Avtomobillarni burish
Avtomobilning xarakat yo’nalishini o’zgartirish uchun, boshqariluvchi g’ildiraklarni, uning bo’ylama uqiga nisbatan burish natijasida amalga oshiriladi.
Boshqaruvchi g’ildiraklar burilganda avtomobil bo’ylama o’qiga parall bo’lgan tezlik vektorlari yo’nalishi, g’ildiraklarining aylanish tekisligiga mos tushmay qoladi. Natijada g’ildirak bilan yo’l orasida, aylanish tekisligiga nisbatan perpendikulyar yonaki kuch boshqaruvchi g’ildiraklarni, shuningdek, avtomobilni to’g’ri chiziqli xarakat yo’nalishidan chetga chiqishga, ya’ni avtomobilni burilishga majbur qiladi.
Xozirgi paytda asosan old g’ildiraklari boshqariluvchi bo’lgan avtomobillar keng qo’llanilmoqda, bunday avtomobillarni burish ikki usulda amalga oshirish mumkin:
G’ildiraklar joylashgan o’qning o’zini g’ildiraklar bilan birga burish:
Oldingi o’q qo’zg’almas bo’lib boshqariluvchi g’ildiraklarni burish.
Birinchi usulda burilganda, g’ildiraklar yo’lda chetga sirpanmasdan g’ildiraydi, biroq; buning bir qator kamchiliklari mavjudligi sababli yaxlit o’qli burish konstruksiyasidan foydalanilmaydi, hozir asosan ikkinchi usul qo’llaniladi.
30-rasm. Avtomobilning burilish sxemasi.
Avtomobillarning majburiy texnik parametrlaridan biri uning burilish raliusidar. Zamonaniy yengil avtomobillarning burilish radiusi 1- jadvadda keltirilgan.
1-jadval
O’rta va katta sinf turkumiga kiruvchi antomobillarda bu qiymat, yengil avtomobillarnikiga nisbatan ikki barobarga yuqori bo’ladi ( PAZ-3201 da 11.0 m, LAZ-699 da 11,2 m va Ikarus 280 da 10,75 m).
Rul boshqarmasi avtomobilni boshqarishda haydovchi tomonidan belgilangan yo‘nalishda harakatni ta’minlaydi.
Vazifasi. Rul mexanizmi boshqariluvchi g‘ildiraklarni yengil burishga imkon berish uchun, rul chambaragiga quyilgan burovchi momentni oshirgan holda rul soshkasiga yetkazib berish uchun xizmat qiladi.
Rul boshqarmasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi: rul mexanizmi; rul yuritmasi.
Rul mexanizm boshqariluvchi g‘ildiraklarni yengil burish va uzatishlar sonini ko‘paytiradi. Hozirgi zamonaviy avtomobillarda chervyakli, vintli va shesternyali rul mexanizmlari ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |