Reja: Gaz turbina qurilmasi
Download 194.5 Kb.
|
Gaz trubinali qurilma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tushunchalar
Gaz turbinali qurilma Reja: Gaz turbina qurilmasi. Yoqilg’i o’zgarmas bosimda yonadigan GTQ va uning sikli Gaz turbina qurilmasi. P=const, V=const dagi gaz turbina qurilmalarining sikllari. Bu qurilmalarning F.I.K. va uning oshirish yo‘llari. Bug’ turbina qurilmalarining sikllari. Asosiy tushunchalar Porshenli ichki yonuv dvigatellarining asosiy kamchiligi katta quvvatni bitta agregatda to’plash va ishchi jismni atmosfera bosimigacha adiabatik kengaytirish imkoniyatining bo’lmasligidir. Suyuq yoki gazsimon yoqilg’ining yonish mahsulotlari ishchi jism bo’lgan gaz turbina qurilmalarida bunday kamchiliklar bo’lmaydi. Yuqori bosim va temperaturali ishchi jism yonish kamerasidan soploga yo’naltiriladi. Unda kengayib, katta tezlikda gaz turbinasi kuraklariga kiradi va uning kinetik energiyasidan mexanik ish olinadi. GTQ porshenli dvigatellardan bir muncha avfzalliklarga ega. Ular nisbatan kam massali, kichik o’lchamli, sovitish suyuqligi va moy sarfi kamligi uchun xalq xo’jaligining turli sohalarida keng qo’llanilishi mumkin. Hozirgi vaqtda gaz turbinalari aviatsiya, kemasozlik, temir yo’l transportida ishlatiladi va asta-sekin energetikaga joriy etilmokda. Gaz turbinalarini yirik energetik qurilmalarda chekli qo’llanilishiga asosiy sabab shuki, zamonaviy konstruktsion materiallarning issiqlikka bardoshligi yetarli bo’lmaganligidan turbina porshenli tipdagi ichki yonuv dvigatellariga qaraganda ancha past temperaturalar sohasida yaxshi ishlay oladi, bu esa qurilmaning termik f.i.k. qiymatining pasayishiga olib keladi. Mustaxkam va issiqqa chidamli yangi materiallar yaratishdagi bundan keyingi yutuklar gaz turbinani ancha yuqori temperaturalar sohasida ishlashiga imkon beradi. Umuman GTQ istiqbolli dvigateldir va uning qo’llanilishi energetikani rivojlanishiga katta hissa qo’shadi. Gaz turbinalari ikkita asosiy turga bo’linadi: yoqilg’i P=const da yonadigan GTQ , yoqilg’i =const da yonadigan GTQ. Download 194.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling