Reja: Futbol musobaqalarining umumiy qoidalari Futbol hakamlarining huquqi va majburiyatlari
Asosiy o’yinchilarni zaxiradagi bilan almashtirish shartlar
Download 96 Kb.
|
FUTBOL O\'YINIDA AYLANA TIZIMIDA MUSOBAQA O\'TKAZISH USULLARI
Asosiy o’yinchilarni zaxiradagi bilan almashtirish shartlar
- Doimo mo’ljallangan almashtirish haqida hakamning xabari bo’lishi kerak. - Zaxiradagi o’yinchi faqatgina asosiy o’yinchi maydondan chiqqandan so’ng hakam xushtagidan keyin maydonga chiqadi. - Zaxiradagi o’yinchi o’yin to’xtatilganda faqat o’rta chiziqdan o’yin maydoniga kiradi. - Zaxiradagi o’yinchi maydonga chiqqandan so’ng almashtirish tugallangan xisoblanadi. - Shu vaqtdan boshlab zaxiradagi o’yinchi asosiy tarkib o’yinchisi hisobla-nadi, almashtirilgan o’yinchi esa asosiy o’yinchi hisoblanmaydi. - Almashtirilgan o’yinchi matchda boshka ishtirok eta olmaydi. - Xamma zaxiradagi o’yinchilar o’yinga qatnashish yoki qatnashmasliklaridan qatiy nazar hakam vakolatlariga bo’ysunadilar. Darvozabonning almashtirilishi boshqa har qanday o’yinchilar darvoza-bon bilan joylarini almashishlari mumkin faqat shu shart bilanki; - Xakam bu xaqda almashinishdan oldin xabardor kilingan bo’lishi kerak. - Almashinish match to’xtaganda amalga oshiriladi. O’zbekiston respublikasi prezidentining Qarori 2011-2013 yillarda respublikada futbolning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va uni rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida Mamlakatimiz futbolining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, futbol bo’yicha maktab-internatlarda, bolalar va o’smirlar maktablarida, professional klublarda va terma jamoalarda o’quv-mashq jarayonining yuksak sifatini ta’minlash, futbolchilar, trenerlar hamda hakamlarning mahorat va malaka darajasini oshirish, shuningdek respublika aholisining keng qatlamlari o’rtasida futbolni faol targ’ib qilish hamda ommalashtirish maqsadida: 1. 2011 — 2013 yillarda respublikada futbolning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va uni rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin. Unda quyidagilar nazarda tutiladi: respublika shaharlarida faoliyat ko’rsatayotgan stadionlarning, shuningdek professional futbol klublari huzuridagi bolalar va o’smirlar maktablari sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni rekonstruktsiya qilish, yangi stadionlar qurish, zarur uskunalar va anjomlar bilan jihozlash hamda tegishli infratuzilmani yaratish; bolalar va o’smirlar jamoalari uchun nomzodlar, professional futbol klublari va O’zbekiston terma jamoalari uchun zaxira tayyorlashning asosiy bo’g’inlari sifatida futbol bo’yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni hamda professional futbol klublari huzuridagi bolalar va o’smirlar sport maktablarini rivojlantirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; to’laqonli ilmiy-metodik rahbarlikni, o’quv-mashq jarayonlari sifatini hamda respublikada futbolni rivojlantirishdagi an’analar davomiyligini va xalqaro maydonlarda yuksak natijalarga erishishni ta’minlashi lozim bo’lgan yuqori malakali trenerlar, hakamlar, sport vrachlari hamda boshqa futbol mutaxassislarini tayyorlash, ularni davriy attestatsiyadan o’tkazish mezonlari va metodologiyasini ishlab chiqish; mamlakatimiz futboli to’g’risidagi axborotlarni etkazish va targ’ib qilishni yanada takomillashtirish, futbol musobaqalarini yoritishga ixtisoslashgan malakali jurnalistlar, sharhlovlar, rejissyor va teleoperator kadrlarni tayyorlash. Ushbu qarorning 1-ilovasida nazarda tutilgan tadbirlarning o’z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun hududiy futbol federatsiyalari prezidentlari hisoblangan Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek mas’ul ijrochilar — respublika vazirliklari, idoralari va xo’jalik birlashmalarining rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklansin. [ Download 96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling