Reja: Gapni bo’laklarga ajratish


Download 63.98 Kb.
bet11/13
Sana18.02.2023
Hajmi63.98 Kb.
#1209295
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
EGA VA KESIM (BOSH BO\'LAKLAR) IKKI SOSTAVLI GAPLARNI SHAKLLANTIRUVCHI PREDIKATIV BIRLIKLAR EKANLIGI

Sodda gap nima?


  1. Gaplar bosh bulaklarning mikdoriga kura sodda va qushma gaplarga bulinadi. Tarkibida bitta bosh bulak qatnashgan gaplar sodda gaplar sanaladi. Masalan: Men keldim.

  2. Gaplar suzlovchining ifoda maqsadiga kura uch turga bulinadi: Darak ran. 2. Suroq ran. 3. Buyruq ran.

  • His-hayajonning ishtirokiga kura esa his-hayajonsiz gaplar va his-hayajonli gaplarga bulinadi. Yuqoridagi darak, suroq, buyruq gaplar darak, buyruq, suroq ohangi bilan talaffuz etilib, his-hayajonsiz gaplar sanaladi. Bu gaplar his-hayajon bilan talaffuz qilinsa, his-hayajon gaplar deb yuritiladi.

  1. Sodda gaplar ega va kesimining mavjudligiga kura 2 khil buladi.

Ikki bosh bulakli gaplar. Bularda ega kham, kesim kham mavjud buladi.
Bir bosh bulakli gaplar. Bularda ega bulmaydi.

  1. Sodda gaplar tuzilishiga kura yigiq ran va yoyiq gaplarga bulinadi.

Yigiq sodda gaplar faqat bosh bulaklardan, yani ega va kesimdan tashkil topadi. Masalan: Quyosh chiqdi. Dustlik uzilmasin. Kitob – oftob.
YOyiq sodda gaplar tarkibida ikkinchi darajali bulak- lar ham ishtirok etadi. YOtogiga yul olgan quyosh toglar ortiga asta-sekin botib bormoqda. (Ch.A.)
Bu gapning bosh bulaklari: Kuyosh botib bormoqda.
YOtogiga yul olgan suzlari egaga boglanib, ega guruhini tashkil qiladi. Ega guruhida ikkita suz birikmasi bor: yotogiga yul olgan, yul olgan quyosh. Toglar ortiga, asta-sekin suzlari kesim guruhiga kiradi.
Bunda kham ikkita suz birikmasi bor: toglar ortiga bo­tib bormoqda, asta- sekin botib bormosda.

  • mashq. Badiiy asarlardan yoki adabiyot darsligingizdan 4 ta yigiq sodda gaplarga, 4 ta yoyiq sodda gaplarga misol topib yozing.

  • mashq. Avval yigiq sodda gaplarni, keyin yoyiq sodda gaplarni kuchirib yozing.

Ota endi bardosh bera olmadi. Kuksidagi limmo-lim kosa qattiq chayqalib, tarang tortilib turgan asab torlari chirt-chirt uzilib ketdi. Kuzi tindi… Qulogi shangilladi… Vujudi muzladi… Qora quyun uni chirpirak qilib osmonga kutardi. Er, quyosh, osmon aylandi. Qushlar, kurtaklar, anhor – borliq aralash-quralash bulib ketdi. (M.M.)
IKKI BOSH BO`LAKLI GAPNING TUZILISHI
Ikki bosh bo`lakli gap ikki grammatik tarkibi: ega tarkibi va kesim tarkibi mavjud bo`lgan gapdir.
- Ega yoki ega va unga taalluqli so`zlar ega tarkibini tashkil etsa, kesim yoki kesim va unga taalluqli so`zlar kesim tarkibini tashkil qiladi.
Masalan: Kecha tunda esgan kuchli shamol katta archaning tanasini ikkiga ayirib yubordi.
Sodda gap tuzilishi asosining tarkibiga ko`ra ikkiga bo`linadi: ikki bosh bo`lakli gaplar va bir bosh bo`lakli gaplar.
Ikki bosh bo`lakli gapning tuzilishi asosi bosh bo`laklarning har ikkisi: Egasi va kesimidan iborat bo`ladi. Masalan: Toshdagi rasmlar bundan ko`p ming yil avval o`tgan bobokalonlarimizning ijodi ekan. (P.Qodirov). SHamol g`uj-g`uj archalarning hidini olib keladi. (P.Qodirov).
Bir bosh bo`lakli gaplarning tuzilish asosi esa yo kesim tarkibidan, yo ega tarkibidan tashkil topadi. Kesim yoki kesim tarkibidan tashkil topgan gaplarda ega, ega yoki tarkibidan tashkil topgan gaplarda kesim qatnashmaydi va bunday bo`lakka ehtiyoj ham bo`lmaydi. Bunday gaplarja predikativlik bir bo`lak bilan ifodalanadi. Masalan: Oyko`lliklarni yaxshi gaplar bilan yo`ldan qaytarishda. (P. Qodirov). Bugungi ishni ertaga qo`yma. (Maqol). YOsh bo`lsa, ko`p narsani boshidan kechirgan. (P.Qodirov). Oqshom chog`i... Vatan bo`ylab qadam - qadamlab Quyosh o`tdi dengizlar, tog`lar ortiga. (SHayxzoda). Aqlni beaqldan o`rgan. (Maqol).
Bir bosh bo`lakli gaplar, bosh bo`lakning qaysi biridan tashkil topishiga ko`ra, ikki guruhga bo`linadi: Egasiz gaplar, kesimsiz gaplar.
Egasiz bir bosh bo`lakli gaplar faqat kesim tarkibidan topish mumkin yoki mumkin emasligiga ko`ra egasi topiladigan va egasi topilmaydigan gaplarga bo`linadi.
Kesimsiz bir bosh bo`lakli gaplar nominativ (atov) gaplardir.
Sodda gap va uning mazmuniy qurilishi
Shakl va mazmun, sintaktik aloqa, sodda gap, qo’shma gap, egali gap, egasiz gap, grammatik asos, gap bo’laklari, bosh bo’lak, ikkinchi darajali bo’lak, yig’iq bo’lak, yoyiq bo’lak.
Har qanday gap shakl va mazmun birligidan iborat butunlik bo’lishiga qaramasdan, yaqin yillargacha sintaktik tadqiqotlarda, asosan, gapning shakliy tomoniga e’tibor berilgan. Faqat ayrim o’rinlardagina (masalan, gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlarini belgilashda ikkinchi darajali bo’laklarning ichki tasnifida) mazmun tomoniga murojaat qilindi. Hozirgi kunda gap mazmunini o’rganuvchi mazmuniy sintaksis deyarli hamma tilshunoslar tomonidan e’tirof etilgan bo’lsa ham, ammo mazmuniy sintaksis maqomi masalasida bir xillik yo’q. Ular orasida ikki qaramaqarshi qo’nalish ajralib turadi. Birinchi yo’nalish tarafdorlari gapning zaruriy unsurlarining grammatik ma’nosiga asoslanadilar.
Bu yo’nalishda gapning xar bir tuzilish tarixning umumiy grammatik ma’nosini topishga xarakat qilinadi va tuzilish tarixining umumiy grammatik ma’nosi doirasida mazmuniy tuzilish aniqlanadi. Ularning fikriga ko’ra, mazmun grammatik shakllanmay, o’z xolicha mavjud bo’lmaydi. Shuning uchun gapning barcha sintaktik xususiyati gap mazmunining ifodachisi bo’lib xizmat qiladi.
Ikkinchi yo’nalish tarafdorlari gapning nominativ minimumi uzvlarining leksik ma’nolariga asoslanadi. Bunga muvofiq, gapning mazmuniy tuzilishi tuzilish tarxlari doirasida emas, balki undan tashqarida ajratiladi. Tuzilish tarxlari va mazmuniy tuzilish bir-biri bilan kesishmaydigan yonma-yon qatorlarga teriladi.
O’zbek tilida gaplar grammatik asoslarining miqdoriga ko’ra 2 ga bo’linadi: Sodda va qo’shma: Bu shaharda tanish bilish yo’qligi Mirzayevga shu bugun bilindi. Kampirning ko’zlarini allanechuk olayib ketdi, yuzining suyakka yopishgan chandir terisi oqardi.
Sodda gaplar eganing ishtirok etish etmasligiga ko’ra 2 xil bo’ladi: Egasi mavjud gaplar va egasiz gaplar: Biz yangi filmni tomosha qildik – yangi filmni tomosha qildik.
Sodda gaplar ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirokiga ko’ra 2 ga bo’linadi: sodda yig’iq gap (Kamola kirib keldi), sodda yoyiq gap: (Kamola darvozadan shoshilib kirib keldi).
O’zbek tilida gapda so’zlar o’zaro grammatik munosabatga kirishib gap bo’laklarini hosil qiladi. Har bir gap bo’ladi boshqa gap bo’laklari bilan bo’lgan grammatik munosabatiga ko’ra belgilanadi, ya’ni har bir gap bo’lagi o’zi munosabatga kirishgan so’z bilan ma’lum sintaktik aloqada bo’ladi: Dildora kechagi uchrashuv haqida zavqlanib gapirdi – bu gapda so’zlar qo’yidagicha sintaktik aloqaga kirishgan: 1. Dildora gapirdi. 2. Zavqlanib gapirdi. 3. Uchrashuv haqida gapirdi. 4. Kechagi uchrashuv.
Kesim gapning asosini tashkil qiluvchi markazdir. Ega kesimga ergashib, kesimda ifodalangan ish harakatning bajaruvchisini ko’rsatadi. Kesim qaysi so’z turkumi bilan ifodalanishiga ko’ra 2 xil bo’ladi: fe’l kesim, ot kesim. Tuzilishiga ko’ra esa sodda kesim va murakkab kesimga bo’linadi.
Fe’l kesim qo’yidagi ko’rinishlarga ega:
A) sof fe’l kesim: Men maktabga boraman.
B) Ravishdosh bilan ifodalangan kesim: Motor gurullab, mashina oldinga intildi.
S) Sifatdosh bilan ifodalangan kesim: It xurar – karvon o’tar.
Fe’ldan boshqa so’z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, ravish, taqlid so’z, harakat nomi) bilan ifodalangan kesim ot kesimdir:
A) Yaxshi ro’zg’or – jannat, yomon ro’zg’or – do’zax.
B) Usti yaltiroq, ichi qaltiroq.
S) Birniki – mingga, mingniki – tumanga.
D) Maqsadim – shu.
E) Sizdan umidim ko’p.
Yo) Mening g’am ulug’ niyatlarim bor.
Korxona ilg’orlariga mukofotlar topshirildi. 2. Sport zalida bolalar badantarbiya bilan shug’ullanadilar. 3. O’tkazilgan sayr sizda qanday taassurot qoldirdi? 4. Sinfingizda kimlar o’qish va intizomda boshqa o’quvchilarga namuna bo’lmoqda? 5. Bolalar, gullarni parvarish qilib tkring. 6. O’quvchilar uzrsiz dars qoldirmang.
Biz gap yordamida biror narsa haqida xabar beramiz, so’raymiz, iltimos qilamiz, buyuramiz, o’zimizning fikrimizni, tuyg’umizni, istagimizni boshqalarga bildiramiz.
Gap tugallangan fikr, mazmun bildiradi, anglatgan mazmuniga mos ohang bilan o’qiladi (aytiladi).
Gapda so’zlar bir-biri bilan grammatik bog’lanadi. Gapning asosini bosh bo’laklar – ega va kesim tashkil qiladi.
Berilgan so’zlarni bir-biri bilan bog’lab gap tuzing:


  1. Download 63.98 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling