Reja: gatda axborotlar va ma’lumotlar


Ma’lumotlarni yig’ish kenja tizimi


Download 133.98 Kb.
bet6/13
Sana18.06.2023
Hajmi133.98 Kb.
#1585086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Geografik axborot tizimlaridan foydalanish orqali baxolash

Ma’lumotlarni yig’ish kenja tizimi turli xil manbalardan ma‟lumotlarni yig„ish va boshlang„ich qayta ishlashni amalga oshirishni ta‟minlaydi. Shuningdek, bu kenja tizim asosan, turli xil tipdagi makonga oid ma‟lumotlarni qayta o„zgartirish uchun ham javobgar hisoblanadi (masalan, topografik xarita izochiziqlarining GAT relef modeliga qayta o„zgartirilishi).

  • Ma’lumotlarni saqlash va tanlash kenja tizimi ma‟lumotlarni tanlash, yangilash va tahrirlash maqsadida, makonga oid ma‟lumotlarni tashkillashtirishni ta‟minlaydi.

  • Manipulyasiyalash (boshqarish-o„zgartirish) kenja tizimi tarkibi ushbu ma‟lumotlar asosida turli xil vazifalarni bajarish imkonini beruvchi ma‟lumotlar va tahlillardan tashkil topgan bo„lib, bu tizim ma‟lumotlarning guruhlanishi, ajratilishini amalga oshiradi, Shuningdek ma‟lumotlarning ko„rsatkichlarini va cheklanishlarini o„rnatadi va modellashtiruvchi funksiyani bajarishni ta‟minlaydi.

  • Chiqarish kenja tizimi barcha ma‟lumotlar bazasini yoki uning bir qismini jadval, diagramma yoki kartografik shaklda aks ettirishni ta‟minlaydi.


    2.1.-rasm. GATning kenja tizimlari.
    3. GATda ma’lumotlarni yig’ish bosqichi

    Axborotlarni yig„ish bosqichi o„z tarkibiga quyidagi ko„rinishda bir nechta kenja bosqichlarni qamrab oladi:

    • Jarayonning birinchi bosqichi o„z tarkibiga - rejalashtirish, tayyorgarlik, raqamli shaklga o„tkazish yoki uzatish (raqamli shaklga o„tkazish, barcha nashr qilish natijalari, skanerlash, fotogrammetriya), tahrirlash, sifatni yaxshilash va ma‟lumotlarning to„liq holatda baholanishini o„z ichiga qamrab oladi;

    • Ushbu bosqichda ishlarning rejalashtirilishi juda muhim rol o„ynaydi, ya‟ni bu bosqichda foydalanuvchi dasturiy ta‟minotni tanlab olishga qo„yiluvchi talablarga aniqlik kiritadi va amalga oshirilishi kerak bo„lgan ishlarning ishchi dasturini tuzib chiqadi;

    • Tayyorgarlik bosqichi o„z tarkibiga ma‟lumotlarni yig„ish, birlamchi manbalardan olingan ma‟lumotlarni qayta ishlash, skanerlangan tasvirlarni tahrirlash kabilarni qamrab oladi. Bundan tashqari, olingan axborotlar asosida,

    GAT texnologiyasi ta‟minotida kerakli bo„lgan kompyuter dasturlarini tanlab olish ham amalga oshiriladi;

    • Ma‟lumotlarni raqamli shaklga o„tkazish va uzatish tizimi - eng qiyin amalga oshiriluvchi jarayonlardan biri hisoblanadi. Ushbu bosqichdan keyin olingan ma‟lumotlarning sifatini yaxshilash maqsadida tahrirlash ishlari amalga oshiriladi. Bu bosqichda yuqori darajadagi sifatga erishish uchun, yo„l qo„yilgan xatoliklarni bartaraf qilish mumkin.


    3.1.-rasm. GATda ma‟lumotlarni yig„ishning asosiy bosqichlari
    4. GATda ma’lumotlarni olishning asosiy turlari

    Asosiy geografik ma‟lumotlarni olish bevosita to„g„ridan-to„g„ri o„lchash yo„li bilan amalga oshiriladi. Raqamli ma‟lumotlarni o„lchash birligini bevosita GAT tarkibiga kiritish mumkin. Ma‟lumotlarni kiritishning ko„plab usullari mavjud hisoblanadi. Ushbu usullardan ayrimlari juda sodda tuzilishga ega bo„lib, jumladan xarita ustiga shaffof to„rni joylashtirishdan tashkil topgan bo„lishi mumkin. Ayrimlari esa - nisbatan zamonaviy tavsifga ega, masalan - bu maqsadda raqamli kiritish qurilmalari hisoblangan - digitayzer va skanerlardan foydalaniladi. Ma‟lumotlar strukturasi, modellar va tizimlardan qanday foydalanishga qaramasdan, oldin kompyuterda biz kirituvchi haqiqiy mavjudlik qanday shaklda qayta o„zgartirilishi haqida tasavuvurga ega bo„lishimiz talab qilinadi. Bu jarayon amalga oshiriluvchi uslublar ma‟lum darajada mavjud qurilmalar va ma‟lum bir aniq tizimlarga bog„liq hisoblanadi.

    Download 133.98 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling