Reja: Geologik o’tmishda iqlim omillari tasnifi
Download 36.27 Kb.
|
GEOLOGIK O’TMISHDA IQLIM O’ZGARISHI
GEOLOGIK O’TMISHDA IQLIM O’ZGARISHI Reja: Geologik o’tmishda iqlim omillari tasnifi Iqlim o’zgarishi omillar tavsifi Koronavirus insoniyat boshiga koʻp kulfat keltirdi. Pandemiya hayotimizga bevosita bogʻliq boʻlgani uchun uning koʻlami, oqibatlarini oʻz tanamizda his qildik. Virusning zararli taʼsirini kamaytirish, tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik uchun turli himoya vositalarini ishga soldik. Cheklovlar qoʻlladik. Birgina koronavirus pandemiyasi insoniyat hayotini va iqtisodiyotni naqadar tez izdan chiqarib yuborganiga guvoh boʻldik. Vaholanki, tabiat faqat odamzoddan iborat emas. Biz bilan yonma-yon hayvonot va nabotot olami ham hayot kechiradi. Shu oʻrinda oʻsimliklar dunyosiga xavf soladigan viruslar, turli zararkunanda mikroorganizm va hasharotlar borligini, qishloq xoʻjaligi ekinlari doim bu zararkunandalar hujumi ostida yashashini taʼkidlash oʻrinli. Shuni hisobga olsak, oʻsimliklarni himoya qilish qishloq xoʻjaligi mahsuldorligini oshirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning kafolati deyish sira mubolagʻa boʻlmaydi. Prezidentimiz raisligida shu yil 25-may kuni oʻsimliklarni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda bu borada yangi tizim yaratish, hududlarda shunga oid xizmatlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, 30-may kuni Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan Seul shahrida videoanjuman shaklida oʻtgan “Yashil oʻsish va global maqsadlar uchun hamkorlik — 2030” ikkinchi xalqaro sammitida davlatimiz rahbari ilgari surgan tashabbusga dunyo hamjamiyati yuqori baho berdi. Ikki kunlik forum kun tartibidan iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yengib oʻtish, “yashil” tiklanish va uglerod neytralligini taʼminlash, shuningdek, BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish va Iqlim boʻyicha Parij bitimi qoidalarini bajarish masalalari oʻrin olgan edi. Davlatimiz rahbari oʻsimliklar himoyasi tizimiga oid taʼkidlagan masalalarning mazmun-mohiyati xuddi sogʻliqni saqlash tizimi boʻyicha berilgan topshiriqlarning qishloq xoʻjaligiga tom maʼnodagi “translyatsiyasi” boʻldi. Jumladan, ekinlarni himoya qilishda kasallik oʻchoqlari bilan fermer dalalari kesimida kurashish, zararkunandalarni chuqur oʻrganish va ularning tarqalishiga qarshi ilmiy asoslangan profilaktika hamda kurash choralarini karantin nazorati bilan hamohang amalga oshirish, bu jarayon vakolatli davlat organi tomonidan toʻliq nazoratga olinishi qatʼiy belgilab berildi. Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini taʼminlash, eksport hajmini oshirishda oʻsimliklar himoyasi juda muhim tizim hisoblanadi. Biolog olim sifatida ushbu sohada Prezidentimiz ilgari surgan islohotlarning qanchalik jiddiy va muhim ekani haqida toʻxtalmoqchiman. Qishloq xoʻjaligi sohasida oʻsimliklarni tekshiruvdan oʻtkazadigan tizim joriy etilganiga qaramay, bu faoliyat asosan mamlakatimizga kirib kelayotgan urugʻ, koʻchatlar nazoratiga yoʻnaltirilgan. Gap shundaki, hozir biror kasallikka chalingan oʻsimliklarga ishlov bergan qishloq xoʻjaligi texnikalari zararkunandalardan xoli dalalarga ham kirib ketaveradi. Shuningdek, dalada ishlaydigan dehqonlar ham zararlangan yer maydonlari oralab hech qanday ehtiyot choralarisiz oʻtib yurishi tabiiy holga aylangan. Demak, kishilarning oʻzi ham qishloq xoʻjaligi ekinlari kasalliklarining tarqalishiga sababchi boʻlmoqda. Shu bois, oʻsimliklarni himoya qilish uchun ham xuddi pandemiya davridagi karantin qoidalari kabi qatʼiy cheklov tizimi, boshqacha aytganda, regulyator oʻrnatilishi kerak. Endi bu borada qatʼiy intizomiy choralarni joriy qiladigan davlat organi paydo boʻldi. Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi xuddi sogʻliqni saqlash tizimidagi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati kabi qishloq xoʻjaligi sohasida epidemiologik xizmat koʻrsatuvchi organ rolini bajarishi lozim. Bugun Yer yuzida global iqlim oʻzgarishi kuzatilmoqda. Sayyoramizdagi oʻrtacha harorat oʻtgan oʻttiz yilda bir daraja oshdi. Hasharot va zararkunandalarning yangi turlari paydo boʻldi. Bu juda katta muammo. Deylik, Oʻzbekistonda qish ilgarigidek sovuq boʻlmayapti. Bahor erta boshlanayotgani tufayli oʻsimliklar uygʻonguncha uxlab yotadigan hasharotlar ularning uygʻonishini kutib, oziqlanishga tayyor turibdi. Oʻsimlik hali oʻzini oʻnglamasidan turib, hasharotlar unga chang solyapti va ekinlarga katta zarar keltirmoqda... Keling, shu vaziyatga boshqacha nazar bilan qaraylik. Hasharotlar ham biologik tur sifatida yashashi va koʻpayishi kerak. Masalan, paxtani terib olganimizdan keyin gʻoʻzapoyasi olib ketiladi. Yerga gumus sepilmaydi. Natijada tuproqdagi koʻzga koʻrinmas mikroorganizmlar och qoladi. Shuning uchun ham ular bahorda unib chiqqan oʻsimlikni yeyishga tayyor turadi. Deyarli barcha tuproq mikroorganizmlari “saprofit organizmlar”, yaʼni chirindixoʻrlar guruhiga mansub. Ulardagi bu xususiyatning foydali tomonlari ham bor, albatta. Lekin yerda chiriydigan narsaning oʻzi qolmasa, ular oziqlanishga qiynaladi. Masalan, hozir Buxoro viloyatida yangi fuzarioz turdagi vilt kasalligining koʻpayishiga aynan mana shu omilni sabab qilib koʻrsatish mumkin. Viloyatda 25 ming gektar maydonni vilt bosgan. Buning asosiy sababi, birinchidan, viloyatda uzoq yillar davomida Buxoro gʻoʻza navi ekilishi va unda tabiiy fuzarioz viltiga moyil ingichka tolali gʻoʻza genotipi mavjudligi boʻlsa, ikkinchidan, gʻoʻzapoyaning daladan tag-tugi bilan olib ketilishidir. Hozir koʻp joylarda gʻoʻzapoyaning koʻr-koʻrona maydalanib, dalaga sepilishi natijasida zararkunanda keng tarqalmoqda. Agar tuproqda “oʻlik” chirindi yetarli boʻlsa, zararkunandalar qish boʻyi shular bilan oziqlanadi va ekinlarga bu qadar tajovuzkor hujum qilmaydi. Dala maydonlariga sepiladigan oʻgʻit, bir tomondan, oʻsimliklarga ozuqa boʻlsa, ikkinchi tomondan, turli tuproq zararkunandalarini ham ozuqa bilan taʼminlaydi. Natijada yaxshi oʻgʻitlangan va zararkunanda hujumiga uchramagan dala yuqori hosil beradi. Yer kurrasi shunday mukammal va murakkab ekotizimki, unda yirik va mayda hayvonlar, oʻsimliklar qatori hasharot va bakteriyalarning ham oʻz oʻrni bor. Biror hasharot yoki zararkunandani butkul yoʻqotishga urinish, ularga qarshi kurash agrotexnologiyalariga rioya qilmaslik zararkunandalarning kurashuvchanligini oshiradi. Avvallari beda qandalasi asosan bogʻlar orasidagi bedazorda uchrardi. Hozir bu zararkunanda gʻoʻzaga katta zarar yetkazyapti. Sababi, beda qandalasi oziqlanib, nasl qoldirishi uchun sharoit oʻzgardi. Endi u yangi ozuqa manbaiga oʻta boshladi. Zararkunandalarning bir ekin turidan ikkinchisiga tez oʻtayotgani zamirida ham global isish davrida kuzatilayotgan qurgʻoqchilik, zararkunandalarga qarshi keskin kurashishda ularning biologiyasi bilan hisoblashmaslik kabi omillar yotibdi. Jahon ahli koronavirus bilan yashashni oʻrganayotgani kabi zararkunandalar bilan yashashni ham oʻrganishi kerak. Buning uchun insoniyat nafaqat oʻzi uchun ozuqa yaratish, balki bu jarayonda atrofdagi tirik hayotni buzmaslik haqida ham oʻylashi zarur. Ana shunda ekologik muvozanat buzilishining oldi olinadi. Dunyo miqyosida “qopqon” agrotexnologiyalari ishlab chiqilayotgani bejiz emas. Bu jarayonda dalada zararkunandalar oziqlanishi uchun ataylab maxsus hududlar barpo etiladi. Shu bilan katta iqtisodiy samaraga erishiladi. Aksincha, hasharotlarga qarshi kimyoviy kurash olib borish ularning yoʻqolishiga emas, balki yana-da chidamli turlarning paydo boʻlishiga sabab boʻlmoqda. Demak, ularning tabiiy arealini saqlab qolish, ekologik muvozanatni taʼminlashga qaratilgan agrotizim yaratish Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi va yashil iqtisodiyoti uchun oʻta muhim. Ushbu yoʻnalishda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan vilt kasalligi, beda qandalasi, Kolorado qoʻngʻizi, nematoda chuvalchangi, pomidor kuyasi, qovun pashshasiga qarshi zamonaviy kurash choralarini yaratishga qaratilgan ilmiy loyihalarga grantlar ajratildi. Endi Prezidentimiz vazifa qilib bergan yangi yoʻnalish — oʻsimliklar karantini sohasi b ilan uygʻunlashgan izlanishlarga grant loyihalar tanlovini eʼlon qilamiz. Yana bir katta muammo oʻgʻitlar bilan bogʻliq. Qoidaga koʻra, yerga solingan oʻgʻit proporsiya jihatdan hosildorlikni oshirishi kerak. Lekin mamlakatimiz qishloq xoʻjaligida bu holat kuzatilmayapti. Masalan, avvallari paxtachilikda bir gektar yerga 150 kilo nitrat oʻgʻiti solinardi. Keyin u oshirilib, hozir gektariga 600 kilogrammga chiqdi, ammo ahvol oʻsha-oʻsha. Bu iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq. Ob-havoning isishi, intensiv quyosh nuri taʼsirida fotosintez jarayoni tezlashdi. Fotosintez, bu — yaproqda glyukoza sintezi boʻlishini anglatadi. Hosil boʻlgan glyukoza poyadagi floemadan pastga harakatlanib, ildizga yetib borishi kerak. Buning uchun esa suv poya naychalari orqali yuqoriga koʻtarilishi lozim. Suv tepaga yurishi uchun nitrat nasosi ishga tushadi. Demak, Oʻzbekiston uchun muhim ekin — gʻoʻzada fotosintez jarayoni bir necha barobar tezlashgan. Natijada glyukoza koʻproq sintez boʻlmoqda. Uni ildizga olib borish uchun oʻsimliklar yana-da koʻp nitrat talab qilyapti. Yuqori haroratda oʻsimlik biomassasi ortyapti. Toʻgʻri, gʻoʻza koʻp koʻsak hosil qilyapti, lekin pishmayapti. Sababi, koʻsak pishishi uchun fundamental oʻsimliklar fiziologiyasi qonuniyatlariga koʻra, azotning fosforga nisbati aniq saqlanishi kerak. Endi tasavvur qiling: havo jazirama, tuproqda nitrat miqdori oshib ketgan, glyukoza sintezi tezlashgan, barglarda hosil boʻlgan shakarni “pastga” tushirib, suvni koʻtarish kerak. Oʻsimlik nitratni uch baravar koʻp olyapti, lekin fosfor yetishmayapti. Koʻsak koʻp, lekin proporsiya buzilgani uchun ochilmayapti. “Shuncha nitrat solinyapti, hosildorlik qani?” degan savolga javob yoʻq. Sababi, global iqlim oʻzgarishida NPK (nitrat, fosfor, kaliy)ning yangi formulasi ishlab chiqilmagan. Fosforli va kaliyli oʻgʻitlar miqdorining koʻr-koʻrona oshirilishi esa tuproqqa katta zarar yetkazishi va yerni yaroqsiz holga keltirishi mumkin. Qolaversa, fosforli oʻgʻitlar miqdorini koʻpaytirish qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish tannarxining keskin oshishiga sabab boʻladi. Shuning uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi Prezidentimiz ilgari surgan tashabbusdan kelib chiqib, global iqlim oʻzgarishi sharoitida NPKning yangi formulasini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy tadqiqotlarga buyurtma berdi. Muammoning tezkor yechimini topish chorasini izlamoqda. Shuningdek, vazirlik barcha viloyat va tumanlarda “tuproq klinikasi”ni tashkil etish loyihasini innovatsion hududlardan boshladi. Bu jarayonda muayyan hududdagi yer maydonining tuzilishi va tarkibi oʻrganiladi. Aynan shu tuproqqa yetishmayotgan kimyoviy elementlarni qoʻllash orqali hosildorlikni koʻpaytirish, yer unumdorligini oshirish mumkin. Yana bir muammo — global isish tufayli kunduzgi va tungi harorat oʻrtasidagi farq haddan ziyod qisqarib ketdi. Yaʼni meʼyor buzilgan. Ilgari kunduzi 50 daraja issiq boʻlsa ham kechasi harorat 19-20 darajaga tushardi. Shuning uchun gullarning changlanishi oson kechardi. Hozir esa oʻsimlik gullaydi, lekin gullari changlanmagani uchun meva tugmaydi. Dalalarga chiqsangiz, bu holatga guvoh boʻlasiz. Masalan, gʻoʻzaning birinchi gullagani koʻsak tukkan, qolganlari esa gulligicha turibdi. Chunki hozir kunduzi Oʻzbekistonda tuproq 40-45 darajagacha qizisa, kechalari harorati 35 darajadan pasaymayapti. Orol dengizi quridi. Muzliklar eridi. Bir necha oʻn yillar avval aynan shu togʻlardagi muzliklardan sovuq havo oqimi kelib, tungi havoni sovitardi. Hozir esa garmsel odatiy iqlim sharoitiga aylandi. Shuning uchun hosildorlik kamaygan. Vaziyatni toʻgʻrilashning yagona yoʻli — issiqqa chidamli oʻsimliklar navini yaratish va yuqori haroratda hosil tugishi uchun ekinlarga yangi avlod biostimuyatorlari bilan yordam berish. Olimlarimiz hozir aynan mana shu masalalar ustida izlanish olib boryapti. Global iqlim oʻzgarishiga sabab boʻlayotgan yana bir katta muammo — havoda karbonat angidrid gazi koʻpayishi va “issiqxona effekti” natijasida oʻsimliklarni himoyalash, oʻgʻitlash va gulning changlanib meva tugishidagi murakkabliklarning yuzaga kelishi. Aslida karbonat angidridning havoda koʻpayishi oʻsimliklar uchun ayni muddao. Ular bu gaz bilan oziqlanadi, lekin u haddan ziyod koʻpaysa, oʻsimliklar gullashiga teskari taʼsir qiladi. Tayyor ozuqa turganda oʻsimliklarning gullash surʼati keskin pasayadi. Olimlarning fikricha, keyingi yuz yilda havoda karbonat angidrid miqdorining oshishi tufayli oʻsimliklar toʻla gullamay qolyapti. Shuning uchun dunyo iqtisodiyoti va oziq-ovqat xavfsizligi havodagi karbonat angidrid miqdorini kamaytiruvchi yashil texnologiyalarni rivojlantirish bilan chambarchas bogʻliq. Bugʻdoy va gʻoʻza insoniyatga havodagi karbonat angidridni kamaytirishda yordam beradigan oltita oʻsimlik qatorida qayd etilyapti. Bu ekinlar yurtimizdagi asosiy maydonlarga ekilishini inobatga olsak, Oʻzbekiston dunyo yashil iqtisodiyotiga katta ulush qoʻshishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas. Yuqorida aytilganidek, fotosintez jadallashuvi natijasida bugʻdoy va gʻoʻzada karbonat angidrid gazi koʻp oʻzlashtirilmoqda. Barglarda hosil boʻlgan glyukoza qutblanishi natijasida ildizda toʻplanadi, biroq ildiz yana chirishi oqibatida yangidan karbonat angidrid gazi ajraladi va havoga qaytadi. Deylik, yangi navlar yaratish orqali fotosintez natijasida hosil boʻlgan glyukozaning oʻsimlik ildizida sekinroq parchalanishiga erishilsa, muammo bartaraf etiladi. Havodagi ortiqcha gaz samarali tarzda biopolimerga aylantirilib, uni yer bagʻrida uzoqroq saqlash va pirovardida “issiqxona effekti”ni kamaytirish imkoni tugʻiladi. Hozir oʻsimliklar fotosintezi yana-da jadallashgan, karbonat angidrid gazini tez oʻzlashtiruvchi, shu bilan birga, hosil boʻlgan glyukozani sekin parchalanuvchi suberinga aylantirib, ildizda toʻplaydigan ilmiy loyihalarga buyurtma berilib tadqiqotlar oʻtkazilmoqda. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan global iqlim sharoitida oʻsimliklarni himoya qilish, oʻgʻitlash va yangi avlod biostimulyatorlari va oʻgʻitlarini yaratish, issiqqa chidamli, karbonat angidrid gazini oʻzlashtiruvchi nav hamda samarador texnologiyalarni yaratishga oltita vazirlik va idora tasarrufidagi oʻn uchta ilmiy tashkilot hamda oliy taʼlim muassasalarining 360 dan ortiq ilmiy xodimi jalb etilgan. Soha boʻyicha mustaqil ekspertlar ishtirokida qirq bitta yangi ishlanmani tijoriylashtirish yuzasidan tashkiliy choralar koʻrilmoqda. Yangi mexanizmlar asosida oʻsimliklarni himoya qilishning samarador texnologiyalarini yaratish boʻyicha 2021-yilda umumiy qiymati 31,6 milliard soʻmlik 52 ta loyiha bajarilmoqda. Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida muntazam loyiha tanlovlari eʼlon qilinmoqda. Sohada mavjud muammolarning koʻlami juda keng. Hududlar sharoitidan kelib chiqqan holda, sugʻorish manbalari va tizimlarini yangilash, suv va tuproq xususiyatlarini yaxshilash va doimiy monitoringini yoʻlga qoʻyish, resurslarni tejash va ulardan optimal foydalanish, mineral va tabiiy oʻgʻitlarni qoʻllashning samarali va natijador usullarini ishlab chiqish zarurati katta. Shuningdek, flora va faunaning barqaror muvozanatini tiklash, genetika va seleksiyaning yangi usullaridan foydalangan holda yangi navlar yaratish, sinash va joriy qilish kabi ishlar katta ilmiy salohiyat, koʻplab resurslar bilan birga, keng koʻlamli, uzoqni koʻzlagan yondashuvni ham talab qilmoqda. Prezidentimiz oldimizga qoʻygan vazifalar zamonaviy samarador innovatsiyalarni qishloq xoʻjaligiga tatbiq qilish bilan birga, yetarli bilim va tajribaga ega kadrlar zaxirasini shakllantirishni ham koʻzda tutadi. Bu jarayonda sohaga xos yangi paydo boʻlgan va ilgʻor mamlakatlarda samarali qoʻllanayotgan yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassislar tayyorlash katta ahamiyatga ega. Mazkur vazifalarning ijrosida ilgʻor xalqaro tajribaga asoslangan usullarni qoʻllash esa mamlakatimizda oʻsimliklar genofondini saqlash, sifatli mahsulot yetishtirish va ularni qayta ishlash, xalqaro andozalarga mos mahsulotlar eksportini oshirishda katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Iqlim – quyosh atrofida harakatlanib turadigan yer sayyorasi yuzasiga yaqin bo`lgan atmosfera qobig`ining troposfera qatlamida ro`y beradigan tabiiy jarayonlar natijasidir. Iqlim fasllar bo`yicha o`zgarish xususiyatiga ega. Iqlimga ta’rif beradigan bo`lsak-“Iqlim deb ma’lum bir hududda uzoq yillar davomida takrorlanib turadigan ob-havo rejimiga aytiladi”. Ob-havo esa iqlim ko`rsatkichlarining ayni joydagi, ayni vaqtdagi holatidir. Ob-havo bir kechakunduzda bir necha marta o`zgarishi mumkin. Yil davomida ma’lum joyning iqlimida uning fasllariga xos holda ob-havo holatlari sodir bo`lib turadi. Iqlimni hosil qiluvchi asosiy omil, manba Quyosh hisoblanadi. Yer yuzasiga tushadigan quyosh nurlarining tushish burchagi qancha katta bo`lsa, nurlarning issiqlik va yorug`lik darajasi, quvvati shuncha kuchli, aksincha bo`lsa shuncha kam va kuchsiz bo`ladi. Yerning yuzasida atmosfera yoki havo qoplami mavjud, undan biz nafas olamiz va usiz yerda hayot bo`lishi mumkin emas. Har bir kishi bir kecha-kunduzda 1 kilogramm oziq-ovqat, 3 litr suv va 12 kilogramm havo iste’mol qiladi. Yer atmosferasi yigirmaga yaqin gaz aralashmasidan tashkil topgan. Ularning asosiy qismi – azot va kisloroddan hamda suv bug`i, azon va mutlaq holatda turuvchi chang va boshqa aerozollardan iborat. Ob-havoni kuzatish meteorologik stansiyalarda olib boriladi. Meteorologik kuzatishlar kun davomida har 3 yoki 6 soatda olib boriladi. Bunday bir vaqtda olib borilgan kuzatishlar butun dunyo ob-havo xizmatining (VSP) asosidir. Bunday usul meteorologik prognozlar tuzish va dovullardan ogohlantirish va global iqlim haqidagi bilimlarni to`ldirish uchun kerak. 15 Shuni alohida aytish joizki, iqlimiy sharoit bilan bog`liq bo`lgan jarayonlar ta’sirida tabiatning rivojlanish bosqichlarida o`zgarishlar bo`lib turgan. Bunga Antarktida materigi va Shpitsbergen orollarida mavjud bo`lgan ko`mir konlari hamda to`rtlamchi davrda ro`y bergan takroriy muzlashlar davri inkor etib bo`lmaydigan dalillardir. Olimlar iqlimiy jarayonlarda davriy o`zgarishlar mavjudligini ham e’tirof etadilar. Iqlimshunos olim A.V.Shnitnikov tomonidan Yerning shimoliy yarim sharidagi quruqliklarda (materiklarda) tabiiy namlikning 1800 yil davomidagi davriy o`zgarishlari o`rganilgan. Har bir davr ikki fasldan iborat bo`ladi, birinchisi 300-500 yil davom etadigan salqin, nam, iliq davr bo`lsa, ikkinchisi 1000 yildan ortiq kuzatiladigan issiq va quruq iqlim davridir[1]. Keyinchalik olib borilgan tadqiqotlar Shnitnikov fikrini tasdiqladi. Masalan, E. Le Rua Ladyuri Sharqiy Yevropa iqlimini o`rganar ekan “kichik muzlik davri” bo`lganligini va asrlar osha, ya’ni har 2000 yilda iqlim keskin o`zgarishini isbotladi.[2] Yer tarixida ro`y bergan iqlimiy o`zgarishlar paleoiqlimshunoslik fani vakillari tomonidan o`rganiladi. Bundan tashqari, bu sohaga tegishli paleogeomorfologiya, paleobotanika, paleozoologiya kabi fan ilmiy yo`nalishlari ham mavjud. Bu o`rinda geologiya fani alohida o`ringa ega. Sayyoramizda hukmronlik qilayotgan hozirgi iqlimiy sharoit asosan yaqin o`tmishda, to`rtlamchi davrning quyi, o`rta va yuqori qismida ro`y bergan muzlik davridan so`ng yuzaga kelgan. Yerdagi hayotning asosiy manbai quyosh bo`lsada, iqlimning hosil bo`lishida atmosfera qobig`ining ahamiyati alohida o`rin tutadi. Atmosfera tarkibining shakllanishi va o`zgarishi organik dunyoning rivojlanish jarayoni bilan bevosita bog`liq. Akademik I.V.Vernadskiy fikri bilan aytganda, u organik dunyoning taraqqiyoti hosilasidir [3]. Atmosfera sayyoramizni o`ta qizib va keskin sovub ketishdan saqlab turuvchi himoya vositasidir. Yerning havo qobig`i bo`lmasa, hayot ham bo`lmas edi. Iqlimshunoslarning hisoblashlariga ko`ra atmosferada karbonat angidrid gazi bo`lmaganda harorat 60C ga, suv bug`lari bo`lmaganda esa Yer sirtida harorat 250C ga pasayib ketgan bo`lar edi. Havo haroratining ko`tarilishi 1850 yildan boshlab, bugungi kunga kelib 1 darajaga oshgan. Agarda u 2 darajaga etsa, krizis holatlar vujudga keladi. Sanoat inqilobi amalga oshirila boshlangach atmosferada karbonat angidridning miqdori 30 foizga oshgan. Olimlar iqlim hosil qiluvchi tabiiy omillarni 3 guruhga – astronomik, geografik va havoni sirkulyatsion omillarga ajratadilar. Bu omillar qanday guruhlanmasin, yer iqlimining shakllanishida quyidagilar muhim o`rin tutadi. Bu borada bosh omil quyoshdan yer sirtiga yetib keladigan radiatsiya va yorug`lik miqdoridir. Yer yuzida suvlik va quruqlikning taqsimlanishi, joyning geografik o`rni, yer yuzasining tuzilishi, quyosh nurlarining yer sirtidan qaytishi 16 ko`rsatkichlari, atmosfera tarkibi va sirkulyatsiyasi va havo-dengiz oqimlari kabilardir. Yer shari iqlimini tabaqalashtirishda turlicha yondashuvlar mavjud. Bular orasida B.P.Alisov tomonidan 1930 yillarda ishlab chiqilgan genetik klassifikatsiyasi ko`pchilik tomonidan ma’qullangan. Bu klassifikatsiyada yil davomida yoki issiq va sovuq davrlarda hukmronlik qiladigan havo massalari tiplari asos qilib olingan. U geografik kengliklar bo`ylab hukmronlik qiladigan ettita havo massalarini qamrab oladi: ekvotorial, 2 ta tropik, 2 ta mo`tadil va Arktika, Antarktika. Bunga asosan 4 ta asosiy: ekvotorial, tropik, mo`‘tadil, arktika-antarktika va 3 ta oraliq: subekvotorial, subtropik, subarktikasubantarktika iqlimiy mintaqalariga ajratadi. Yuqorida qayd qilingan havo massalarining, iqlim mintaqalarining shakllanishida yer yuzida radiatsiya balansi, havo harorati va namlikning qutblardan ekvatorga tomon o`zgarishi asos qilib olingan. Yer yuzida qaror topgan ushbu iqlimiy sharoit XX asrning o`rtalariga kelib kuchli antropogen ta’sirga uchradi. Ya’ni, yer yuzasida aholi sonining ortishi, tabiiy resurslarga bo`lgan talab va ehtiyojning to`xtovsiz oshishi va nihoyat fan va texnikani rivojlanishi insonning tabiatga ta’sir kuchining ortib borishi yer shari iqlimining o`zgarishiga olib keldi va bu jarayon shiddat bilan davom etmoqda. Bu jarayonni quyidagi dalilllar bilan asoslash mumkin: Atmosferaning kimyoviy, fizik tarkibiga inson faoliyat ta’sirining ortib borayotganligi, Ozon qatlamini yemiruvchi turli is gazlarini hamda karbonat angdrid va boshqa issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlarni va aerozollarni chiqarish, turli organik yoqilg`ilarni yoqish va energiya sarflash orqali atmosfera haroratiga ko`rsatilayotgan ta’sirning ortib borayotganligi; Tabiiy resurslarning tez sur’atlar bilan o`zlashtirilishi (yer, suv, o`rmon, tog`-kon) tufayli yer sirti albedosining o`zgarishi; Dunyo okeani sathining ko`tarilishi va suv tarkibining ifloslanishi, buzilishi tufayli atmosfera-okean-quruqlik tizimida kechadigan modda, energiya va gaz almashinuviga salbiy ta’sir ko`rsatish; Yer sharida bo`ladigan, bo`layotgan etnik nizolar, davlatlararo kelishmovchiliklar, urushlar, xalqaro terrorizm, maishiy va sanoat chiqindilarining tabiatga tartibsiz katta miqdorda chiqarilayotgani; Inson omili ta’sirida Yer yuzida modda, energiya almashinuvi tufayli, tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy jarayonlarni shiddatining ortayotganligi; 17 Kosmosni o`zlashtirish maqsadida raketalarni fazoga chiqarilishi natijasida Ozon qatlamiga yetkazilayotgan zarar va boshqalar. Iqlimshunoslarning ma’lumotlariga ko`ra, yuqorida qayd qilingan jarayonlar tufayli global iqlim isishi kuzatilmoqda. Atmosferada issiqlik gazlari haddan tashqari ko`p miqdorda to`planishi dunyo miqyosidagi barqaror iqlim jarayonlarining o`zgarishiga olib kelmoqda. Ularning bunday g`ayritabiiy ko`payishi inson faoliyati, chunonchi: energiya ishlab chiqarishda, kimyo sanoatida va boshqa ishlab chiqarishlarda neft, gaz va ko`mirdan haddan tashqari ko`p foydalanilishi natijasida yuz beradi. Miqdori yildan-yilga ko`payib borayotgan asosiy issiqlik gazlari oksidlangan gaz va metan bo`lib, ma’lumki, metan tabiiy gazning asosiy elementi hisoblanadi. Ushbu gazlar atmosferada to`planib, sayyoraning qizigan sirti taratuvchi ortiqcha issiqlik kosmosga tarqalishiga yo`l qo`ymaydi va atmosferaning isishiga sabab bo`ladi. Iqlim o`zgarishi sababi hisoblangan issiqxona gazlari: suv bug`i karbonat angidrid (SO2) metan (SN4) azot oksidi (N2O) gidroftoruglerodlar (GFU) perftoruglerodlar (PFU) oltingugurt geksaftoridi (SF6)[4] Yer o`z yuzasidagi infraqizil nurlarni fazoga qayta chiqarmaslik xususiyatiga egadir. Ular yerni issiq “ko`rpa”ga o`rab, issiqxona samarasini beradi va yerdagi haroratni saqlab turadi. Mazkur jarayon yerni hayot uchun yaroqli qiladi. Issiqxona gazlarisiz yer hozirgidan taxminan 30 darajaga sovuqroq bo`lar edi. Ammo afsuski, inson faoliyati natijasida atmosferaga yuqorida keltirib o`tilgan gazlar chiqarilmoqda. Raqamlarga e’tibor bersangiz, bir kunda dunyoda 9 milliard litr neft yoqiladi. Buning natijasida havodagi SO2 ning miqdori yiliga 30% ga ortib bormoqda. Uning oqibatlari esa quyidagicha: harorat oshishi natijasida muzliklar eriydi. Muzliklar eriganda okean suvining harorati va fizik xossalari, okean oqimlari, mazkur oqimlarga bog`liq bo`lgan mamlakatlarda iqlim, global gidrologik sikl va iqlimni yaratuvchi global jarayonlar o`zgaradi. Oqibatda yog`ingarchiliklar amplitudasida katta o`zgarishlar yuz berib u o`ta ko`p yog`in yog`ishi yoki umuman yog`masligi bilan belgilanadi, qurg`oqchilik va toshqinlar soni ko`payadi, tabiiy ofatlar – tornado, tayfunlar, sellar, ko`chkilar yuz beradi. Bir qarashda bu uncha qo`rqinchli bo`lib tuyulmasligi mumkin. Ammo yerda harorat yana 5 darajaga ko`tarilsa, barcha jarayonlar orqaga qaytarib bo`lmaydigan tus oladi va sayyoramizda har qanday hayotga jiddiy xavf tug`iladi. Inson biologik tur sifatida yashab qolishi masalasi kun tartibidan o`rin oladi. Ayni shu sababli bu muammo olamshumul ahamiyat kasb etadi. 18 Iqlim o`zgarishi muammosi O`zbekistonga ham o`z ta’sirini ko`rsatmay qolmaydi. Sodir bo`lishi mumkin bo`lgan oqibatlar qatorida quyidagilarni ko`rsatish mumkin: - suv resurslari taqchilligining kuchayishi; - o`rtacha haroratning oshishi; - yog`ingarchiliklarning notekis taqsimlanishi – yog`ingarchiliklarsiz qurg`oqchilik uzoq davom etishi va bir martada ko`p miqdorda yog`ingarchiliklar bo`lishi; - qishloq xo`jaligida yetishtirish uchun maqbul ekinlar tarkibi butunlay o`zgarishi; - harorat rejimi kuchayishi natijasida aholi salomatligi bilan bog`liq muammolar ko`payishi; - o`simliklar va hayvonlarning aksariyat turlari yashaydigan areallar qayta taqsimlanishi, demak, ekologik jarayonlar, beriladigan mahsulotlar va bajariladigan funksiyalar tubdan o`zgarishi; - sahrolashish jarayonlarining kuchayishi, demak, yashash va xo`jalik yuritish mumkin bo`lgan erlar kamayishi; - iqtisodiyot sektorlari ta’sirining to`liq qayta taqsimlanishi va boshqalar[5]. Albatta iqlim o`zgarishi natijasida ko`rilishi mumkin bo`lgan zararni hali hech kim hisoblagani yo`q. Xo`sh, bizning faoliyatimiz iqlim o`zgarishiga ta’sir ko`rsatadimi? Albatta, ha. Avvalo bu avtomobillardan chiqayotgan zaharli gazlar, neft, gaz, ko`mir va o`tinni yoqish oqibatida ajraladigan SO2, atmosferadagi aerozollar, sement sanoati. Shuningdek dehqonchilik, ozon qatlamining yupqalashishi, chorvachilikning rivoji, o`rmonlarning kesilishi ham iqlim o`zgarishiga ta’sir ko`rsatadi. Mutaxassislarning fikriga ko`ra, 1901-2012 yillarda o`rtacha global harorat Selsiy bo`yicha 0,89 darajaga ko`tarilgan. Bu 1400 yil mobaynidagi eng yuqori ko`rsatkichdir. Xavotirli tomoni shundaki, bu jarayon davom etishi bashorat qilinmoqda. Ya’ni, 2016-2035 yillarda sayyoramizda havo harorati yana 0,3-0,7 darajaga ko`tarilishi ehtimoldan xoli emas[6]. Buning oqibatida yaqin o`n yillikda qish chillasida harorat 20-30 daraja issiqqa ko`tarilishi, yozda esa havoning sovub ketishini kuzatish mumkin. Eng achinarlisi, issiqxona effekti oqibatida dunyo aholisini, xususan siz-u bizning ichimlik suvimiz bo`lmish tog`lardagi muzliklarning zahiralari erishi natijasida kamayib boradi. 1960 yildan boshlab bugungi kunga qadar Yerdagi qor va muz qoplami 15 foizga qisqardi. Sharqiy-Yevropa mintaqasi, Markaziy Osiyo va Kavkaz (jami 28 mamlakat) mamlakatlarining sezuvchanlik va tez zarar ko`rishi darajasini tavsiflovchi miqdoriy baholash o`tkazilgan. Baholash natijalariga ko`ra, O`zbekiston iqlim o`zgarishlariga juda sezuvchan (2 o`rin) va undan zararlanadigan (6 o`rin) mamlakat hisoblanadi. O`zbekiston uchun xavfli tabiat hodisalari oqibatida extimoli bo`lgan o`rtacha yillik yo`qotishlar hajmi 92 mln AQSH dollarini tashkil etib, bu Markaziy Osiyo va Kavkaz uchun eng yuqori ko`rsatkich hisoblanadi[7]. Iqlim isishi, ya’ni havo haroratining global ortishi muammosini bartaraf qilish juda murakkab vazifadir. Chunki, bu muammo ham “tabiat-inson-jamiyat” munosabatlariga, ya’ni uchlikning muvozanatiga, uyg`un rivojlanishiga bog`liqdir. 19 Ushbu muvozanat yo`llarini topish va uni saqlash uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim: -iqlim o`zgarishi muammosi mazmun-mohiyatini chuqur anglash, yer shari aholisi, davlatlar, xalqaro tashkilotlarning hamkorligiga erishish; -issiqxona hosil qiluvchi gazlar emissiyasini (atmosferaga chiqarishni) kamaytirish imkoniyatini beradigan yangi texnologiyani ishlab chiqish va unga o`tish; - muqobil energiya manbalariga o`tish va ularning samaradorligini oshirish; -ekinzorlardan, ayniqsa sholipoyalardan metan gazining ajralib chiqishini kamaytiradigan texnologiya va usullarga erishish; -uy-joy va binolarni isitishda tejamkor, ekologik talablarga javob beradigan usullarni joriy etish; -har bir insonda “Sayyoramiz-umumiy uyimiz” tuyg`usi va mas’uliyatini oshirish, ekologik madaniyatni shakllantirish; -maishiy chiqindilarni oqilona bartaraf qilish texnologiyasini takomillashtirish; -iqlim isishi indikatori va oqibatlarini hududlar doirasida o`rganish va uni bartaraf qilishning geografik asoslarini izlash va ushbu mavzuda loyihalarni ishlab chiqib amaliyotga tadqiq qilish. 1.3 Iqlim o`zgarishining oldini olish masalalari; Insoniyatning taraqqiyotga erishish yo`lida tabiatga nisbatan xo`jasizlarcha munosabatda bo`lishi atrof-muhitdagi muvozanatning izdan chiqishiga olib keldi. Buning salbiy oqibatlari dunyoning turli mintaqalarida tez-tez yuz berayotgan suv toshqinlari, to`fonlar, o`rmon yong`inlari, qurg`oqchilik, muzliklarning erishi, qush va hayvon turlarining yo`qolib borayotgani, qish kuzatilmaydigan joylarda kutilmaganda qor yog`ishi, aksincha, doimo sovuq ob-havo hukm suradigan o`lkalarda haroratning iliq kelishi va yana shunga o`xshash ko`plab anomal hodisalar misolida yaqqol namoyon bo`lmoqda. Ayniqsa, bir mavsumda xilma-xil iqlim sharoitining ro`y berayotgani, haqiqatan ham, kishini jiddiy o`yga toldiradi. Poyoniga yetgan qish faslidagi holatni eslang-a. AQSHning o`nlab shtatlarida qalin qor yog`ib, qahraton sovuq zabtiga olgan bir paytda Atlantika okeanining boshqa tarafida — Yevropa davlatlarida daryolar o`zanidan toshdi. Portugaliya, Ispaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Irlandiyada takror va takror qayd etilgan kuchli shamol hamda jala talafotlarga sabab bo`ldi. Qurbonlar kuzatildi. Avstraliyada esa mutlaqo boshqacha manzara — haroratning haddan ziyod ko`tarilib ketgani natijasida o`rmon 20 yong`inlari kelib chiqdi. “Tilsiz yov” minglab gektarlardagi daraxtlarning kulini ko`kka sovurdi. Mazkur davlat iqtisodiyotiga, o`simlik va hayvonot dunyosiga katta zarar yetdi. Garchi Sharqiy va Janubiy Osiyo davlatlari uchun to`fonlar azaldan katta tashvish sanalsa-da, so`nggi yillarda ularning ko`lami ancha oshgani xavotir keltirib chiqarmoqda. Vaziyat jiddiyligiga qaramay, sanoat korxonalari tomonidan atrof-muhitga chiqarilayotgan zaharli moddalar hajmining hamon yuqoriligi, ekologiyaga xavf soluvchi turli tadqiqotlarning davom ettirilayotgani iqlim o`zgarishlari bilan bog`liq inqirozni yanada murakkablashtirayapti. Agar tezkor choralar ko`rilmasa, kelgusida global tusdagi muammolar bundan-da ayanchli ko`rinish olishi mumkin. BMTning Iqlim o`zgarishi bo`yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi tomonidan yaqinda e’lon qilingan navbatdagi ma’ruzada bayon etilgan tahlillar ana shunday xulosa chiqarishga asos bo`lmoqda. Mutaxassislarning fikricha, iqlimdagi o`zgarishlar dunyoning barcha okean va qit’alaridagi tabiiy tizimlarda sezilarli o`zgarishlarga sabab bo`layotir. Kelgusi o`n yillikdan boshlab fasllar bilan bog`liq noodatiy jarayonlar boshlanishi mumkin. Masalan, juda qattiq sovuq hukm suradigan qish o`rnini birdaniga jazirama yoz egallashi hech gap emas. Hatto bir kecha-kunduz oralig`ida issiq va sovuq haroratning almashinuvi tez-tez ro`y berishi ehtimolga yaqin. Boshqacharoq izohlansa, yil davomida faqat qish va yoz fasli hukm sursa, ne ajab. Buning oqibatida havo tarkibida atrof-muhitga, inson salomatligiga salbiy ta’sir qiluvchi moddalar miqdori, ummon suvlarining esa kislotalilik darajasi ortishi taxmin qilinmoqda. 2016 yildan 2035 yilga qadar sayyoramizda harorat taxminan 0,7 daraja, 2081 yilga borib esa, 1986 — 2005 yillardagi ko`rsatkichga nisbatan qiyoslaganda, qariyb 2 daraja ko`tarilishi kutilmoqda. Natijada doimiy muzliklarning erish jarayoni tezlashib, okeanlar sathi yuksaladi. Xususan, 2081 — 2100 yillarda ummon suvlari sathi 1986 — 2010 yillardagiga nisbatan 0,58 dan 0,98 metrgacha ko`tariladi. Bu esa, o`z navbatida, toshqinlar ko`payishiga, yer ko`chkilari va eroziyaga, baliqlar hamda quruqlikdagi jonzotlarning pala-partish migratsiyasiga sabab bo`ladi. 21 Iqlim o`zgarishi oziq-ovqat xavfsizligiga ham salbiy ta’sir ko`rsatmasdan qolmaydi. Hisob-kitoblardan kelib chiqib, 2050 yilga borib, makkajo`xori, guruch va bug`doy yetishtirish hajmi 25 foizgacha qisqarishi bashorat qilinmoqda. Aytish kerakki, BMTning Iqlim o`zgarishi bo`yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi tomonidan taqdim etilgan mazkur ma’ruza qariyb ikki ming sahifadan iborat bo`lib, undan ana shu kabi ko`plab yo`nalishlarga oid bashoratlar o`rin olgan. Ma’ruzani tayyorlashda 310 nafarga yaqin muallif va taqrizchi, 400 nafar hammuallif ishtirok etgan. Hujjat Yaponiyaning Yokogama shahrida o`tkazilgan xalqaro anjumanda keng omma e’tiboriga havola qilinib, tadbir chog`ida “Xo`sh, endi nima qilish kerak?” degan savolga ham javoblar, mulohazalar bildirildi. Asosiy fikrlar shu bo`ldiki, aslida iqlim o`zgarishlarini butunlay to`xtatishning iloji yo`q. Chunki, dunyo aholisining iste’mol talabi bunga imkon bermaydi. Lekin kelib chiqishi ehtimoli bo`lgan jiddiy xavf-xatarlarning oldini olish yoki ularning ta’sir darajasini yumshatish mumkin. Ekspertlarning ta’kidlashicha, eng avvalo, havoga chiqarilayotgan karbonat angidrid gazi miqdorini 80 foizgacha qisqartirish zarur. Buning uchun esa Kioto protokolining o`rnini bosadigan yangi global hujjat tayyorlanib, qabul qilinishi lozim. Ishlab chiqarishga zamonaviy, ekologik sof texnologiyalarni joriy etish, aholi o`rtasida targ`ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish samaradorlikka erishishda, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Gap atrof-muhit musaffoligini saqlash, global iqlim o`zgarishi ta’sirini kamaytirish haqida borar ekan, bu yo`nalishda bevosita mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar haqida to`xtalib o`tmoqchimiz. O`zbekiston Respublikasi BMTning iqlim o`zgarishi bo`yicha konvensiyasini ratifikatsiya qilgan. Ushbu konvensiya ijrosi yuzasidan yurtimizda qator tadbirlar bajarilmoqda. Ishlab chiqarishga ekologik sof mexanizmlarni tatbiq etish, avtomashinalarni ekologik sof yoqilg`iga o`tkazish, qishloq xo`jaligida tejamkor texnologiyalarni qo`llash, muqobil energiya manbalaridan foydalanish kabi vazifalar shular jumlasidandir. Davlatimiz rahbarining 2013 yil 1 martdagi “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni bu boradagi islohotlarning mantiqiy davomi bo`ldi, deyish mumkin. Vazirlar Mahkamasining “2013 — 2017 yillarda O`zbekiston Respublikasida atrof-muhit 22 muhofazasi bo`yicha harakatlar dasturi to`g`risida”gi qarori asosida atrof-muhitga salbiy ta’sir ko`rsatayotgan issiqlik gazlari emissiyasini kamaytirish, neft, gaz, kimyo, energetika korxonalarini rekonstruksiya qilish, ekologik sof energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish bo`yicha qator loyihalar amalga oshirilayotir. SHuningdek, o`tgan yil dekabr oyida O`zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to`g`risida”gi Qonuni qabul qilindi. Targ`ibot-tashviqot masalalari ham e’tibordan chetda qolayotgani yo`q. Xususan, ekologik ta’limni takomillashtirish, ekologik muammolarni bartaraf etishda yoshlarning faolligini oshirish borasida ibratli ishlar qilinmoqda. O`zbekiston ekologik harakati, Oliy va o`rta maxsus ta’lim, Qishloq va suv xo`jaligi vazirliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, boshqa davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida an’anaviy tarzda o`tkazib kelinayotgan “Global iqlim o`zgarishiga moslashish bo`yicha eng yaxshi g`oya” tanlovi bunga bir misoldir. Aytaylik, bu galgi tanlovga mamlakatimizning turli hududlaridagi oliy o`quv yurtlari talabalaridan bir yuz yigirmadan ortiq ilmiy loyiha, ma’ruza va maqolalar qabul qilindi, g`olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi. Eng muhimi, yosh tadqiqotchilarning ilmiyijodiy ishlarida qishloq xo`jaligi, sanoat, neft-gaz tarmog`i, chiqindilarni boshqarish sohalariga ekologik sof texnologiyalarni tatbiq etish, suvni tejash, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish borasidagi dolzarb masalalar qamrab olingani diqqatga molikdir. Turli xalqaro anjumanlar, konferensiyalarda global iqlim o`zgarishi oqibatida kelib chiqayotgan salbiy holatlar juda ko`p muhokama qilinadi. Taklifmulohazalar bildiriladi. Lekin ana shunday tadbirlarning aksariyati yakunida yakdil bir qarorga kelinmasligi ham bor gap. Vaholonki, global tusdagi muammoni bir yoki ikki davlatning sa’y-harakati bilan bartaraf etib bo`lmaydi. Bunga birgalikda kurashish talab etiladi. Musaffo osmon, go`zal tabiat va uning bebaho ne’matlari kelgusi avlodlar uchun ham atalganini dildan his qilganlargina, farzandlariga uni bekamu ko`st holda yetkazishga intiladilar. Binobarin, insoniyatning asl vazifasi va maqsadlaridan biri ham mana shunda. 23 Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2030 yilga borib, global isish tufayli jahon iqtisodiyotiga yiliga 2 trillion AQSH dollari miqdorida zarar etishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda “Independent” nashri xabar tarqatdi. Bunga sabab, jazirama odamlarning ishlash layoqatiga salbiy ta’sir ko`rsatib, ish samaradorligini tushirib yuborarkan. Prognozlarga ko`ra, bundan, ayniqsa, Hindiston, Malayziya, Tailand kabi davlatlar nisbatan ko`proq aziyat chekadi. XULOSA Fransuz olimi Montesks Sharl Lui «Qonunlar ruhi to`g`risida»gi (1748) asarida tabiatda va hayotda iqlimning barcha kuchlardan ustun ekanligini ta’kidlagan. Ob-havo va iqlim qadimdan sivilizatsiya rivojlanishiga katta ta’sir ko`rsatib kelgan. Bugungi kunda ham ular insoniyatning hayotiga va faoliyatiga katta ta’sir o`tkazmoqda. To`g`ri, hozirgi zamon fan va texnikasi atmosfera, okeanlar va ichki suvlarda sodir bo`layotgan jarayonlarni oldindan aytishga imkon beradi. Bu ma’lumotlar odamlarning xavfsizligini ta’minlash va global miqyosdagi atrofmuhitni muhofaza qilish uchun zarurdir. Lekin shuni aytish kerakki, keyingi yuz yillikdagi texnologik taraqqiyot insoniyatni iqlimning roli ozaydi, degan xatarli xulosalarga olib keldi. Bunga XIX-XX asrlarda yer sharining katta qismlarida nisbatan barqaror iqlim sharoitining hukm surganligi sabab bo`lgan. Qizig`i shundaki, insoniyatning keyingi ikki yuz yillik davri davomida ilm, fan va texnikani rivojlantirish sohasida erishgan ulkan yutuqlariga qaramasdan, u hamon iqlimiy sharoitlarga bog`liqlikdan xalos bo`la olmayapti. Ustiga-ustak iqlimning inson xo`jalik faoliyatining barcha qirralariga, jumladan, qishloq xo`jalik mahsuldorligi, energetika, transport harakati, texnika va texnologiyalardan foydalanish va boshqa sohalarga ta’siri yanada kuchliroq bo`lmoqda. Iqlim sharoitining inson psixo-fiziologik holatiga va uning sog`lig`iga ta’siri ham kuchayib bormoqda. Iqlim sharoiti tobora ijtimoiy va siyosiy ahamiyat kasb etmoqda. Fan va texnika taraqqiyoti hozirgacha insonni tabiiy sharoitning ta’siridan to`liq himoya qilmayapti. Insoniyat faoliyati esa ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotga 24 erishishga yo`naltirilgan va bu tabiatga shu darajada ta’sir etishini boshlaganki, XXI asrda ob-havo va iqlimni butunlay o`zgartirish mumkin. O`tgan asrning 60-yillari o`rtalaridan Saxelladagi (Afrika) dahshatli qurg`oqchiliklar, suv toshqinlari va qurg`oqchiliklarning tez-tez bo`lib turishi, shuningdek, Yevropa, Amerikada uzoq vaqtdan buyon kutilmagan qahraton qishning takrorlanishi jiddiy xavotir uyg`otdi. Ayniqsa, keyingi o`n yillikda insoniyat global antropogen isish, deb ataluvchi hodisaga uchragan. Hamma joyda atrof-tabiiy geografik muhitning o`zgarishi kuzatilmoqda. Qurg`oqchilik, suv toshqini, dovullar, jazirama issiq oqimlar, yong`inlarning ko`payishi, keskin sovub ketishlar va boshqa tabiiy ofatlar Yer sharining hamma hududlarida ham tez-tez kuzatilmoqda. Keyingi yillarda g`arbiy va janubiy Yevropada, Kavkazda misli ko`rilmagan suv toshqinlari yuz berdi. 2003, 2010 yillarda Hindistonda qattiq qurg`oqchilik, suv toshqinlari bilan almashdi. 2003, 2010, 2015 yillarda Hindiston, Shimoliy Amerika va Yevropa mamlakatlarida kuchli issiqlik kuzatildi. Katta maydondagi o`rmonlar yonib ketdi. Global iqlim o`zgarishi, eng avvalo, o`rtacha havo haroratining o`sishida va noqulay gidrometeorologik hodisalarning, ayniqsa, juda issiq kunlar, qurg`oqchilik, kuchli (jala) yog`in-sochinlari, sel, sunamilar va qor ko`chishlari sonining ko`payishida aks etadi. Iqlim o`zgarishining kuchayib borishi mamlakatlar rivojlanishida salbiy oqibatlarga olib keladi. Ob-havo va iqlim bilan bog`liq bo`lgan tabiiy ofatlar oziq-ovqat ishlab chiqarishni qisqartirishga, suvlarning ifloslanishiga va boshqa iqtisodiy zararlarga sabab bo`ladi. Shuning uchun ham bugungi kunda iqlim o`zgarishi muammosi nafaqat olimlarni va siyosatchilarni, balki butun insoniyatni tashvishga solmoqda. Iqlim o`zgarishi iqtisod uchun ham va butun jamiyat uchun ham og`ir sinovdir. Keyingi vaqtlarda ekstrimal meteorologik va iqlim hodisalari katta nobudgarchiliklarga olib kelmoqda. Yuz minglab odamlar halok bo`lmoqda. BMT ma’lumoti bo`yicha dunyoda 1980 yildan 2005 yilgacha 7 mingdan ko`p fojiali tabiiy ofatlar sodir bo`lib, juda ko`p odamlarning qurbon bo`lishiga olib keldi va 1 trillion AQSH dollaridan ko`p zarar keltirdi. Iqlimiy bilimlar va texnologiyaning rivojlanishiga qaramay, tabiiy va texnogen ofatlardan keladigan zararlarning hajmi har yili 6 foizga ortib bormoqda. 1965 yildan 1992 yilgacha dunyo bo`yicha tabiiy hodisalar harakatidan 6 million odam nobud bo`ldi, 3 milliard odam jabr ko`rdi, umumiy zarar 340 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Iqlim o`zgarishi bu vahimali 25 raqamlardan tashqari, bevosita yana ham vayron qiluvchi – «Fojiali konvergensiyalar» deb ataluvchi hodisalar bilan birga kechadi. Siyosiy zo`ravonlik, davlat to`ntarilishi, hatto fuqarolar urushi kabi siyosiy portlashlar (Yaqin Sharq, Afrika mamlakatlari, Yaman, Sudan va boshqalar) oqibati yana ham vayron qiluvchi kuchga aylanadi. Download 36.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling