Reja: grafika haqida ma’lumot. Grafema va uning turlari. Yozuv haqida umumiy ma’lumot


Download 0.66 Mb.
bet1/3
Sana30.01.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1140732
  1   2   3
Bog'liq
115857 14-taqdimot. Grafika. Orfografiya

  • REJA:
  • 1. GRAFIKA HAQIDA MA’LUMOT.
  • 2. GRAFEMA VA UNING TURLARI.
  • 3. YOZUV HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT.
  • 4. YOZUVNING TURLARI.
  • 5. O`ZBEK ALIFBOSI HAQIDA MA’LUMOT.

SAVOL:

  • NIMA UCHUN YOZUV INSONIYAT TARIXIDAGI BUYUK KASHFIYOT HISOBLANADI?
  • Grafika (grekcha graphoyozmoq degani) tilshunoslikning bir bo’limi bo’lib, unda fonetik-fonologik, leksik va morfologik birliklarni ifodalash uchun qo`llanadigan optik-grafik (ingl. opticqaraydigan, ko`radigan degani) belgilar haqida so`z yuritiladi. Bu belgilar grafema deb ataladi.
  • GRAFIKA HAQIDA MA’LUMOT

GRAFEMA VA UNING TURLARI

  • 1. Harflarga asoslangan grafemalar tilda mavjud bo`lgan fonetik-fonologik birliklarni ifodalovchi grafemalardir. Masalan, nodir so`zidagi beshta fonemani ifodalash uchun beshta grafema [n], [o], [d], [i], [r] ishlatiladi. Bunday grafemalar tarkibiga ko`ra bir necha guruhlarga ajraladi. Lotin yozuviga asoslangan yangi o`zbek grafikasidagi grafemalar tarkiban ikki guruhga bo`linadi: 1) monografemalar bir harfdan iborat bo`ladi: a, b, d… 2) digraflar ikki harf qo`shilmasidan iborat: ng, ch, sh.

TINISH BELGILARIGA ASOSLANGAN GRAFEMALAR

  • Bular nutqning mazmuniy tomonini yozuvda ifodalash uchun qo`llanadigan belgilardir. Bu belgilar quyidagi vazifalarni bajarishga mo`ljallangan: 1) muloqot jarayonini yozuvda to`g`ri aks ettiradi: Bahor! (his-hayajon); Bahor? (so`roq).
  • 2) gaplarni tarkib jihatidan farqlashga xizmat qiladi: Karimjon (ega) bugun ham kelmadimi? Karimjon (undalma), bugun ham kelmadimi?
  • 3) uslubiy qulaylikka xizmat qiladi: “Toshkentdan Nukusga qatnaydigan poyezd keldi” deyish o`rniga “Toshkent - Nukus” poyezdi keldi” deb yozilsa, tire tufayli usluban qulay, ixcham bo`ladi.
  • 4) yozma nutqdagi murakkab fikriy munosabatlarni ifodalashga xizmat qiladi: Agronom? Nima?! - Nosirov shunaqangi qattiq baqirdiki, nazarimda olis-olislardagi tog'lar ham larzaga kelib silkingandek bo'ldi

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling