Reja: Geografiya ta’limi mazmunining tarkibiy qismlari


Amaliy mashg‘ulotda ishlash tartibi va reglament


Download 0.49 Mb.
bet14/19
Sana09.05.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1449371
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Geografiyani o`qitishda o`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo`llari

Amaliy mashg‘ulotda ishlash tartibi va reglament

  1. Guruhda ishlash va prezentatsiyani yozish - 30daqiqa.

  2. Ishning natijalarini taqdimot qilish – 20 daqiqa.

  3. Jamoa bо‘lib muhokama qilish (10daq)va guruhni baholash 10daqiqa .

4-ilova

Guruh bilan ishlash qoidalari:
Guruhning har bir a’zosi:
-о‘z sheriklarining fikrlarini hurmat qilishlari lozim:
-berilgan topshiriqlar bо‘yicha faol, hamkorlikda va mas’uliyat bilan ishlashlari lozim;
-yordam sо‘raganlarga kо‘mak berishlari lozim;
-guruhni baholashda ishtirok etishlari lozim.

Dars “Zinama-zina o`yini” qoidasiga binoan 2-bosqichda o`tkaziladi.

  1. Bosqich. O`quvchilarning o`quv fani bo`yicha tushuncha, g’oyalar va atamalar­ni o`zlashtirish darajasini aniqlash. Buning uchun o`qituvchi darslikda berilgan atamalar izohidan foydalanib, 3 xil variantda 30 tadan atamalar majmuasini tuzadi. Atamalar yonida uning izohi bo`lishi shart. O`qituvchi bu bosqichda o`quvchilarni teng sonli 6 kishidan iborat kichik guruhlarni tashkil etadi. Har bir gurux “Atamalar” varag’ining variantini tanlab oladi. Quyida shunday “Atamalar varag’i” dan namuna keltiramiz:

1-bosqich uchun savollar to`plami :
-Asosan ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaradigan tarmoqlardan iboratdir, ya’ni unda mexnat qurollari (mashinalar, jihozlar va h.k.) va mehnat predmetlari (xom ashyo, yoqilg‘i va h.k.) ishlab chiqariladi.( javob:Og‘ir sanoat)
- Bir yoki birnecha sanoat tarmoqlari tо‘plangan shahar yoki shaharchalardir (javob: Sanoat markazi)
- Iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda qatnash-adigan va bir-biri bilan elektr liniyalari bilan bog‘langan yirik elektr stansiyalar birlashmasi (javob: Energiya tizimi). va x.k.
Kichik guruhdagi 6 o`quvchining bittasi “kichik konsul’tant” vazifasini bajaradi. U o`quvchilarga variantdagi savollarni ketma-ket berib, ularning javobini atamalar izoxi bo`yicha nazorat qiladi. Javob to`g’ri bo`lgan holda ularga avvaldan tayyorlanib, qo`yilgan kartochkalarni berib boradi. Shunday qilib har bir o`quvchi savollarga galma-gal javob berib, bu bosqichda 6 ball to`plash imkoniyati bo`ladi. O`quvchilarning to`plagan bali ulardagi kartochkalar soniga qarab aniqlanadi. Shundan so`ng, o`yinning ikkinchi bosqichi boshlanadi. II – bosqichda o`qituvchi o`quvchilarni to`plagan ballariga muvofiq qayta guruhlaydi. O`qituvchi bu bosqich uchun alohida topshiriqlar tuzadi: II – bosqich savollari:
1 ball to`plagan o`quvchilar guruhi savollari
Og’ir va yengil sanoat tarmoqlarini klasterda ifodalang.

  1. ball to`plagan o`quvchilar guruhi savollari:

O’zbekistondagi yirik kimyo zavodlari ro’yxatini tuzing.

  1. ball to`plagan o`quvchilar guruhi savollari:

O’zbekiston sanoati va uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar?
O`quvchilar bu topshiriqlarni bajarib bo`lganlaridan so`ng, o`zaro savol-javob o`tkazadilar. Har bir guruh o`z topshiriqlarini ko`rgazmali vositalar yordamida bayon etadi. Topshiriqni mukammal bajargan kichik guruhlar rag’batlantiriladi va g’oliblar aniqlanadi. O`qituvchi o`quvchilar javobidagi kamchiliklarni aniqlaydi va unga barham beradi, so`ngra darsni keying o’yin turi bilan davom ettiradi. “Aqliy hujum” quyidagi bosqich asosida tashkil etiladi:
I – bosqich. Psixologik jihatdan bir-biriga yaqin bo`lgan o`quvchi­lardan ­ teng sonli kichik guruhlarni shakllantirish.
II – bosqich. Kichik guruhlarga muammoli savollardan iborat bo`lgan o`quv topshiriqlarini tarqatish va ularni topshi­riq­ning didaktik maqsadi bilan tanishtirish.
III – bosqich. O`quvchilarning bilish faoliyatini o`quv muammolarini hal etishga yo`naltirish.
IV – bosqich. O`quvchilarning muammoli vaziyatlarni hal etish bo`yicha axborot­­la­ri­ni tinglash.
V – bosqich. Kichik guruhlar o`rtasida o`quv bahsi va munozara o`tkazish
VI – bosqich. Umumiy xulosa yasash. “Aqliy hujum” da o`quvchilar avval o`zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo`llab, bilimlarini kengaytiradi, chuqurlashtiradi, aqliy faoliyat usullarini egallaydi. O`qituvchi o`quvchilarni teng sonli guruhlarga ajratgandan so’ng, har bir guruh sardorini belgilaydi. O`quvchilarning faoliyatini bilishga yo`naltiruvchi bir nechta muammoli savollar yozilgan quyidagi kartochkalarga qaratadi:

  1. Yangi, yuqori texnologiyaga ega bo’lgan sanoat tarmoqlarini qanday izohlash mumkin?

  2. Sanoat tarmoqlari qaysi mezonlarga asoslanadi?

  3. Respublikada elektr energiya ishlab chiqarishda yetakchi viloyatlarda eliektr muammosining vujudga kelishiga sababi nimada?

Guruhdagi o`quvchilar shu savollar yuzasidan maslahatla­shib, o`z fikrlarini umumlashtiradi. Har bir guruh sardori guruh fikrini bayon etadi.
O`qituvchi guruhlar bayon etgan fikrlarni umumlashtirish dars yakunida amalga oshirilishini e`lon qiladi va navbatdagi muammoli savollar yozilgan kartochkalarni tarqatadi:

  1. Respublikadagi asosiy issiqlik elektr stantsiyalarida qaysi yoqilg’i turi arzon va sifatli hisoblanadi? Javobingizni izohlang.

O`quvchilar guruhi bu savollarga javob topgandan so`ng, o`qituvchi o`quvchilarga avval o`zlashtirgan bilimlari va darslikdan foydalanib quyidagi jadvalni to`ldirish va izohlashni topshiradi.

t/r

IES nomi

Ishga tushirilgan yili

Energiya bloklari soni

Loyihaviy quvvatiMVt

Yoqilg’i turi

1
















2
















3
















O`quvchilar jadvalni to`ldirib, javoblarini izohlagan­laridan so`ng, o`qituvchi o`quvchilarning diqqatiga quyidagi savollarni havola etadi:
Sho’rolar tizimi davrida O’zbekistonning ijtimoiiy-iqtisodiy rivojlanishi qanday bo’lgan edi? 2. XX asr boshlarida O’zbekistonda sanoatning qaysi tarmoqlari rivojlangan edi? O`quvchilar javoblaridan so`ng, o`qituvchi darsni umumiy yakunlaydi. O`quv baxsi va munozaralarda faol ishtirok etgan talabalar rag’batlantiriladi va reyting tizimiga muvofiq baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish.
VII.Darsni umumiy yakunlash.
Endi pedagogik amaliyot jarayonida Toshkent shahri Sergeli tumani 300-umumta’lim maktabining 8-“A”, “V” sinflarida “O’zbekiston sanoati”ning Rangli metallurgiya mavzusini lokal va xususiy metodik darajalarining uyg’unlashtirilgan pedagogic texnologiyalardan foydalanib, o’tkazilgan bir soatlik dars ishlanmasini ko’rib chiqamiz.
25 - dars

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling