Reja: Gaz turbina qurilmasi


Yoqilg’i o’zgarmas hajmda yonadigan GTQ va uning sikli


Download 194.5 Kb.
bet3/3
Sana04.11.2023
Hajmi194.5 Kb.
#1747522
1   2   3
Bog'liq
Gaz trubinali qurilma

Yoqilg’i o’zgarmas hajmda yonadigan GTQ va uning sikli
17.4-rasmda yoqilg’i =const da yonadigan GTQ tasvirlangan. Turbina 1 bilan bitta valga o’tkazilgan kompressor 2 atmosfera havosini kerakli bosimgacha siqadi. Yonish kamerasi 4 ga havo bi­lan bir yo’la gazsimon yoki suyuq yoqilg’i kompressor 3 yoki yoqilg’i nasosi yordamida beriladi. Bahzan yonish kamerasiga alohida kela­digan yoqilg’i va havo o’rniga oldindan karbyuratorda tayyorlangan yonuvchi aralashma beriladi. Klapanlar yopiq bo’lganda yonish kamera­sida yoqilg’i odatda elektrik svecha 8 dan yondiriladi. Yoqilg’i yonishi o’zgarmas hajmda sodir bo’ladi. Yoqilg’ining yonishi tugagandan so’ng, chiqarish klapani ochiladi va yonish mahsulotlari turbinaning soplolari 5 ga kirib, atmosfera bosimigacha adiabatik kengaya­di. Soplodan oqib chiqayotgan gazlar turbina kuraklari 6 ga kela­di, tegishlicha ish bajaradi va turbinaning chiqish patrubogi 7 orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. qurilmaning foydali ishini energiya istehmolchisi 9 qabul qiladi.
17.5 va 17.6-rasmlarda R, va TS -diagrammalarda GTQning V= const da issiqlik berilishi bilan boradigan ideal sikllari tasvirlangan.
Boshlang’ich parametrlari R1, , T1 bo’lgan ishchi jism 1-2 adiabata bo’yicha nuqta 2 gacha siqiladi. Keyin 2-3 izohora bo’yicha ishchi jismga q1 - solishtirma issiqlik miqdori beriladi. Ishchi jism 3-4 adiabata bo’yicha boshlang’ich bosimgacha kengayadi va 4-1 izobara bo’yicha q2 - solishtirma issiqlik miqdori olinib boshlang’ich holatiga qaytadi.
Sikl uchun quyidagi o’lchamsiz parametrlar o’rinli:
Kompressorda bosim ortishi darajasi: ;
Qo’shimcha bosim ortishi darajasi: ;



17.4-rasm .
Ishchi jismga beriladigan solishtirma issiqlik miqdori:

Ishchi jismdan soviq manbaga olinadigan issiqlik miqdori:
(b)
Siklning termik f.i.k.

T2 , T3 va T4 - temperaturalarni ishchi jism boshlang’ich temperaturasi
T1 orqali ifodalab, quyidagiga ega bo’lamiz:

O’zgarmas hajmda issiqlik beriladigan GTQ termik f.i.k. qiymati va K qiymatlariga to’g’ri proportsional.
TS- diagrammada o’zgarmas hajmda issiqlik berilishi bilan bo­radigan GTQ sikli f.i.k. 17.6-rasmda beriladigan va olinadigan solishtirma issiqlik miqdorlari yuzasi farqiga ko’ra aniqlanadi:
(yuza 5236 -yuza 5146) /yuza 5236 = yuza 1234/yuza 5236. (17. 3)
Termik f.i.k. jihatidan biroz avfzalligiga qaramasdan yoqilg’i V= const da yonadigan gaz turbinali qurilmalar yoqilg’i R=const da yonadigan gaz turbinali qurilmalarga nisbatan kam qo’llaniladi. CHunki bu qurilmada termik f.i.k. katta bo’lishiga qaramas­dan, uning absolyut samarali f.i.k. yoqilg’i R=const da yonadigan gaz turbina qurilmasining absolyut samarali f.i.k.ga nisba­tan kichik. Bunga sabab turbinaga beriladigan yoqilg’i parametrla­rining vaqt ichida o’zgaruvchan bo’lishidir. Bundan tashqari, kons­truktiv jihatdan, V=const bo’lganda, ichki yonuv turbinasi yoqilg’i R=const da yonadigan turbinaga nisbatan murakkabroq bo’ladi.
GTQ iqtisodiy samaradorligini oshirishning asosiy usullari issiqlikni regeneratsiya qilish, ishchi jismni bosqichli siqish, kengaytirish va boshqalar. Ushbu usullar maxsus kurslarda keng yori­tilgan.
P
q1 T
2 3 3


P2 4


2

1 4 1
P1 q2 S
17.5 - rasm. 17.6 - rasm.
Foydalaniladigan darsliklar ro‘yxati:


1. Zoxidov R.A., Avеzov R.R., Vardiyashvili A.B., Alimova M.M. «Issiqlik tеxnikasining nazariy asoslari» o‘q. qo‘l., 1 qism, TDTU, 2005
2. Цветков Ф.Ф., Б.А.Григорев «Тепломассообмен», МЭИ, 2001
3. Zoxidov R.A., Alimova M.M., Mavjudova SX.S. Tеxnik tеrmodinamika va issiqlik uzatilishi fanidan masalalar to‘plami, TDTU, Toshkеnt, 2006
4. Кудинов В.А., Э.М.Карташов. Техническая термодинамика. -М.: Высшая школа. 2005
Download 194.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling