Reja: gatda axborotlar va ma’lumotlar
Qoraqarag’ay 7
Download 133.98 Kb.
|
Geografik axborot tizimlaridan foydalanish orqali baxolash
Nuqtali Ob‟ektlar Chiziqli Ob‟ektlar Maydonli Ob‟ektlar 1.3-rasm. Atributlar bo„yicha ob‟ektlarning tasniflanishi (klassifikatsiyasi) Makonga oid va atribut ma‟lumotlarning tabiati turli xilda bo„lib, mos ravishda, geoaxborot tizimlarining ushbu ikkala tarkibiy qismlari ustida ishlash (saqlash, kiritish, tahrirlash, qidirish va tahlil qilish) uslublari ham o„zaro farqlanadi. An‟anaviy GAT tarkibiga tadbiq etilgan asosiy g„oyalardan biri - bu ushbu ma‟lumotlarning alohida saqlanishi va Shuningdek, qisman alohida holatda qayta ishlanishi sharoitida, makonga oid va atribut ma‟lumotlar o„rtasidagi o„zaro aloqadorlikni saqlash bilan bog„liq hisoblanadi. GAT tarkibida bir jinsli tavsifga ega bo„lgan semantik (atribut) ma‟lumotlar o„z navbatida, ma’lumotlar qavatini (bu tushuncha boshqacha atama bilan - overley, ya‟ni over lay, qoplama, mavzu shaklida ham ifodalanadi) shakllantiradi. «Over lay» so„zidan kelib chiqib, GAT overley tavsifidagi yoki qavatlarga ega bo„lgan ma‟lumotlardan tashkil topgan strukturadan iboratligi haqida fikr bildiriladi. Biz qavatlarni va ularning ketma-ketliklarini (yuqorida va quyida joylashgan) kombinatsiyalash orqali, turli xil mavzularga oid xaritalarni olishimiz mumkin. Xaritalarning ko„p sondagi qavatlardan tuzilganligi kartografik axborotlarni tahlil qilish jarayonini soddalashtiradi, mavzularga oid yoki makonga oid tanlamalarni amalga oshirish, tahlillarni bajarishni qulaylashtiradi. Ob‟ektlar haqidagi «quruq» ma‟lumotlarni aks ettiruvchi qavatlarni tahlil qilish natijasida belgilangan tadqiqot vazifalariga muvofiqlikda yangi qavatlar tuzib chiqiladi. Qavatlarni o„zgaruvchan tavsifda boshqarish mexanizmi mavjud sharoitda, ko„p qavatli elektron xaritalarni tashkil qilish odatdagi xarita bilan solishtirilganda, nisbatan sezilarli darajada ko„p miqdordagi axborotlarni birlashtirish va aks ettirish imkonini beradi. Makon bo„ylab joylashish haqidagi ma‟lumotlar (geografik ma‟lumotlar) va ular bilan bog„liq bo„lgan jadval shaklidagi ma‟lumotlar foydalanuvchining o„zi tomonidan tayyorlanishi yoki oldindan tayyorlangan shaklda foydalanilishi mumkin. Bilimlarning ushbu nuqtai nazardan ifodalanishini axborotlarning izohlanishi va sharhlanishi natijasi sifatida qarab chiqish mumkin. Nisbatan umumiy ta‟riflashga ko„ra, bilim - bu amaliyotda o„z tasdig„ini topgan, haqiqiy mavjud borliqni bilish natijasi hisoblanadi. Ilmiy bilim o„zining tizimliligi, asoslanganligi va yuqori darajada tashkillanganligi bilan farqlanadi. Axborot tizimlarini bilimlarni olishning samarali quroli sifatida qarab chiqish mumkin. 2. GATda ma’lumotlarni yig’ish uslublariShuningdek, GATning boshqa ta‟riflari ham keltirilgan. Ushbu ta‟riflar Marbl va Pyuke tomonidan GATni tavsiflashda standart sifatida qayd qilingan bo„lib [Marble and Peuquet, 1983], ayrim boshqa tadqiqotchilar tomonidan GAT yordamida biz nima qila olishimiz mumkinligi va bu ishlarni qanday amalga oshirishimiz mumkinligi haqida umumiy ma‟lumotlar shaklidagi xususiy ta‟riflar ham keltirilgan [Parker 1988; Ozemoy et al., 1981; Burrough, 1986]. Bu ta‟riflar GATning vaqt va makonga oid axborotlar ustida ish olib borishi va bu jarayonlarda ko„pincha holatlarda, biroq shart bo„lmagan tarzda kompyuterlardan foydalanish kuzatilishi qayd qilinadi. Biroq, ushbu keltirilgan ta‟riflar GATning o„z ichiga qamrab oluvchi doirasini oson tushinishni belgilab beruvchi, kenja tizimlar g„oyalarini tavsiflashda foydalanilishi nisbatan muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ushbu ta‟riflarga binoan, GAT quyidagi kenja tizimlarga ega hisoblanadi: Download 133.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling