Reja Fuqarolik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy strategic pirovard maqsadi


Download 31.14 Kb.
Sana26.11.2020
Hajmi31.14 Kb.
#153667
Bog'liq
матн 3 дек фук ж яти


“Respublikada fuqorolik jamiyati qurishning ilmiy-nazariy asoslari ”

Reja

  1. Fuqarolik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy

    strategic pirovard maqsadi

  2. Fuqarolik jamiyati insoniyat taraqqiyotining yuqori bosqichi.

  3. Fuqarolik jamiyati g’oyalar evolyutsiyasi.

  4. O’zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlantirish strategiyasi.

Fuqarolik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy strategic pirovard maqsadi

Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirish bosh strategik maqsad sifatida belgilandi. SHu kabi jamiyatgina O‘zbekiston xalqining munosib turmushini, huquq va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an’analar va ma’naviyatimizni qayta tiklashi, shaxs sifatida insonning ma’naviy-axloqiy kamol topishini ta’minlay olishi e’tirof etildi.

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida shunday deb ta’kidlaydi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. SHaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. YA’ni erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir-birini to‘ldiradi va bir-birini taqozo etadi»1.

Fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy mezonlaridan biri -bu uning huquqiy negizini yaratishdan iborat bo‘lganligi bois, birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining huquqiy poydevorini o‘rnatishga, uning asosiy qoida va talablarini huquqiy jihatdan mustahkamlovchi huquqiy normalarining o‘z ifodasini topishiga alohida e’tibor berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining asosiy qoida va talablarini aks ettiruvchi prinsipial ahamiyatga ega bo‘lgan normalar sifatida davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’ul ekanligi (2-modda), xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai hisoblanishi (7-modda), O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanishi (11-modda), O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishi, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligi (12-modda) kabilarda fuqarolik jamiyatining asosiy prinsipial masalalari yuridik jihatdan mustahkamlanganligini ko‘rishimiz mumkin.



Fuqarolik jamiyati insoniyat taraqqiyotining yuqori bosqichi.

Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida fuqarolik jamiyatini qurish eng ezgu g‘oya sifatida amal qilgan. Unga erishish uchun turli darajadagi nazariy qarashlar ilgari surilgan. Bir guruh olimlar fuqarolik jamiyatini qurish g‘oyasi G‘arb tamadduni mahsuli sifatida amaliyotga tadbiq etilmoqda deb hisoblamoqdalar, aslida SHarq mamlakatalarimutafakkirlari ijodida bu masalaga oqilona yondashuv uch ming yil ilgari shakllangan. Ijtimoiy taraqqiyotning ma’lum davrlarida sharq mamlakatlari etakchilik mavqeini egallagan. Har qanday fan, o‘z mohiyatiga ko‘rat umumbashariydir. Dunyo xalqlari katta-kichikligidan qatiy nazaruning rivojiga hissalarini qo‘shgan. SHu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish to‘g‘risidagi g‘oyalar, bilimlar bir yoqlama bo‘rttirish yoki kamsitish noto‘g‘ri yondoshuvdir.

Fuqarolik jamiyati va uning tushunchalari Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotining yorqin namunasi “Avesto” muqaddas kitobida yoritilgan. 2001 yilda millat ma’naviy madaniyatining eng qadimgi manbasi “Avesto”ning 2700 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimov: “ ... bu noyob asar bebaho tarixiy hujjat bo‘lib, u biz yashagan bu qadim yurtda, bu zaminda o‘zining madaniyati va boy ma’naviyatiga ega bo‘lgan buyuk davlat bo‘lganligidan, ajdodlarimizga, asrlar davomida bitmas tuganmas quch vaqudrat va tayanch sifatida xizmat qilganligidan dalolat beradi” debalohida e’tirof etgan. Darhaqiqat, “Avesto”ning bosh g‘oyasi “ezgu fikr, ezgu maqsad, ezgu amal” har qanday jamiyat va insonlararo munosabatlarning ma’naviy asosi ekanligidan dalolatdir.

Adolatli davlat boshqaruvi, uning mukammal nazariy asoslarini yaratish borasida ulkan ilmiy meros qoldirgan o‘rta asrlar mutafakkiri, davlat arbobi Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asari muhim manba hisoblanadi. U amaldorlarni axloqiy fazilatlariga qarab tanlash, adolat va insofni oyoq osti qiladigan kishilarni davlat ishlariga aralashtirmaslikni, davlatni boshqarishda kengash bilan olib borish, faoliyatlarni muntazam nazorat qilish, itoat, ijro va sifatlari to‘g‘risidagi qarashlari bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, Nizomulmulkning«Ko‘pchilik bo‘lib qabul qilingan tadbir eng savobli bo‘ladi va shunday yo‘l tutish kerak»2 degan fikrlari ajdodlarimizning davlat qurilishining adolatli tartibotlarigakatta e’tibor berganligidan dalolatdir.



Fuqarolik jamiyati g’oyalar evolyutsiyasi.

Fuqarolik jamiyatining antik konseptual ta’limotida jamiyat va davlat fenomenlarining uzviyligi qadimgi yunon dunyoqarashining muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Xususan, Aflotunning (mil. av. 427–347 y.) “Davlat” dialogida fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy hayotini ajratishgina emas, ijtimoiy sohani hozirgidek zamonaviy talqinda, siyosiy faollik sifatida tushunilgan. Bunda jamiyat hayotining siyosiy jihatlari, fuqarolik jamiyati tizimining umumiy tavsifi sifatida namoyon bo‘ladi.

Fuqarolik jamiyati g‘oyasining keyingi rivoji Aflotunning shogirdi Arastu(mil. av. 384–322 y.) ijodi bilan bog‘liq. Ustozi kabi Arastu ham eng mukammal jamiyat g‘oyasini ishlab chiqishga diqqat e’tiborini qaratadi, biroq fuqarolik jamiyati g‘oyalari tarkibida bu masala o‘zgacha nazariy jihatlarni tashkil qiladi. Uni ko‘proq ijtimoiy transformatsiya emas, balki davlat tuzilmasidagi o‘zgarishlar qiziqtiradi. Bundan tashqari Arastu o‘zining nazariy ishlanmalarida davlat haqidagi mavhum g‘oyaga tayanishni emas, jumladan Aflotunga xos bo‘lgan, balki voqe’likda mavjud bo‘lgan boshqaruv shakllarini solishtirish, qiyosiy tahlil qilishga tayanadi, bu jihat esa uning davlat va jamiyat borasidagi pozitsiyasini konkretroq bo‘lishini ta’minlaydi. Fuqarolik jamiyatining tarixiy ko‘rinishlari ifodasi Evropa-O‘rta er dengizi an’anasi asosida fuqarolik jamiyatining dastlabki ko‘rinishlari – Uyg‘onish davridagi italyan shahar-davlatlariga borib taqaladi. Bunda fuqarolik jamiyati shahar boshqaruvi tizimiga asoslangan, muayyan shahar doirasidagi, ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida harakterlanadi.

Qadimgi rim mutafakkiri Mark Tuliy Sitseron (mil. av. 106-43 yillar) ham jamiyat va davlat (respublika)ni tenglashtiradi. Sitseronning «Davlat haqida» va «Qonunlar haqida» asarlari davlat va huquq muammolariga bag‘ishlangan. Davlat Sitseron talqinida qadimgi yunon mutafakkirlarining konsepsiyalaridagi kabi davlatning barcha erkin a’zolari umummanfaat ifodasi sifatidagina emas, balki bu a’zolarning o‘zaro kelishilgan huquqiy munosabatlari majmui, muayyan huquqiy tuzilma, «umumiy huquqiy tartibot» sifatida ham namoyon bo‘ladi.

Sitseron davlat tushunchasiga birinchilardan bo‘lib huquqiy tus beradi, bu ta’limot keyinchalik juda ko‘p mutafakkirlar, shu jumladan «huquqiy davlat» g‘oyasining hozirgi tarafdorlari tomonidan ham e’tirof etiladi.

O’zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlantirish strategiyasi.

Fuqarolik jamiyati haqida turlicha tarixiy va metodologik yondashuvlar va interpretatsiyalarni inkor etmagan holda, yangi davrda fuqarolik jamiyati konseptuallashuvi jarayonida muhim rol o‘ynagan Uyg‘onish davri olimlardan biri Nikolo Makiavelli (1469–1527) bo‘lib, u pragmatik, tajribaviy ijtimoiy fanga asos soldi. Fuqarolik jamiyati Makiavelli uchun sinfiy, partiyaviy qarama-qarshi qiziqishlar majmuidir. Unga ko‘ra fuqarolik jamiyati xalqdan axloqiy asosni – ezgulik va fazilatni, ijtimoiy qiziqishlar va respublika tuzilmasi qiziqishlari oldida burchni his qilish va jasoratni talab qiladi. Boshqacha qilib aytganda, u erkin individlar uchun munosib birlashma bo‘ladi. Davlatni himoya qilish uchun hukmdor qo‘lidagi barcha vositalarni ishga solishi kerak bo‘ladi, yolg‘on, shafqatsizlik hatto urush ham bundan mustasno emas. Davlat qiziqishlari unda birlamchi ahamiyat kasb etgan. Makiavelli davlatning mutlaqo mustaqilligini talab qilgan, cherkovdan ham, ya’ni davlat va umuman siyosat sohasining sekulyarizatsiyasi tarafdori bo‘lgan. U davlat boshqaruvining o‘ziga xos siyosiy mahorat maktabini yaratadi, unda hech qanday axloqiy normalar bilan hisoblashmay, “maqsad har qanday vositani oqlaydi” degan tamoyilni ishlab chiqqan. Zamonaviy tadqiqotchilar ta’kidlashicha, demokratik qayta qurish g‘oyalari va fuqarolik jamiyati shakllanishi yosh xivaliklar va yosh buxoroliklar uyushmalari dasturlarida o‘z aksini topgan. Ular jadidlar liberal harakati sifatida nafaqat ijtimoiy munosabatlarni isloh qilishda, balki 1920 yilda Xiva va Buxoroda xalq namoyishlarida ishtirok etganlar. Turkiston avtonomiyasi uchun kurashgan jadidlar, mustaqillik uchun harakatga munosib hissasini qo‘shgan.

Huquqiy davlatni fuqarolik jamiyati rivojlanishining natijasi va uning o‘zini o‘zi yanada takomillashtirishi omili deb hisoblash mumkin. Huquqiy davlatchilikning shakllanish jarayoni, hech shubhasiz, ancha uzoq vaqt davom etadi. U fuqarolik jamiyati shakllanishi bilan birga takomillashib boradi. Har bir davlatda bo‘lganidek, huquqiy davlat hokimiyatining suverenligi ham mamlakat ichida uning barcha fuqarolarga va ular tashkil etuvchi nodavlat tashkilotlariga nisbatan ustunligida va undan tashqarida davlatning tashqi siyosatni yuritish, boshqa davlatlar bilan munosabatlar o‘rnatishda va mustaqilligida namoyon bo‘ladi. Etuk fuqarolik jamiyatisiz huquqiy demokratik davlat qurish mumkin emas, chunki ongli erkin fuqarolargina kishilik jamiyatining eng oqilona shakllarini yaratishga qodirdirlar. SHunday qilib, fuqarolik jamiyati erkin individ va markazlashgan davlat xohish-irodasi o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblansa, davlatning vazifasi parchalanish, tartibsizlik, tanglik, tanazzulga qarshi ish ko‘rish, erkin shaxsning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Huquqiy davlat – bu shunday bir davlat hokimiyatdirki, u huquq normalariga binoan, va ularning doirasida ish ko‘radi, bu normalarni buzish, bekor qilish yoki cheklashga jur’at etmaydi, fuqarolar va ularning birlashmalarining uzviy tabiiy-tarixiy huquqlarini e’tirof etadi.

Fuqarolik jamiyati fanining predmeti fuqarolik jamiyatining shakllanishi, rivojlanishi, har bir milliy davlatda fuqarolik jamiyati qaror topishining umumiy, o‘ziga xos qonuniyatlarini va tamoyillarini o‘rganishdan iboratdir.

Fuqarolik jamiyati fanining ob’yekti – bu rivojlangan mamlakatlarda va O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllanish va rivojlanish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalardagi tub o‘zgarishlarni ifodalaydi va bir necha o‘n yilliklarni o‘z ichiga olib, unda fuqarolik jamiyatining huquqiy davlat bilan o‘zaro uyg‘unlikda rivojlanish bosqichlari nazariy va amaliy nuqtai nazarlardan o‘rganiladi.

Fuqarolik jamiyati fanining predmeti – bu uzoq va bosqichma-bosqich tarzdagi tarixiy rivojlanish natijasidan iborat bo‘lib, fuqarolik jamiyati shakllangan va rivojlangan oraliq davr – bir necha avlodlarning yangi jamiyat qurishdagi ishtiroki, jamiyatshunos olimlarning bu jamiyatni rivojlantirishga doir nazariy ishlanmalari, Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurishning “O‘zbek modeli”ga xos nazariy qarashlar, O‘zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasining nazariy metodologik asoslari, mamlakatda fuqarolik jamiyatining rivojlanish jarayonidan iboratdir.

Yurtimiz rahbari ta’kidlaganidek: “Bolalar va yoshlarga maxsus fanlar, mamlakatimiz va jahon sivilizatsiyasi tarixini, xorijiy tillarni va zamonaviy kompyuter dasturlarini chuqur o‘rgatish vazifalari hali sifatli va to‘liq holda echilgani yo‘q”3.

Bundan ko‘rinadiki, mamlakatimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar, islohotlar va jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnini topish borasidagi harakatlar strategiyasini o‘rganish “Fuqarolik jamiyati” fanining mazmun-mohiyatini belgilaydi. Fanni o‘qitishda asosiy e’tibor talabalarning erkin fikrlashi, ularning jamiyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga nisbatan mustaqil o‘z munosabatlarini shakllantirishga qaratildi. Fanning yana bir asosiy maqsadlaridan biri - bu yoshlarda vatanparvarlik his-tuyg‘ularini yuksaltirish, ularning mamlakatga sadoqatini oshirish, yangi jamiyat qurishga befarq bo‘lmaydigan inson sifatida tarbiyalash vazifalarni amalga oshirishdir.



“Rivojlanish”, “strategiya”, “konsepsiya” va “innovatsion rivojlanish” tushunchalarining mazmuni hamda turli xil yondoshuvlar.

Mamlakatimizda Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning bevosita tashabbusi va rahbarligida qabul qilingan hamda izchil amalga oshirilayotgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi. Bu jarayonning amaliy natijalari, belgi va xususiyatlari bugungi kunda hayotimizning barcha jabhalarida, eng muhimi, xalqimizning ongu tafakkuri, intilish va harakatlarida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. SHu ma’noda, Harakatlar strategiya­si O‘zbekistonni tez sur’atlar bilan o‘zgarayotgan zamon talablari asosida jadal rivojlantirishning ilmiy-nazariy, amaliy-konstruktiv asoslarini belgilab beradigan, tarakqqiyotning yangi davri uchun muljallangan muhim dasturilamaldir, desak, ayni haqiqat bo‘ladi.

Harakatlar strategiyasi odamlarni ochiqlik, oshkoralik, shaffoflik muhitida yashash va ishlashga da’vat etmoqda. Har bir soha faoliyati ulkan ta’sir kuchiga ega bo‘lgan, fuqarolik jamiyatining ajralmas bir qismi bo‘lgan jamoatchilik nazorati ostida rivojlanishi zarurligini kun tartibiga qo‘ymoqda. Bunday muhitda insonning dav­lat, jamiyat va o‘zi oldida mas’uliyatni to‘la xis etib yashashi, so‘zi bilan ishi bir bo‘lishiga rioya etish fazilatlari asosiy mezon sifatida namoyon bo‘ladi. Harakatlar stra­tegiyasi O‘zbekistonda huquqiy demokratik asosdagi xalq davlatini barpo etish yo‘lini har tomonlama asoslab beradigan hujjat xisoblanadi.

Mazkur vazifa doirasida inson xukuk va erkinliklarini ta’minlashning shaffofligi xamda samaradorligini oshirish, iktisodiyotning rivojlanish xolati, zamo-naviy talablardan, xalkaro standartlardan kelib chikkan xolda, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb etishni nazarda tutgan xolda, «Jinoyat va jinoyat-protsessual konunchilikni takomillashtirish buyicha 2018-2021 yillarga muljallangan Konsepsiya» loyixasini ishlab chikish rejalashtirilgan.

Moliya bozorini rivojlantirish konsepsiyasini yaratish va bu buyicha Uzbekiston Respublikasi Prezidentining kdrori loyixdeida kuyidagilarning aks etishi reja-lashtirilgan:


  • mustaxkam moliyaviy institutlar (banklar, sugurta kompaniyalari, yirik davlat kompaniyalari, aksiyadorlikjamiyatlari)ga kimmatli kogozlar (obligatsiyalar, veksellar va boshkalar) chikarishga ruxsat berish;


  • kimmatli kogozlar bozorini muvofikdashtirish buyicha vakolatli organning moliya bozorining zamonaviy vositalarini joriy kilinishdagi rolini kuchaytirish, ya’ni mazkur organni nazorat organi sifatida emas, balki kimmatli kogozlar bozori ishtirokchilarining xukuk va konuniy manfaatlarini ximoya kiluvchi organ sifatidagi faoliyati samaradorligini oshirish;




Mustaqil O‘zbekiston Milliy taraqqiyot modelining ishlab chiqilishi.

Strategiya - ijtimoiy, siyosiy, iktisodiy isloxotlarni amalga oshirishning bosh yunalishi, barcha sa’y-xdrakatlar-ning poydevori, davlat va jamiyat xayotidagi tub burilish dav-ri uchun xos bo‘lgan boshkaruv san’ati mazmunini ifoda etadi. Strategiyaning bugungi kun uchun xos bo‘lgan ma’nosi xrzir-gi murakkab davrda Uzbekistonning erkin va farovon davlat bo‘lishiga erishish, odamlar xayotini tubdan yaxshilash, baxtli turmushini, kafolatli tinchligini ta’minlash, har bir in-sonning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashdan iborat.

Jadal tarakkiyot - jadal tarakkiyotga turt omil uy-gunligi asosida erishiladi. Buning uchun eng avva-lo tez rivojlanish sur’atlariga erishishni ta’minlay-digan etarli investitsiyalarga ega bo‘lish; ikkinchidan, puxta rejalashtirilgan tarakkiyot modeli va bu modelni uzluk-siz amalga oshirishga karatilgan mexanizm va "yo‘l haritala-ri" zarurligi, uchinchidan esa, ana shu yuksak sur’atlarni ta’-minlaitga kodir bo‘lgan inson kapitali, saloxiyatli kadrlar, mutaxassislarning bo‘lishi, turtinchidan esa, jadal rivoj­lanish modediniruyobgachikarishga kodir iroda, liderningja-miyatni etaklovchi kuchi va katiy azmu karori takrzo etiladi. Mamlakatimizda ana shu omillarning barchasi bor.

I.A. Karimov tomonidan asoslab berilgan taraqqiyotning “o‘zbek modeli” va uning asosiy tamoyillari mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va pirovardida fuqarolik jamiyatini barpo etish hamda kuchli ijtimoiy himoya tamoyillariga asoslangan erkin bozor munosabatlarini barpo etishda dasturulamal bo‘lib xizmat qildi. Ushbu model islohotlarning barqarorligi va xavfsizligini kafolatli ta’minlashning etakchi ustuni bo‘lib kelmoqda.



Taraqqiyotning “o‘zbek modeli” g‘oyasiga ko‘ra, yurtimizda yangi jamiyatni barpo etish uchun amalga oshiriladigan barcha islohotlar zaminiga inson omili qo‘yildi. YA’ni “islohot islohot uchun emas, balki, inson manfaatlari, uning, erki va farovonligi uchun”, degan g‘oya barcha yangilanishlarning asosiy o‘zagi etib belgilandi. SHu munosabat bilan qurilayotgan yangi mustaqil davlat va jamiyatning asosiy bunyodkori ham, iste’molchisi ham mana shu yurtning erkin xalqi degan prinsip mamlakatimiz taraqqiyot strategiyasining markazida turuvchi omildir.

Taraqqiyotning innovotsion modeli

Taraqqiyot strategiyasi markazi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmo-yishi bilan 2017 yil 14 fevralda mamlakatimizda keng kulamda amalga oshirilayotgan Xdrakatlar strategiyasi samaradorligini ta’minlash makeadida 'Tarak,kiyot stra­tegiyasi" markazi tashkil etildi. Ushbu markaz noxukumat va notijorat tashkilot bulib, uning faoliyati doirasiga kuyidagi yo‘nalish va vazifalar kiradi:-Xarakatlar strategiyasida belgilangan chora-tadbir-larning amalga oshirilish jarayonlarini ularning baja-rilishi bo‘yicha mas’ul komissiya bilan xamkorlikda kul-lab-kuvvatlash;-xarakatlar strategiyasi doirasida amalga oshiri­layotgan ishlar bo‘yicha xalkaro tashkilot va ekspertlar fikrlarini baxrlash, shuningdek, xalkaro tajribalar, jaxon standartlarini urganib borish;-amalga oshirilayotgan tadbirlarning keng jamoatchi-lik va ekspertlar ishtirokidagi muxokamasini tashkil etish;-Xarakatlar strategiyasida belgilangan tadbirlarni samarali amalga oshirish bo‘yicha asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chikish."Tarakdiyot strategiyasi" markazining eng muhim va-zifalaridan biri Xdrakatlar strategisida belgilangan eng muhim chora-tadbirlarning bajarilishini tizimli monitoring kilib borish hamda har bir yo‘nalish buyicha guruxlarga asoslangap tavsiyalar ishlab chikishdan i borat. Markaz 2017 yil 23 fevral kuni Adliya vazirligida davlat ruyxatidan utdi va uning takdimot marosimi 2017 yil 1 mart kuni "Zarafshon" konsert zali negizida tashkil etilgan yangi media maydonda bulib utdi. Harakatlar strategiyasi va "Xalk bilan mulokot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishini keng yoritish va tabdirlar bo‘yicha muntazam ravishda jamoatchilik muxokamasini utkazish maksadida Markaz tomonidan O‘zbekiston elek­tron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va boshka etakchi OAV hamda Xalkaro press-klub bilan uzaro xamkorlik bitimlari imzolandi. 2017 yilning mart-iyun oylarida Markaz koshida tashkil etilgan maxsus media maydonda uttizdan or-tik brifing, press-konferensiya va tok-shoular tashkil etildi.Davlat dasturi ijrosi doirasida ishlab chikiladigan barcha konunlar va boshka me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyixalari Markaz koshida dastlabki ekspertlik muxo-kamasidan utkazilishi amaliyoti joriy etilmokda. Jum-ladan, Markazda O‘zbekiston Respublikasi Kopunchilik palatasi va ekspertlar ishtirokida "Jamoatchilik na-zorati tugrisida" va "Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari tugrisida"gi k,onun loyixalarining keng muxokamasi utkazildi. Tashki ishlar vazirligi va Oliy Majlisning Inson xukuklari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan takdim etilgan konunlar loyixa­lari bo‘yicha muxokamalarda Markaz vakillari ishtirok etishdi.SHu bilan birga, Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturida kuzda tutilgan tadbir-larning amalga oshirilishida Markazning imkoniyat-laridan tulik, samarali va tizimli foydalanish mexa-nizmlarini joriy kilish, jumladan, yukrri malakali mutaxassislar bilan taxdiliy va boshka hujjatlarni ishlab chikish maksadida Markaz

O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy rivojlanishining ilmiy-metodologik asoslari va ustuvor yo‘nalishlari.

«Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari» konseptual tamoyil va uning mohiyati. O‘tgan asrning 80-yillari oxiri - 90-yillar boshida totalitar tuzumdan endigina xalos bo‘lgan, o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekistonda yangi jamiyat va davlatni bunyod etish islohotlarining jahon tajribasining qanday yo‘lidan borishi hali aniq va ravshan emas edi. Lekin, mamlakat rivojining bosh yo‘li tanlandi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq Birinchi Prezident I.A.Karimov quyidagi maqsadni ilgari surdi: «Respublikada sobitqadamlik bilan xalqchil adolatli jamiyatni bunyod etish - bosh vazifadir… Yangilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishi insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab olishini kafolatlashi kerak»

O‘zbekistondagi fuqarolik jamiyati barpo etish ham milliy, ham rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasida obdan sinalgan demokratik qadriyatlar asosida amalga oshirishga muhim ahamiyat berildi. Chunki, demokratik qadriyatlar nafaqat xalqaro tajriba va sinovlardan o‘tganligi uchun, balki o‘zbek xalqining milliy manfaatlariga mos kelganligi uchun ham islohotlar jarayonlariga tatbiq etila boshlandi. Mamlakatda fuqarolik jamiyati uchun muhim bo‘lgan demokratik qadriyatlarni Birinchi Prezident I.A.Karimov quyidagicha baholagan edi: «Ma’lumki, demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tamoyillari bor. Insonning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi, ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, davlatning asosiy organlari saylanishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishi, tayinlash yo‘li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylovchi tashkilotlar oldidagi javobgarligi va boshqalar shular jumlasiga kiradi»

Mamlakatda fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan demokratik siyosiy tizimning o‘ziga xos xususiyatlari, uning demokratik tamoyillarini rivojlantirish masalalari Birinchi Prezident I.A.Karimovning birinchi va ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning sessiyalaridagi (1995-2004 yillar), shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi (2005, 28 yanvar) ma’ruzalari «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» konseptual siyosiy dasturning asosini tashkil etdi.

O‘zbekistonda davlatning bosh islohotchiligi natijasi o‘laroq nafaqat fuqarolik jamiyati, balki huquqiy davlat ham shakllanadi. Huquqiy davlat unsurlari paydo bo‘lishi bilan fuqarolik jamiyati tuzilmalari shakllana boshlaydi. Shuning uchun ham fuqarolik jamiyatini yaxshi idrok etish uchun “huquqiy davlat” tushunchasini bilishga ehtiyoj tug‘iladi.

O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi - milliy taraqqiyotimizning yangi bosqichi.

Mamlakatimizda Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning bevosita tashabbusi va rahbarligida qabul qilingan hamda izchil amalga oshirilayotgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi. Bu jarayonning amaliy natijalari, belgi va xususiyatlari bugungi kunda hayotimizning barcha jabhalarida, eng muhimi, xalqimizning ongu tafakkuri, intilish va harakatlarida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. SHu ma’noda, Harakatlar strategiya­si O‘zbekistonni tez sur’atlar bilan o‘zgarayotgan zamon talablari asosida jadal rivojlantirishning ilmiy-nazariy, amaliy-konstruktiv asoslarini belgilab beradigan, tarakqqiyotning yangi davri uchun muljallangan muhim dasturilamaldir, desak, ayni haqiqat bo‘ladi.

Harakatlar strategiyasi odamlarni ochiqlik, oshkoralik, shaffoflik muhitida yashash va ishlashga da’vat etmoqda. Har bir soha faoliyati ulkan ta’sir kuchiga ega bo‘lgan, fuqarolik jamiyatining ajralmas bir qismi bo‘lgan jamoatchilik nazorati ostida rivojlanishi zarurligini kun tartibiga qo‘ymoqda. Bunday muhitda insonning dav­lat, jamiyat va o‘zi oldida mas’uliyatni to‘la xis etib yashashi, so‘zi bilan ishi bir bo‘lishiga rioya etish fazilatlari asosiy mezon sifatida namoyon bo‘ladi. Harakatlar stra­tegiyasi O‘zbekistonda huquqiy demokratik asosdagi xalq davlatini barpo etish yo‘lini har tomonlama asoslab beradigan hujjat xisoblanadi.

O‘zbekistonda 2016 yil 4 dekabrda bulib utgan O‘zbekistan Respublikasi Prszidenti saylovidan keyin xalk, davlatining mustahkam poydevorini kurish, demo­kratik imkoniyatlarni kengaytirish, konun chikdruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatining mustakil xokimiyat sifatida faoliyat olib borishi bo‘yicha asosiy talabdan kelib chikadigan bosh tamoyil - xalkda xizmat kilish va uning oldida xisob berish masalasi kun tartibiga ku-yildi. Agar ana shu tamoyilga amal kilinmasa, har kan-day xokimiyat fakat byurokratik tuzilmadan iborat bulib kolishi xakli ravishda ta’kidlab kelinmokda. X,akikatan xam, xalkka yakdnlashish, uning ichiga kirib, eng dolzarb muammolarini xal etish, elu yurt dardu tashvishlari bi-lan yashash har kanday xokimiyatning borligini bildira-di. CHunki u shu tarika xokimiyatning birdan-bir manbai bo‘lgan xalk tomonidan e’tirof etiladi, kullab-kuvvat-lanadi.



Ijtimoiy jarayonlarni uzaro xamkorlik asosida maksadli optimallashtirish, ya’ni sinergetik yondashuv nazariyasi ksng kullanmokda. Sinergetikani xamma soxa-ga nisbatan keng kullash amaliyoti yo‘lga kuyilmokda. Masalan, jamiyatda sinergetika uzini uzi eng makbul tatpkil etish imkoniyati sifatida turli muassasa va soxalararo xamkorlik tarzida xam amal kilmokda.
Download 31.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling