Reja: Gapni bo’laklarga ajratish


Download 63.98 Kb.
bet8/13
Sana18.02.2023
Hajmi63.98 Kb.
#1209295
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
EGA VA KESIM (BOSH BO\'LAKLAR) IKKI SOSTAVLI GAPLARNI SHAKLLANTIRUVCHI PREDIKATIV BIRLIKLAR EKANLIGI

Savol va topshiriqlar:
1. Gap bo’laklari deb nimaga aytiladi ?
2. Gap bo’laklari qaysi bo’lakka nisbatan aniqlanadi ?
3. Nega shunday deb o’ylaysiz ?
4. Gap bo’laklari nechaga bo’linadi?
5.Ega deb nimaga aytiladi?
6.Ega qaysi so’zlar turkumi bilan ifodalanishi mumkin?

Kesim va uning ifodalanishi. Kesimning turlari

3. Kesimning tuzilishiga ko‘ra turlari
Kesim gap markazi bo’lib, u tsdiq-inkor, zamon, mayl, shaxs-son ma'nolarini ifodalab keladi, hukmni ifodalaydi va gapning boshqa bo’laklarini o’z atrofida birlashtiradi.
Gapni yuzaga keltirish, fikrni ifodalash jihatidan kesimning gapdagi ahamiyati juda katta. U hukmni ifodalovchi, gaplikning asosiy belgilarini ko’rsatuvchi eng muhim bo’lakdir. Gapda ega ham, ikkinchi darajali bo’laklar ham bevosita yoki bilvosita kesimga bog’lanadi.
Kesim nima qildi? nima qilyapti? nima qiladi? (ba'zan nechanchi? qanday?) so’roqlariga javob bo’ladi.
Kesim qaysi turkum so’zlari bilan ifodalanishiga ko’ra ikki xil:

fe'l-kesim, ot-kesim.
Kesim tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: sodda kesim va murakkab kesim.
Felning turli shakllari orqali ifodalangan kesim fe'l-kesim deyiladi.
Fe’l-kesimlar quyidagi ko’rinishlarga ega:



  1. sof fe'l-kesimlar: Men maktabga boraman;

  2. ravishdosh bilan ifodalangan kesim: Motor gurillab, mashina oldinga intildi;

D) sifatdosh bilan ifodalangan kesim: It hurar-karvon o’tar. Po’lat xatni kecha yuborgan.


Fe’ldan boshqa so’z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, ravish, taqlid so’z) bilan, shuningdek, fe’lning harakat nomi shakli bilan ifodalangan kesim ot-kesim deyiladi.
Ot-kesimlar quyidagicha ifodalanadi:
1. Ot bilan: Teshaboy ashaddiy dushman-u, siz xizmatini qilayotgan depo xo’jayini do’stmi? Yaxshi ro’zg’or - jannat, yomon ro’zg’or - do’zax.
2. Sifat bilan: Usti yaltiroq, ichi qaltiroq.
3. Son bilan: Birniki - mingga, mingniki - tumanga. Bu birinchisi. Ikki karra ikki - to’rt.
4. Olmosh bilan: Maqsadim - shu. O’zim har joydaman, ko’nglim sandadur.
5. Ravish bilan: Sizdan umidim ko’p.
6. Modal so’z bilan: Yo’qoling, siz bilan adi-badi aytishishga vaqtim yo’q. Misollar:

Download 63.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling