Reja: gatda axborotlar va ma’lumotlar
Download 133.98 Kb.
|
Geografik axborot tizimlaridan foydalanish orqali baxolash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geografik axborotlar tizimi
- M a’lumotlar
Uslubiy qurilmalar. GATdan foydalanish samaradorligi (jumladan, iqtisodiy samaradorlik) va muvafaqqiyati ko„p jihatdan belgilangan vazifalar va har bir tashkilotning o„ziga xos ish faoliyatiga muvofiqlikda tuzib chiqiluvchi ish rejalari va ishlash qoidalarining to„g„riligiga bog„liq hisoblanadi.
O„z navbatida, GAT strukturasi o„z tarkibiga quyidagi to„rtta zaruriy kenja tizimlarni qamrab oladi: Xaritalar, masofadan turib zondlash materiallari va boshqa manbalar asosida olingan, makonga oid ma‟lumotlarni kiritish yoki qayta ishlashni ta‟minlovchi ma‟lumotlarni kiritish tizimi; 1.1-rasm. GATning tarkibiy qismlari (komponentlari) Tegishli tahlilni amalga oshirish, faollashtirish va tegishli tuzatishlarni kiritish uchun ma‟lumotlarni tezkor tavsifda olish imkonini beruvchi - saqlash va qidirish tizimlari; Ko„rsatkichlarni baholash, hisoblash-tahliliy vazifalarni hal qilish imkonini beruvchi qayta ishlash va tahlil tizimlari; Turli xil ko„rinishdagi (xaritalar, jadvallar, tasvirlar, diagramma-bloklar, joyning raqamli modellari va boshqalar) ma‟lumotlarni taqdim etish (berish) tizimlari. Har bir tarkibiy qismni nisbatan batafsil holatda qarab chiqamiz. Ushbu o„rinda GAT ta‟rifini esga olamiz: Geografik axborotlar tizimi (GAT) - bu makon bo„yicha ma‟lumotlar va ular bilan bilvosita bog„liqlikka ega bo„lgan, Shuningdek ushbu ma‟lumotlar asosida olingan, geografik makon haqidagi bilimlar va ma‟lumotlarni yig„ish, saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish va aks ettirishni ta‟minlovchi axborotlar va bilimlar tizimi hisoblanadi. Eng avvalo, GAT ta‟rifida foydalanilgan, asosiy kategoriyaga tegishli bo„lgan ma‟lumotlar, axborotlar va bilimlarga e‟tibor qaratamiz. M a’lumotlar tushunchasi orqali ob‟ektlar haqidagi yoki ushbu ob‟ektlarni o„lchash natijalari haqidagi dalillar yig„indisi tushuniladi. GAT tarkibida foydalaniluvchi ma‟lumotlar yuqori darajada rasmiylashtirilish tavsifiga egaligi bilan farqlanadi. Ma‟lumotlar - bu axborotlarni tuzib chiqish jarayonida foydalaniluvchi qurilish elementi sifatida o„rin tutadi va ma‟lumotlarni qayta ishlash jarayonida xosil qilinadi. Ma‟lumotlarning quyidagi tiplari ajratib ko„rsatiladi: Raqamli ma‟lumotlar - sonlar; Mantiqiy ma‟lumotlar - «ha»-«yo’q»; Matn shaklidagi ma‟lumotlar - ihtiyoriy matn yoki berilgan atamalar to„plami (masalan, lug„at) asosida tuzib chiqilgan matn. Download 133.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling