Mavzu: Ona til o’qish savodxonligida
so’z turkumlari muammosi
Reja:
1.
Grammatik tahlilning tarkibiy qismlari qaysilar?
2.
So‘z tarkibi bo‘yicha tahlilda nimalarga e’tibor
berish kerak?
3.
Grammatik tahlil qaysi prinsipga asoslanadi?
4.
Morfologik tahlil qanday amalga oshiriladi?
5.
So‘z turkumlari bo‘yicha tahlilning ba’zi
xususiyatlariga izoh bering.
So‘z turkumlari bo‘yicha o‘tkaziladigan tahlil, so‘z tarkibi bo‘yicha
o‘tkaziladigan tahlil kabi, morfologik tahlilning bir ko‘rinishi bo‘lib,
u maktab dasturidagi «So‘z turkumlari» mavzusining masalalarini
qamrab oladi. O‘quvchi matndagi so‘zlarni turkumlarga to‘g‘ri
ajrata olsa, gap bo‘laklarini aniqlashda ham qiynalmaydi. Demak,
bu tahlil o‘zo‘zidan sintaktik tahlil bilan bog‘lanadi. So‘z
turkumlarining mohiyatiga to‘la tushunmasdan turib, sintaktik
tahlil vaqtida gapning bosh bo‘laklari bilan grammatik munosabatga
kirishmaydigan so‘zlar («bo‘laklar»)ni aniqlash mumkin emas. So‘z
turkumlari bo‘yicha o‘tkaziladigan tahlilning birinchi bosqichini
gapdagi so‘zlarni turkumlarga ajratishdan–so‘zlarni morfologik
jihatdan tasnif qilishdan boshlash kerak. Bundan so‘ng har bir
turkumning ichki xususiyatlari ko‘rsatiladi.
Berilgan gapdagi so‘zlarni o‘zak va qo‘shimchalarga
ajratishda aniq, yaqqol ko‘rinib turadigan jadvallardan
foydalanish
o‘rinlidir.
Ma’lumki,
o‘rta
maktablarda
morfologik tahlilning turli usullaridan foydalaniladi. Biz bu
o‘rinda O‘zMU professori Sh.U.Rahmatullayev va dotsenti
Do'stlaringiz bilan baham: |