Reja: Gaz turbina qurilmasi
Yoqilg’i o’zgarmas bosimda yonadigan GTQ va uning sikli
Download 194.5 Kb.
|
Gaz trubinali qurilma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17.1 - rasm.
- 17.2 - rasm. 17.3 -rasm .
Yoqilg’i o’zgarmas bosimda yonadigan GTQ va uning sikli
17.1-rasmda yoqilg’i P = const da yonadigan GTQ sxemasi tasvirlangan. Umumiy valda gaz turbinasi - I, kompressor-2, yonilg’i nasosi- 3 va energiya istehmolchisi - 4 o’rnatilgan. Kompressor atmosfera havosini so’radi, uni kerakli bosimgacha siqadi va yonish kamerasi -5 ga yuboradi. SHu kameraga yonilg’i nasosi vositasida bak-9 dan yoqilg’i beriladi yoqilg’i gazsimon bo’lsa, nasos o’rniga gazaviy kompressor ishlatiladi. Yoqilg’i yonish kamerasida 1 da yonadi. Yonish mahsulotlari gaz turbina soplolari-6 da kengayib, turbina kuraklari-7 ga kiradi, u yerda ish bajaradi va so’ngra chiqarish patrubogi-8 orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Ish bajargan gazlar bosimi atmosfera bosimidan bir oz yuqori bo’ladi. 17.1 - rasm. 17.2 - va 17.3 - rasmlarda va P- va TS- diagrammalarda GTQ ning P=const da issiqlik berilishi bilan boradigan ideal sikllari tasvirlangan. Bu siklda ishchi jismdan issiqlik olinishi o’zgarmas bosimda amalga oshadi. P T 3 3
2 P3 2 4 P2 1 4 1 q2 S 17.2 - rasm. 17.3 -rasm . P1 , V1 , T1 boshlang’ich parametrli ishchi jism kompressorda 1-2 adiabata bo’yicha siqiladi (izotermik yoki politropik bo’lishi mumkin). 2-3 izobara bo’yicha ishchi jismga q1 issiqlik beriladi(bu protsess yoqilg’ining yonish kamerasida yonishiga mos keladi). So’ngra ishchi jism turbinaning soplo apparatida 3-4 adiabata bo’yicha kengayadi va ishni turbina g’ildiraklariga beradi. 4-1 izobarik protsess ish bajargan gazlarning turbinadan chiqishi, bunda q2 - issiqlik olinadi. Sikl uchun quyidagi o’lchamsiz parametrlar o’rinli: kompressorda bosim ortishi darajasi: ; izobarik kengayish darajasi: Ishchi jismga beriladigan solishtirma issiqlik miqdori: Ishchi jismdan soviq manbaga olinadigan solishtirma issiqlik miqdori: Siklning termik F. I. K. T2 , T3 va T4 - temperaturalarni ishchi jism boshlang’ich temperaturasi T1 orqali ifodalab, quyidagiga ega bo’lamiz: O’zgarmas bosimda issiqlik beriladigan GTQ termik f.i.k. qiymati bosim ortishi darajasi va adiabata ko’rsatkichi K ga to’g’ri proportsional. Gaz trubinasidan chiqayotgan ishlatilgan gazni yonish kamerasiga kirayotgan havoni qizdiruvchi issiqlik almashinuv apparatiga yoki issiq suv, bug’ olish uchun yuborish maqsadga muvofiq bo’ladi. Download 194.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling