4. Fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruviga ishtirok etishi – fuqarolik jamiyatining to'rtinchi xususiyati hisoblanadi. Fuqarolar faol, bilimdin, ishbilarmon, bunyodkorligi, qonunlardan mukammal xabardorligi, uning davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirok etish imkoniyatini yaratadi. Ma'lumki, fuqarolik jamiyati erkin, mustaqil ishlab chiqarish va mustaqil xaridorga, ozod va qonunlar himoyasida bo'lgan fuqarolar jamiyatidir. Shunga asosan jamiyat o'z-o'zini boshqarish organlariga siyosiy partiyalar va harakatlar, ijodiy uyushma, davlat va nodavlat tashkilotlariga ega bo'lgan jamiyat hisoblanib, unda boshqarish fuqaro faollari va jamoa ahlining ko'pgina a'zolari yordamida amalga oshiriladi.
Tarixdan ma’lumki, hech bir narsa quruq yerdan paydo bo'lgan emas va bo'lmaydi ham. U xalq, millat, davlatning tarixan shakllangan belgilari, xususiyatlari va qadriyatlarga asoslanib, shakllanadi va rivojlanadi. Qadimda fuqarolik jamiyati boshqaruvi, urug' jamoalari, boshliqlari, qabila rahbarlari, oqsoqollar kengashi va xalq majlisi ishtirokida boshqarilgan. Bunda oddiy xalqning faolligi, tashabbuskorligi, insonlarning qadr-qimmati, manfaatining ustuvorligi ta'minlanadi, hamda ijodiy mehnatiga e’tibor kuchayadi. Bu esa fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruv ishlariga ishtirokini faollashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |