi.
Ma’lumki, mustaqillik tufayli mamlakatimizda U.Tadjixonov, A.Saidovlar ta’kidlaganidek:”… ma'naviy-huquqiy uyg'onish davri boshlandi, umuminsoniy qadriyatlar demokratiya inson huquqlari alohida ahamiyat kasb etmoqda". Shunday sharoitda inson shaxsi va fuqarolik madaniyati masalasi muhim ijtimoiy-pedagogik ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy-ma'naviy, huquqiy hamda ishlab chiqarish munosabatlari tizimdagi faoliyati va fuqarolik madaniyati masalalarini qamrab oladi. Mazkur muammoni aniq hal etish, shaxs fuqarolik madaniyati asosini tashkil etishga ko'maklashuvchi tavsiyalar psixologiyasi, ehtiyoji, faoliyat motivlari va axloqiy-huquqiy salohiyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 20.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling