Reja: Geografik qobiqning ko’ndalang tabaqalanishining asosiy omillari


Geografiya fanining o’rta asrlarda rivojlanishi. Mazkur davrda geografiya


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana22.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1382385
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Geografik qobiqning gorizontal tuzilishi

 
Geografiya fanining o’rta asrlarda rivojlanishi. Mazkur davrda geografiya 
fanining SHarq mamlkatlarida rivojlanishi (Xorazmiy, Farg’oniy, Beruniy, Ibn 
Sino, Bobur va boshqalar). 
 
Mazkur bosqichda geografiya fani asosan SHarq mamlakatlarida rivojlandi. 
VIII-IX asrlarda Axmad Al-Farg’oniy astrolabiya asbobini yaratdi
astronomiya, gidrologiya va geodeziya sohasida muhim ilmiy ishlar olib bordi. 
Muhammad ibn Muso al Xorazmiy geografiya faniga ulkan hissa qo’shgan 
olimdir. U IX asrda «Surat-al-arz» nomli kitob yozgan. Mazkur kitobda Al-
Xorazmiy o’sha paytda ma’lum boigan shaharlarni geografik koordinatalarini 
keltirgan. U O’rta Osiyo geografiyasining asoschisi hisoblanadi. 
Abu Rayhon al-Beruniy jahonda birinchi bo’lib globusni yasadi, Dunyo xaritasini 
tuzdi. Geodeziya fanini rivojlanishiga ulkan hissa qo’shdi. U Yer shari meridian 
yoyining uzunligini aniqladi, 1° yoyning uzunligi 111,1 km.ga teng ekanligini 


kuzatishlar asosida hisoblab chiqdi. «Hindiston», «Mineralogiya», Abu Ali ibn Sino 
relьefni vujudga kelishida ichki va tashqi kuchlarni o’mi va ahamiyatini ochib berdi. 
Uning fikricha Yer yuzasi relьefi ichki va tashqi kuchlar ta’sirida shakllanib va 
o’zgarib turadi. 
Zahiriddin Muhammad Bobur o’zining «Boburnoma» asari bilan regional 
geografiyani rivojlanishiga juda katta hissa qo’shdi. «Boburnoma»da keltirilgan 
ma’lumotlar asosida o’rta va Janubiy Osiyo davlatlarining o’rta asrlardagi tabiiy 
sharoiti va xo’jaligi haqida fikr yuritish mumkin. 
Mahmud Qoshg’ariy «Devoni lug’ati turk» asarida juda ko’p geografik atama 
va tushunchalar haqida ma’lumotlar bergan va Dunyo xaritasini tuzgan. 
  
Buyuk geografik kashflyotlar bosqichi. Ushbu bosqichdan boshlab Yevropada 
fan yana rivojlana boshladi. Natijada dunyo ahamiyatiga ega bo’lgan kashfiyotlar 
qilindi. 
1492-yil Xristofor Kolumb tomonidan Amerika qit’asi ochildi. X. Kolumbning 
asosiy maqsadi Hindistonga dengiz yo’liniochish bo’lgan. SHuning uchun u kashf 
qilgan joylarni Hindiston, u yerdagi mahalliy aholini esa Hindular deb atagan. 
1499-1501 -yillari Amerigo Vespuchchi Amerika qifasini shimoliy qismlarini 
tekshirdi va yangi yerlarning ilk tavsifini yozdi. 1507-yili frantsuz geografi M. 
Valdzemyuller materikni Amerigo Vespuchchi sharafiga Amerika deb atashni 
taklif etdi. 
1498-yili Vasko-da-Gama boshliq Portugaliya ekspeditsiyasi Afrikani aylanib 
o’tib, Yevropadan Hindistonga dengiz yoiini ochdi. SHu davrdan boshlab Osiyoni 
Yevropa bilan bog’lagan «Buyuk ipak yo’lining» ahamiyati pasaya boshladi. 
1519-1521 -yillari Fernan Magellan boshliq Ispaniya ekspeditsiyasi okean 
bo’ylab Dunyo aylana sayyohatini amalga oshirdi va Yerning sharsimonligini yana 
bir bor isbotladi, hamda Dunyo okeanini yaxlitligini asoslab berdi. 
1605-yil golland sayyohi Yantszon Avstraliya materigini kashf qildi. So’ngra A. 
Tasman (1641-1643-y) materikni hamma tomonidan aylanib chiqdi. 1650-yili golland 


olimi B.Vareniyning «Umumiy geografiya» nomli asarini bosilib chiqishi ilmiy 
geografiyani rivojlanishi uchun asos bo’ldi. B.Vareniy geografiyani ikki qismga 
bo’ladi: umumiy va xususiy. Uning fikricha, umu-miy geografiya Yerning umumiy 
xususiyatlarini, xususiy geografiya esa Yerning ayrim qismlarini o’rganadi. 
Ilmiy geografik ishlar bosqichi (XVIII-XIX asr). Mazkur bosqichdan boshlab 
birinchi marotaba maxsus ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirila boshlandi. Bunday 
ekspeditsiyalar Frantsiyada (Bugenvil, Laperuza), Buyuk Britaniya (J.Kuk, 
Vankuver), Rossiyada (Bering, CHirikov, Krasheninnikov va boshqalar) 
uyushtirildi. Natijada Tinch okeni, Osiyo, SHimoliy Amerika qirg’oqlari, Afrikaning 
va Janubiy Amerikaning ichki qismlari va tabiati o’rganildi. Yerning ichki qismlari, 
yer yuzasi relьefi, yer usti va osti suvlari, shamollar, o’simliklar haqida bilimlarni 
to’planishi bilan tabiiy geografiyadan geologiya, gidrologiya, geobotanika va 
meteorologiya ajralib chiqib ketdi. 
Ushbu bosqichda ko’p ilmiy ishlar mamlakatshunoslik yo’nalishida 
bo’lgan. Mazkur ishlar ikki yo’nalishda olib borilgan: a) birinchi yo’nalishda har bir 
davlatning geografik tavsifiga katta e’tibor berilgan; b) ikkinchi yo’nalish ayrim 
o’rganilmagan hududlarni geografik tavsifiga bag’ishlangan. Bunday tavsiflar ko’p 
hollarda sayyoh va olimlarning ekspeditsiyalarda yiqqan ma’lumoti asosida 
tuzilgan. 
Masalan, 
S.P.Krasheninnikovning 
«Kamchatkaning 
tavsifi», 
P.S.Pallasning «Rossiyaga sayohat va boshqalar. 
Umumiy tabiiy geografiya masalalari nemis olimi Kant (1724— 1804)ning 
«Tabiiy geografiyadan ma’ruzalar» asarida ko’rib chiqilgan. Mazkur asarda 
shamollar, ularni hosil bo’lishi, yer yuzasi relьefini rivojlanishi ko’rib chiqilgan. 
M.V.Lomonosov (1722—1764) asarlarida ham «Umumiy yer bilimi» masalalari 
ko’rib chiqilgan. Mazkur masalalarni M.V.Lomonosov «Er qatlamlari haqida» 
(1763y) «Atmosfera hodisalari haqida so’z» (1753) asarlarida ko’rib chiqqan. U yer 
yuzasi relьefi ichki va tashqi kuchlar ta’sirida muntazam o’zgarib turishini 
ta’kidlagan. Havo massalarini harakati ta’limotini yaratgan. 


Foydalanilgan adabiyotlar: 
https://arxiv.uz/uz/documents/slaydlar/geografiya/
 
https://fayllar.org/umumiy-tabiiy-geografiya-v3.html?
 
https://journals.uz/wp-content/uploads/
 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling