Reja: Global muammolar tushunchasi
Rivojlanayotgan mamlakatlar qoloqligiga barham berish muammosi
Download 48.5 Kb.
|
Dunyoning global muammolari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar.
Rivojlanayotgan mamlakatlar qoloqligiga barham berish muammosi.
Hozirgi vaqtda ko'pchilik global muammolarning og'irlik markazi tabora rivojlanayotgan mamlakatlarga siljimoqda. Ularning qoloqlik ko'lami nihoyatda kattadir. Bu qoloqlikning asosiy ko'rinishi va ayni vaqtda sababi-kambag'allik, qashshoqlikdir. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida aholining 40%i mutloq qashshoq sharoitda yashaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat muammosi eng dramatik hatto fojiali xususiyatga egadir. Ocharchilik rivojlanayotgan mamlakatlarning umumiy qoloqligi va kambag'allik mahsulidir. Bugungi kunda «ocharchilik» geografiyasini avvalo, Afrika va Osiyoning eng qoloq «yashil inqilob» chetlab o'tgan mamlakatalari belgilaydi; bu mamlakatlarda aholining kattagina qismi aynan ochlikdan o'lim chegarasida yashaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat muammosi bilan demografik muammo chambarchas bog'liqdir. Demografik muammo bir tomondan yangi kuchlarning kirib kelishini, mehnat resurslarining o'sishini ta'minlasa, boshqa tomondan, iqtisodiy qoloqlikni yengishda qo'shimcha qiyinchiliklar to'g'diradi, ko'plab sosial masalalarning yechimini mushkullashtiradi, ular erishgan yutuqlarning katta qismini yo'qqa chiqaradi, huddudga bo'lgan «tazyiq»ni kuchaytiradi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning nochor ahvoli eng katta umuminsoniy, umumjahoniy muammo bo'lib qoldi. Bu muammoni hal qilishning bosh yo'llari mazkur mamlakatlar hayoti va faoliyatining barcha jabhalarida tub sosial-iqtisodiy o'zgarishlar o'tkazish, fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va demilitarizasiyani amalga oshirishdan iboratdir. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. I.A.Karimov, «O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida» Toshkent «O'zbekiston» 1995 yil. 2. I.A.Karimov «O'zbekiston XXI-asr bo'sag'asida», «Xafvsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolotlari». Toshkent. «O'zbekiston» 1997 yil. 3. Soliyev A, Maxammadaliyev R, Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya asoslari. T, O'zMU. 2005 yil. 4. Naseleniya mira. Demograficheskiy spravochnik. M: Misl, 1989 g. 5. Ergashev A. va boshq. Jaxon mamlakatlari. Toshkent 2006 yil. Download 48.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling