Reja: gatda axborotlar va ma’lumotlar


Download 133.98 Kb.
bet13/13
Sana18.06.2023
Hajmi133.98 Kb.
#1585086
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Geografik axborot tizimlaridan foydalanish orqali baxolash

Ikkilamchi manbalar - bu navbatdagi bosqichda raqamli shaklga o„tkazilishi talab qilinuvchi, oddiy va raqamli shakldagi axborotlar tizimi hisoblanadi. Bu manbalarga aerofoto-tavsirlar, rangli rastr formatidagi ma‟lumotlar, vektorizatsiyalash jarayonida talab qilinuvchi - skanerlangan turli xil xaritalarni kiritish mumkin. Shunday qilib, GATdan foydalanish uchun, asosiy (birlamchi) geografik axborotlar manbalari bevosita o„lchash yo„li bilan olinadi. Yordamchi (ikkilamchi) ma‟lumotlar manbalari oldin amalga oshiriluvchi tadqiqotlar yoki tizimlar yordamida qayta ishlanadi.
7. Raqamli fotogrammertiyadan axborotlarning olinishi


F otogrammetriya - bu turli xil ob‟ektlarning ularning fotografik tavsirlari bo„yicha shakli, o„lchamlari, makonda (fazoda) joylashish holati va vaqt davomidagi o„zgarish darajasini aniqlash uslublarini o„rganuvchi fan sohasi hisoblanadi.
Fotogrammetriya ob‟ektning makonda joylashish koordinatalarini unga tegish amalga oshirilmagan sharoitda aniqlash vositasi hisoblanadi. Fotogrammetriya asosini makonning turli xil nuqtalaridan olingan ob‟ektning ikkita tasviri - ya‟ni, stero-juftliklar bo„yicha modelini qayta tiklash imkoniyatlari tashkil qiladi.
H alqaro fotogrammetriya va masofadan turib zondlash jamiyati (ISPRS) tomonidan amalga oshirilgan zamonaviy ta‟riflashga ko„ra, «fotogrammetriya va masofadan turib zondlash - bu bevosita tegish amalga oshirilmagan holatda tasvirga olish vositalari va boshqa turdagi sezgir moslamalar (datchik) yordamida va qayd qilish, o„lchash, tahlil qilish va aks ettirish asosida, Er haqida va uni o„rab turgan muhit haqida, shuningdek boshqa fizik ob‟ektlar haqida ishonchli axborotlarni olishni nazarda tutuvchi - sa‟nat, fan va texnologiya hisoblanadi».
Fotogrammetriya va masofadan turib zondlashdan nisbatan aerotopografiya sohasida, topografik va kadastr xaritalarini tuzib chiqish va yangilashda, Shuningdek gaoaxborot tizimlarini yaratishda foydalaniladi.

Fotogrammetriya fotografiya kashf qilinganidan 13 yildan keyin shakllangan. 1852-yilda Fransiyalik injener Emme Lossed tomonidan joyning rejasini tuzib chiqish uchun Parij hududining dastlabki tasviri olingan. Bu tasvir havo shari yordamida olingan. Keyinchalik, stereokomparator ishlab chiqilgan bo„lib, bu qurilma ma‟lum bir bazada (ma‟lum bir masofadan turib) olingan ikkita tavsirni o„zaro steroskopik tavsifda qoplanishini qarab chiqish imkonini beradi. Bu baza - fotografiya bazisi deb nomlanadi, o„zaro bir-birini qoplovchi tasvirlar esa - tasvirlar sterojuftligi deb nomlanadi. Kuzatuvchi tomonidan chap va o„ng ko„z bilan alohida qarab chiqishda, tasvir qo„shilgan shaklda, bitta yagona ko„rish tasviri tavsifida xosil qilinadi. Shu sababli, stereokomparator kashf qilinganidan keyin, yuqori darajada aniqlikda tasvirlar nuqtalari koordinatalari va parallakslarini o„lchash imkoni yuzaga kelgan. Agar, stero-ko„rish sharoitida tasvirlarning ko„rinish maydoniga o„lchash markalari kiritilsa, u holda uning yordamida chap tasvirning nuqtalari koordinatalari va o„zaro o„xshash nuqtalar bo„yicha gorizontal parallakslarini (o„lchanuvchi abssissalarning o„zaro farqi) va vertikal parallakslarni (o„lchanuvchi ordinatalar farqi) o„lchashni amalga oshirish mumkin.
Har ikkala tasvirni kuzatish davomida ularning siljishi va qo„shilib ketishi, bitta tasvir xosil qilishi qayd qilinadi. Haqiqiy mavjud makonda proeksiya nurlarining o„zaro kesishishi va tasvirlarning bu ko„rinishda qo„shilib ketishi nuqtalarning makonda joylashish koordinatalarini hisoblab chiqish imkonini beradi. Agar, tasvirlarni tasvirga olish vaqtidagi kabi holatda joylashtirilsa, ya‟ni o„zaro muvofiqlikdagi va tashki mo„ljal olish jarayoni bajarilishi ta‟minlansa, u holda stereoskopik model xosil qilinishi mumkin. O„zaro muvofiqlikdagi mo„ljal olish tavsifiga ega bo„lgan tasvirga olish - bu tasvirlarning bir-biriga nisbatan joylashishi burchagi va foto-tasvirga olish asosiga (bazis) aniqlik kiritish mumkin bo„lgan jarayon hisoblanadi. Natijada tasvirlarning bir xil nomlanuvchi nuqtalari uchun asos tekislikni o„tkazish mumkin, bu tekislikda o„zaro kesishuvchi loyihalashtiriluvchi nurlar joylashadi. Tashqi mo„ljal olingan tasvirga olish - bu tasvirlarning tayanch nuqtalari koordinatalari va tasvir koordinatalari berilgan makonga oid koordinatalar tizimida makon bo„ylab tasvirlarning joylashish burchak qiymatini va chiziqli qiymatlarini aniqlash imkonini beruvchi jarayon hisoblanadi.
Hal qilinishi belgilangan vazifalarga bog„liq holatda, makonga oid (fazoviy) tizim koordinatalarining boshlanishi va koordinata o„qlarining yo„nalishi belgilangan vazifalar va qayta ishlash qulayliklaridan kelib chiqib, tanlab olinadi. Makonda tasvirlarning joylashish holati tashqi mo„ljal olish elementlari orqali aniqlanadi. Tashqi mo„ljal olishning chiziqli va burchak tavsifiga ega elementlarini o„zaro farqlash qabul qilingan. Tashqi mo„ljal olish elementlariga tasvirga olish kamerasining (yoki ushu kamera yordamida joriy vaqt lahzsida olingan tasvir) joylashish markaziy holati ham kiritiladi. Makonga oid koordinatalar tizimida har bir joylashtirish markazi uchta makonga oid koordinatalar orqali aniqlanadi, tasvirga olish tizimining makonga oid joylashish burchak qiymati esa - uchta ketma-ketlikda amalga oshiriluvchi burilishlar asosida aniqlanadi. Fotogrammetriyada masalalarning tahliliy echimida ketma-ketlikda amalga oshiriluvchi burilishlar alohida ahamiyatga ega rol o„ynamaydi, bu qiymatlar belgilangan an‟analar yoki ularni aniqlash qulayligidan kelib chiqib tanlanadi. Tasvirga olish kamerasining joylashtirilishi (loyihalashtirilishi) markazi va tasvirga olinayotgan ob‟ektning joylashish nuqtasi orqali o„tuvchi nurlar - loyihalashtirish nurlari deb nomlanadi. Tasvirni xosil qiluvchi loyihalashtiruvchi nurlarning yig„indisi - nurlar tutami deb nomlanadi. Loyihalashtirish markazi orqali tasvir tekisligiga perpendikulyar holatda o„tuvchi nur - asosiy nur deb nomlanadi. Odatda, asosiy nurlar tutami tasvirga olish kamerasining asosiy optik o„qiga mos tushadi.
Har bir tasvir tashqi mo„ljal olish elementlaridan tashqari, ichki mo„ljal olish elementlari (tarkibiy qismlari) bilan ham tavsiflanadi. Asosiy nurning tasvir tekisligi bilan kesishish nuqtasi - tasvirning asosiy nuqtasi deb nomlanadi. Loyihalashtirish markazidan tasvir tekisligigacha bo„lgan oraliq masofa - fotogrammetrik fokus masofa (ff) deb nomlanadi. Loyihalashtirish nurlarining qabul qilingan loyihalashtirish modeli qiymatidan chetga og„ishi - tizimli tavsifga ega xatolik deb nomlanadi.

7.2.-rasm. WILD C2 firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan aerofotokamera (1927-yil)
imkoniyatlarga ega fan sohasi hisoblanadi.
Download 133.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling