Reja: gatda axborotlar va ma’lumotlar


Download 133.98 Kb.
bet1/13
Sana18.06.2023
Hajmi133.98 Kb.
#1585086
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Geografik axborot tizimlaridan foydalanish orqali baxolash


Geografik axborot tizimlaridan foydalanish orqali baxolash
Reja:


1. GATda axborotlar va ma’lumotlar
2. GATda ma’lumotlarni yig’ish uslublari

3. GATda ma’lumotlarni yig’ish bosqichi
4. GATda ma’lumotlarni olishning asosiy turlari
5. Rastr va vektor ma’lumotlar uslublari
6. Yordamchi va ikkilamchi geografik ma’lumotlar
7. Raqamli fotogrammertiyadan axborotlarning olinishi

1. GATda axborotlar va ma’lumotlar

Ma‟lum bir aniq turdagi ma‟lumotlardan kelib chiqib, GAT tarkibini tashkil qiluvchi qismlar (komponentlar) quyidagilardan tashkil topadi:

  • Dasturiy ta‟minot;

  • Qurilmaga oid ta‟minot;

  • Mutaxassis xodim;

  • Uslubiy qurilmalar.

Dasturiy ta’minot tarkibi geografik (makon bo„ylab joylashgan) axborotlarni saqlash, tahlil qilish va ko„rish uchun talab qilinuvchi funksiyalar va qurollardan tashkil topgan. Dasturiy maxsulotlarning asosiy kalit sifatidagi tarkibiy qismlari - geografik axborotlarni kiritish va ular ustida ish bajarish uchun talab qilinuvchi qurollar; ma‟lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT yoki DBMS); makonga oid so„rovlarni ta‟minlash, tahlil qilish va ko„rish (aks ettirish) qurollari; qurollardan foydalanishni osonlashtirish imkonini beruvchi grafik interfeys (FGI yoki GUI) kabilardan tashkil topadi.
Qurilmaga oid ta’minot - bu GAT yuklangan kompyuterdan tashkil topgan. Hozirgi vaqtda GAT markazlashtirilgan serverlardan tortib, alohida yoki o„zaro tarmoq orqali bog„langan stol kompyuterlarigacha turli xil tipdagi kompyuter platformalarida ishlay oladi.
Mutaxassis xodim. Dasturiy maxsulotlar bilan ishlay oluvchi va haqiqiy mavjud masalalarni hal qilishda ushbu dasturlardan foydalanish rejalarini ishlab chiqa oladigan mutaxassislarsiz GAT texnologiyalaridan keng ko„lamda foydalanishni amalga oshirish mumkin emas. GAT foydalanuvchilari tizimni ishlab chiquvchi va ta‟minotini amalga oshiruvchi texnik mutaxassislar, Shuningdek har kunlik, joriy masalalar va ishlarni hal qilishda GAT yordamidan foydalanuvchi - oddiy, ishchi xodimlardan (yakuniy halqani tashkil qiluvchi foydalanuvchilar) tashkil topgan bo„lishi mumkin.

Download 133.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling