Reja: Geografiya ta’limi mazmunining tarkibiy qismlari
Download 0.49 Mb.
|
Geografiyani o`qitishda o`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo`llari
Geografiyani o`qitishda o`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo`llari Reja: 1. Geografiya ta’limi mazmunining tarkibiy qismlari 2. Geografiya darslarida o‘quvchilarni to‘laqonli o‘quv bilish jarayonini subektga aylantirish yo‘llari 3.Geografiyani o’qitishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalarining o’ziga xos xususiyatlari 4. O‘quvchilarni bilish faoliyatini tashkil etish shakllari O`zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida insonni intellektual va ma`naviy-axloqiy tarbiyalash bilan uzviy bog’langan uzluksiz ta`lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish nazarda tutilgan. Ta’lim sohasini rivojlantirishga yо‘naltirilgan istiqbolli dasturlarning yaratilishi va amalda tatbiq etilishi natijasida ta’lim jarayoni kо‘proq о‘quvchi shaxsiga yо‘naltirilmoqda[1]. Bu esa, mustaqil fikrlovchi, ijodkor, milliy g‘oyalarga sodiq va yuksak kasb mahoratiga ega bо‘lgan fuqaroni shakllantirish sohasidagi pedagogik intilishlarning asosini tashkil etadi. Buning uchun о‘quv-tarbiya jarayoni sifatini takomillashtirish va kafolatlangan natijaga erishishni ta’minlash lozim. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog’lom bola yili” davlat dasturi tо‘g‘risidagi Qarorida mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning о‘z ijodiy va intelektual saloxiyatini rо‘yobga chiqarish bо‘yicha qo’yilgan vazifalarda “....ta’lim jarayoniga yangi axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimediya vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, litseylari va oliy о‘quv yurtlarida о‘qitish sifatini tubdan yaxshilash, ...samarali tizimini yanada rivojlantirish” kо‘zda tutilganligi dolzarb vazifalardan biridir. Prezidentimiz mazkur muammoning dolzarbligiga alohida urg‘u berib, “Eski ta’lim tizimining eng yomon qusuri boshlang‘ich ta’limga ikkinchi darajali ish deb qarayotganimizdadir. Ochiq aytishimiz kerak: bilimi sayoz muallimlar ham umumta’lim maktablarida dars beraveradi...[3] Vaholanki, bolaning dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadigan maktabdagi davri eng yetuk, eng tajribali murabbiylar biriktirib qо‘yilishini oddiy mantiqning о‘zi talab etadi”, “…kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bо‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim-tarbiya olishiga bog‘liq”, deya ta’kidlaydilar[4]. Zamonaviy pedagogik texnologiya va ularning ta’limda qо‘llanishga oid bilimlar, tajriba о‘quvchilarni yuksak bilimli va intellektual salohiyatga, yetuk malakaga ega bо‘lishlarini ta’minlaydi. Shu fikrga yondashgan xolda bitiruv malakaviy ish dolzarbligini geografiya fanini o’qitishda rivojlanib borayotgan yo’nalishlardan biri-zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayonida qo’llash orqali o’quvchilarni faollashtirishga, mustaqil fikrlashga, o’quv jarayonining yuqori sifat va samaradorligiga erishishdan iborat deb belgiladik. Kurs ishining Maqsadi: o’quvchilarda O’zbekiston sanoati mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo’llash orqali bilim, ko’nikma va malakalarini o’zlashtirish hamda rivojlantirishdir. Maqsadidan kelib chiqib Kurs ishining vazifalari:- O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiya ta’limi tizimida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyatini; - Pedagogik texnologiyalarining o’ziga xos xususiyatlari va asosiy jarayonini; -“O’zbekiston sanoati” mavzusini o’qitishda foydalaniladigan lokal darajadagi texnologiyalarni; -“O’zbekiston sanoati” mavzusini o’qitishda foydalaniladigan xususiy metodik darajadagi texnologiyalar samaradorligini; - Dars jarayonida lokal va xususiy metodik darajadagi texnologiyalarni uyg’unlashtirish yo’llari hamda shu usulda o’tkazilgan tajriba-sinov ishlarini tahlil qilishdan iborat. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling