Reja: Gorizontal shpindelli apparatning tuzilishi
Download 367 Kb.
|
Gorizontal shpindelli paxta terish mashinasining tuzilishi
Gorizontal shpindelli paxta terish mashinasining tuzilishi Reja:
Gorizontal shpindelli apparatning tuzilishi Gorizontal shpindelli paxta terish apparatini ishga tayyorlash "Keys" - 2022 rusumli paxta terish mashinasining sozlanishi Gorizontal shpindelli paxta terish apparatining asosiy o’lchamlari Gorizontal shpindelli paxta terish mashinasi ham vertikal shpindelli paxta terish mashinasiga uxshab, shpindelli barabanlar, ajratkichlar, terilgan paxtani uzatish moslamasi, bunker kabi qismlardan iborat. Bu mashina vertikal shpindelli mashinadan shpindelli barabani, ajratkichi va shpindellarni yuvib tozalash moslamasining tuzilishi bilan tubdan fark kiladi. Mashina apparatining texnologik ish jarayonida (268- rasm) erkin turgan guzapoya shoxlari yunaltirgich 1 yordamida 70...100 mm qalinlikkacha kuchli sikilib, terish kamerasi 2 ga majburan tortib kiritiladi. Kasseta 3 shpindellari 4 yulakcha 6 ta`sirida ishchi kameraga deyarli perpendikulyar yunalishda A joyida kiritiladi va guzapoyaning bir joyida aylanib turadi, chunki mashinaning siljish tezligi VM va kassetaning baraban bilan birgalikda oladigan chizikli tezligi V o’zaro teng. Shu sababli uz uki atrofida aylanayotgan shpindel, guza oraligiga kirayotganida, uchratgan paxtani tishlari bilan ilintirib, uz ustiga xalka ko’rinishida urab oladi. Paxtani urab olgan shpindellarni guza shoxlari orasidan tik yunalishda (V joyida) sugurib olgan kasseta VS oraligida ilgari tomon keskin burilib, shpindellarning aylanishini tezlatadi. Markazdan kochma kuchlar ortishi sababli paxtaga ilingan xaschuplar darcha 5 dan tashqariga chiqarib yuboriladi, demak, paxta qisman tozalanadi. Kassetaning keskin burilishi xisobiga shpindelning uchi ajratkich likopchalari 7 ni tezroq uchratadi. Shpindel ajratkichga tekkan vaqtdan boshlab, baraban bilan birga aylanayotgan kasseta teskari tomonga, ya`ni orqasiga burilishi xisobiga, shpindelning ajratkichga tegib turish vaqtini uzokrok saklab (kassetaning SD yulida) koladi. Kasseta uzining SD yulida orqaga burilib, birinchidan, shpindelni ajratkich likopchalariga uzokrok tegib turishi, ikkinchidan, shpindelning aylanish tezligi sezilarli kamayishi xisobiga zich uralgan paxta xalkasi inertsiya kuchi ta`sirida qisman yechilib ulguradi, shu sababli uni shpindeldan ajratib olish yengillashadi. Shpindel kichik va konussimon sirtga ega bo’lgani uchun ajratkich paxta xalkalarining bir qismini shpindeldan to’liq yechmay, tuguncha ko’rinishida sidirib tushiradi. Ajratilib olingan paxta qabul kamerasi 8 ga tushib, u yerdan havo okimi yordamida bunkerga uzatiladi. Ajratkichdan sung, shpindel namlagich yostikchasi 9 ga kelib uriladi va uning namlangan yumshok va serkirra sirti bo’ylab yumalab utadi. Yostikchaning uzunligi shpindel sirtini to’liq tozalashga yetarli kilib o’rnatilgan. Yostikcha ta`sirida shpindel sirtiga yopishib kolgan o’simlik shirasi, chang-tuzon va boshqa chirkka aylanadigan moddalar yuvilib tushiriladi. Tozalangan shpindel navbatdagi ish tsiklini bajarish uchun yana terish kamerasiga kirib ketadi. Gorizontal shpindelli apparatning tuzilishi Shpindelli baraban 10 ning sirti bo’ylab 10...12 tadan kassetalar teng joylashtirilgan (269- rasm) bo’lib, har bir kassetaga uzunligi 70 ... 120 mm gacha bo’lgan 12...16 dona konussimon, shpindel 12 o’rnatilgan. Shpindelning bir tomoni kassetaga kotiriladi, ikkinchi tomoni konsol tarzida bo’ladi. Shpindel sirtida esa balandligi 0,5 mm gacha bo’lgan bir necha kator tishlar kertiladi. Kasseta 1 pastki 13 va yuqorigi 2 tayanch podshipniklari atrofida aylana oladigan kilib o’rnatiladi (267- rasm). Shpindelni baraban radiusiga nisbatan kerakli holatda ushlab turish uchun har bir kassetaning ustiga krivoship 3 kiydirilgan, uning galtagi 4 yunaltiruvchi yulakcha 5 ichida joylashtirilgan bo’ladi. Dvigateldan kelayotgan harakat Z1 shesternyasi orqali baraban vali 6 ni aylantiradi. Baraban bilan birgalikda kasseta ham uning vali 6 atrofida aylanib turadi. Kuzgalmas yunaltiruvchi yulakcha 5 murakkab shaklga ega bo’lib, tuxumsimon ko’rinishga ega bo’ladi. Shu sababli uning ichida siljib harakatlanayotgan galtak aylanayotgan barabanning sirtiga gox yakinlashib, gox uzoklashib, krivoship orqali kassetani vaqt-vaqti bilan uz uki atrofida ung yoki chapga buradi. Yunaltiruvchi yulakchaning shaklini tanlashda guzapoyaga shpindelni deyarli tik hol da kiritib, bir joyda aylantirib turish kuzda tutiladi. Agar bu shart bajarilmasa, kassetadagi shpindel kuzgalmas guzapoyaga nisbatan oldiga yoki orqaga siljiydigan bo’lib, guza shoxlarini sindirib ketadi. Shunday kilib, terish zonasidagi 4 – 5 kassetaning shpindellari bir-biriga deyarli parallel holatda bo’ladi. Barabanning aylanma harakati Z1 shesternyadan Z2, Z3, Z4, Z5 va Z6 shesternyalari orqali kasseta ichidagi Z7 va Z8 konussimon shesternyalarga uzatiladi. Shpindel uz navbatida Z1 dan kelayotgan harakatni Z7 va Z8 konussimon shesternyalari orqali olib, bir yunalishda uzluksiz aylanib turadi. Ammo kasseta yulakcha ta`sirida uz uki atrofida ung tomonga burilsa, Z8 shesternyasi o’zgarmas tezlikda aylanayotgan Z7 tishlari bo’ylab shpindel aylanayotgan tomonga yumalanib utadi. Natijada shpindelning aylanishi tezlashadi, agar kasseta chap tomonga burilsa, shpindel tezligi kamayadi. Z7 o’zgarmas tezlikda aylansa ham kassetaning tebranishi xisobiga shpindel o’zgaruvchan tezlik bilan aylanadi. Shpindel aylanish tezligining o’rtacha kiymati 2100...2400 ayl/min atrofidadir. Terish zonasidan paxtani urab chiqayotgan shpindelning aylanish tezligi yulakcha ta`sirida kassetaning burilishi xisobiga ortadi va uning tishlari paxtaga yaxshirok botib, uni kamrok tukadi. Shpindelga uralgan paxtani ajratkich 10 yordamida yechib olishni yengillashtirish uchun birinchidan, ajratish zonasida shpindel tezligi bir oz kamaytiriladi, ikkinchidan, yulakcha yordamida kassetaning qisman burilishi xisobiga shpindel ajratkich likopchalariga uzokrok tegib turadi. Ajratkich valiga rezinadan yasalgan burtikli likopchalar 10 kiydirilgan bo’lib, ular kassetadagi shpindellar soniga teng bo’ladi. Tik o’rnatilgan val 11 atrofida aylanayotgan likopchalar shpindel ishchi uzunligini to’liq tozalashi uchun kassetaga shpindel shunday joylashtiriladiki, uning konussimon sirtining ustki yasovchisi gorizontal holatda bo’ladi. Shpindelning simmetriya uki kasseta ukiga perpendikulyar bo’lmaydi (270- rasm). Shpindellarning kassetaga bunday joylashtirilishi maxsus yumshok rezinadan yasalgan namlagich yostikchasining ustiga ularning to’liq tegib turishiga imkon beradi va shpindel sirti yaxshi yuvilib, tozalanib, chirklanmaydi. Namlagich yostikchalariga naychalar orqali maxsus suyuklik uzluksiz kelib, doimo ularning nam holatini ta`minlab turadi. Bu suyuklik shpindelning uta sillik va xromlangan sirtida tomchilar ko’rinishida emas, balki yupka parda ko’rinishda koplab turish xususiyatiga ega. Shu sababli shpindel sirtini doimo to’liq tozalash imkoniyati tugiladi. Shpindel sirtining ochilgan chanokka tegish extimolini oshirish maksadida guzapoyani barabanga sikib turuvchi yaxlit tusik 12, paxtani uziga urab chiqayotgan shpindeldan guzapoya shoxlarini ajratib kolish maksadida esa panjarasimon tusik 11 o’rnatilgan. Shu ikkala tusik oraligi terish kamerasi deyiladi (268- rasm). Gorizontal shpindelli paxta terish apparatini ishga tayyorlash Gorizontal shpindelli apparat nixoyatda murakkab tuzilganligi uchun ish ko’rsatkichlarining sifati, uning qismlari kanchalik to’g’ri sozlanganligi bilan bog’liqdir. Ayniksa, paxtaning to’liqrok terilishi, terish kamerasi kengligining guzapoya shoxlarini qalinligiga mos kuyilishiga sezilarli darajada bog’liq. Buning uchun yaxlit tusikni panjarasimon tusikka (barabanga) yakinlashtirib yoki uzoklashtirib, terish kamerasining kengligi sozlanadi. Bunda shpindel uchidan yaxlit tusikkacha 2...5 mm bo’lishi kerak. Barabandagi kassetalar bir xil balandlikda o’rnatilishi lozim. Barcha kassetalarning bir xil yarusdagi (katordagi) shpindellar ustki yasovchilarining balandliklari bir-biridan 0,2 mm dan ko’p fark kilmasligi lozim. Buning uchun kassetalar tagidagi yupka kistirmalar soni o’zgartiriladi. Bu sozlanish uta muxim xisoblanib, shpindellarga nisbatan ajratkich likopchalari va namlagich yostikchalarining bevosita ta`sirini o’zgartiradi. Bir yarusdagi shpindellar ajratkich likopchasi tagidan 0,1...1,0 mm oralik utishi lozim, chunki tirkish katta bo’lsa, shpindelga paxta uralib koladi. Namlagich yostikchalarining yumshok kirralari bo’lgan pastki yuzasiga shpindel sirti 0,5...0,8 mm botib utishi kerak, aks hol da shpindel yetarli darajada tozalanmasdan tez chirklanib, paxta yerga ko’p tuqilishi mumkin. shpindelni bevosita harakatlantiruvchi Z7 va Z8 konussimon shesternyalarning tishlari orasidagi tirkish shpindelning aylanish tezligiga kuchli ta`sir ko’rsatadi. Shuning uchun bu tirkishni kasseta va shpindel orasiga kuyiladigan qalinligi 0,2 mm bo’lgan kistirmalar sonini o’zgartirish bilan sozlanadi. Tirkish to’g’ri kuyilganda, shpindel buylama uki buyicha lyuft 0,2...0,8 mm bo’ladi. Yuqoridagi uta (0,1...1,0 mm) aniqlikda bajariladigan sozlanishlar barabandagi deyarli 300 ta shpindellarning har biri uchun aloxida-aloxida bajarilishi kerak, aks hol da paxta yerga me`yoridan kuprok tuqilishi mumkin. Gorizontal shpindelli mashina uchun kuk kusaklari kamrok bo’lgan dalalarni ajratish kerak, chunki shpindel terish kamerasida guzapoya shoxlariga sikilib turgan kuk kusaklarga uchi bilan sanchilib, uning ichidagi xom tolani sugurib olishi mumkin. Natijada terilayotgan paxta tolasining sifati pasayadi. "Keys" - 2022 rusumli paxta terish mashinasining sozlanishi Gorizontal shpindelli paxta terish mashinasining ish ko’rsatkichlari, asosan, uning maxalliy sharoitga moslab sozlanishiga bog’liq. Mashina ishlayotganida uning terish apparatidagi shoxko’targichning uchi orqadagi shpindelli baraban ramkasidan 25...51 mm (1...2 dyuym) pastrok o’rnatiladi. Aks hol da ishchi tirkishiga xas-chuplar tikilib kolishi mumkin. Buning uchun apparat ustida joylashgan tortki uzunligi o’zgartiriladi. Shpindelli barabanni juyak pushtasiga nisbatan 25...51 mm balandlikda o’rnatib ishlatgan ma`kul. Buning uchun shoxko’targich tagidagi sirpanib yuruvchi tayanch boshmoKining oxiri baraban ramasining tagiga nisbatan 25...51 mm pastrok kilib o’rnatilishi kerak. Boshmok yerga botib ketmasligi va apparat o’rnatilgan balandlikda avtomatik ravishda harakatlana olishi uchun shoxko’targich ilingan zanjir uzunligi muayyan darajada aniq o’rnatiladi. Bunda shoxko’targichning apparatga nisbatan pastga siljish imkoniyati saklanib kolishi kerak, aks hol da apparat pushta rel yefiga avtomatik moslanib ishlay olmaydi. Umuman, gidrotsilindrni blokirovka kilmasdan apparat tagida sozlash man etiladi. Guza tupini shpindelli barabanga sikib turadigan sikuvchi tusik 4 (271- rasm) shpindel uchlaridan 6 – 7 mm uzoklikda o’rnatilishi kerak. Bunga tusikni cheklab turuvchi pastki va ustki sozlovchi vintlar yordamida erishiladi. Mazkur tusikni cheklovchi vintlarga sikib turuvchi prujinalarning tarangligini (tusikning sezuvchanligini) sharoitga moslagan hol da o’rnatish lozim. Birinchidan, ayrim joylarda katta hajmli shoxlar uchrab kolsa, ularni shikastlantirmaslik uchun prujinalar shoxlar qarshiligini yengib, orqaga kayta olishi kerak. Ikkinchidan, kuk kusaklar ko’p bo’lsa, ularning ichidan xom tolani shpindel sugurib olmasligi uchun prujinaning tarangligi kamaytiriladi. Eng muxim sozlanishlardan biri — ajratkich 2 ni kassetadagi shpindellarga nisbatan to’g’ri o’rnatishdir. Chunki u paxtani yerga tuqilishiga katta ta`sir ko’rsatadi. Normal holatda ajratkichning hamma likopchalari kassetaning shpindellariga bir xil tegib turishi lozim. Agar likopcha tishlari yeyilib, shpindelga tegmay kolsa, ajratkich valining ustki podshipnigi bilan birga ajratkichni pastga siljitib, uning normal ishi tiklanadi. Bu ishni bajarish uchun apparatning ustki panelidagi stoporlangan maxsus kalit dastasi bilan sozlovchi vintni aylantiriladi. To’g’ri sozlangan ajratkich tishlari shpindellarga tegib, uni aylantirishga sezilarli qarshilik ko’rsatishi kerak. Tishlari qisman yeyilgan likopchalarni uzokrok ishlatish maksadida (ularni teskari aylanadigan kilib ishlatish uchun) oldingi va orqadagi ajratkich joylarini almashtirish lozim. Agar ajratkichdagi likopchalarning birontasi shikastlansa, uni tezda almashtirish lozim, aks hol da yerga paxta ko’p tukiladi. Agar ajratkichning bironta likopchasi yangisiga almashtirilsa, uning burtik tishlari egovlanib, kolgan likopchalardagi tishlar balandligigacha yeyiltiriladi. Bundan tashqari likopchalar orasidagi kistirmalar ham o’zgartiriladi va hamma likopchalar uz shpindellariga tegib turishi ta`minlanadi (271- rasm). Shpindelli baraban (rotor) valiga uni harakatga keltiruvchi maxsus mufta — saklagich o’rnatilgan. Shpindelli baraban (rotor)ga biron narsa tikilib kolsa, mufta harakatni shu zaxoti uzadi va shpindellar shikastlanishining oldi olinadi. Demak, mazkur mufta ishga tushgudek bo’lsa, chirsillagan ovoz eshitiladi, bu to’g’ridagi ma`lumotni (xabarni) xaydovchi oldidagi monitordan kuradi va mashinani darrov tuxtatadi. Tikilib kolgan narsani apparatdan olib tashlash uchun u motor yoki kul bilan maxsus moslama (uzun richagli kalit) yordamida muayyan burchakka burib, teskari tomonga aylantiriladi. Mashinani orqa tomonga (motor yordamida) yurgizilsa ham barabanlar teskari aylanadi. Shu sababli mashina orqaga yurgizilganda barabanlar yuritmasini uchirib kuygan ma`kul. Buyurtmachining xoxishiga kura firma barabanlarni faqat bir tomonga aylantiradigan kardan vali bilan ta`minlab berishi mumkin. «Keys» firmasi paxta terish mashinasining apparatlari oraligi 96,5 mm (38 dyuym) yoki 101,6 mm (40 dyuym) kilib o’rnatilishi mumkin. Terim jarayonida bir katorga ishlov beradigan ikkala baraban ham bir xil balandlikda bo’lishi kerak. Namlagich yostikchalari shpindellarni uzluksiz tozalab turish uchun xizmat kiladi. Yostikchalarga yuborilayotgan eritmadagi yuvish vositasining miqdori (kontsentratsiyasi) paxtaga tomgan moy tomchilarini eritadigan darajada bo’lgani ma`kul. Namlagichga suvli eritma 1,35—1,70 kPa bosim ostida yuborilsa, yostikchalar yetarli darajada namlanib, shpindellarni tozalab ulguradi. Agar eritma past bosim ostida yuborilsa, yostikchalarning namligi kam bo’lib, shpindel sirti to’liq tozalanmaydi, u yopishkok holatga kelib koladi. Eritmaning bosimi me`yoridan ortiq bo’lsa, yostikchalardan tomchilar ajralib chiqadi, aylanayotgan shpindellar bu tomchilarni atrofga sachratadi, natijada apparat kirlanadi. Yostikchalar hamma shpindellarga bir tekis tegib turishi uchun namlagich 3 ni pastga-yuqoriga siljitish bilan sozlanadi (vint yordamida). «Keys» firmasi mashinalarida terilayotgan paxta yopishib kolgan barglar, chanok bulaklari, tuproq va boshkalardan tozalanib turadi. Ma`lumki ishchi tirkishiga paxtani urab olgan shpindeldan uning yerga tuqilishini kamaytirish maksadida, ya`ni tezroq ajratkichga yetib borishi uchun kasseta shpindellarni baraban aylanayotgan yunalishda qo’shimcha tezlik bilan buradi. Shu jarayonda shpindel musbat burchak tezlanishi bilan uzining aylanish tezligini 25 – 30% ga oshiradi. Natijada paxtaga ilashgan iflosliklar markazdan kochma kuchlar ta`sirida toladan ajralib, maxsus darcha 7 orqali tashqariga otilib chikib ketadi. Shpindellardagi paxta tugunchalarini ajratkich sidirib tushirganidan keyin ularni havo okimi uchirib bunkerga yetkazadi. Shu jarayon davomida ogir jismlar ham surish karnayining tagiga paxtadan ajralib tushadi. Shundan keyin paxta sunggi marta bunker ustidagi chivikli panjaralarga urilib tozalanadi. Mabodo mashina yogingarchilik vaqtida ishlatilsa, g’ildiraklarning toyishi ortib, ilgarilama tezlik kamayadi va shpindellar ko’p kusaklarni yerga tukib ketadi. Bunday holat g’ildirak kamerasidagi havo bosimi me`yoridan kamayib ketsa ham sodir bo’ladi. Shuning uchun mashinani ishlatganda yuqoridagi holat, albatta xisobga olinishi kerak. Gorizontal shpindelli paxta terish apparatining asosiy o’lchamlari Gorizontal shpindelli barabanda shpindellar soni ko’p bo’lib, ular terish kamerasida sikilgan guzapoya qismlariga intensiv ta`sir ko’rsatadi. Natijada bunday apparatlar yuqori hosilli dalalarda ham bemalol ishlay oladi. Apparatning eng yuqori unum bilan ishlashi uning o’lchamlarini kay darajada aniq tanlanganiga bog’lik. Guzapoya terish kamerasiga kuchli sikib, majburan kiritilganda u old tomonga kuprok engashib kolishi mumkin, okibatda pastki chanoklardagi paxta terilmasdan koladi. Odatda, guzapoya bilan uning ko’targichi va yunaltirgichi orasidagi ishkalan ish burchaklarining kiymatiga qarab, terish kamerasiga kiritish burchagi 500...600 dan oshmaydi. Shu sababli guzapoya yunaltirgichini uzun kilib tayyorlashga to’g’ri keladi. Shpindel ingichka bo’lsa, paxtani uziga tez va to’liq urab olish imkoniyati oshadi, lekin undan paxtani ajratib olish kiyinlashadi. Tajribaga asoslanib, shpindeli va konussimon qismining o’rtacha diametri dshq 8,5...10,0 mm, konusliligi 6°...8° deb qabul qilingan. Shpindel uzunligi terish kamerasining kengligiga bog’liq bo’lib, u lshq 70 ... 90 mm bo’ladi. Gorizontal shpindel tishining chanokdagi paxtani sugurib olish tezligi ham vertikal shpindelniki kabi 1,5 m/s dan oshmasligi kerak. Gorizontal shpindel vertikal shpindelga nisbatan ingichka bo’lgani sababli chanokdagi paxtani uzunrok pilta ko’rinishida (lp q 230...250 mm) sugurib oladi va uni o’z ustiga 3...5 marta uraydi. Bunday ustma-ust uralgan paxtani olish kiyin bo’lgani uchun shpindeldan u xalkasimon tuguncha ko’rinishida ajratib olinadi. Shpindel terish kamerasida t sekund ichida paxtani to’liq urab olishi kerak, ya`ni bu yerda, Download 367 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling