Reja: Grammatik tahlilning tarkibiy qismlari qaysilar?


Download 128.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana14.04.2023
Hajmi128.91 Kb.
#1356457
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mutaxassilika kirish

Yo.G‘.G‘ulomov
usullaridan
foydalanish
morfologik
tahlilning yagona, umumlashgan jadvalini joriy etish
tarafdorimiz. Grammatik tahlil uchun, masalan, quyidagi
gap berilgan bo‘lsin: Biz bu kunlarga osonlik bilan yetib
kelmadik (A.Q.). Berilgan gapdagi so‘zlar avvalo so‘z tarkibi
bo‘yicha tahlil qilinadi. Bunda quyidagi ishlar amalga
oshiriladi: a) gapdagi har bir so‘zning asl ma’noli va
grammatik ma’noli qismlari ajratiladi; b) yasalgan so‘z
bo‘lsa, asos va yasovchi qo‘shimchaga ajratiladi; v) shakl
yasovchi qo‘shimchalar aniqlanadi; g) imlo bilan bog‘liq
tomonlar izohlanadi.


Shunday qilib, har ikkala gap morfologik tahlilning ikki
bosqichi bo‘yicha (so‘z tarkibi bo‘yicha va so‘z turkumlari
bo‘yicha) tahlil qilindi: to‘liq morfologik tahlil amalga
oshirildi. Uning ba’zi xususiyatlariga metodik izohlar
beramiz: 1. Ot so‘zlar gapda doimo son va kelishik
shaklida bo‘ladi. Yuqoridagi ikkinchi gapda qatnashgan ot
so‘zlar–daryo, ko‘klam, olmazor, belgisiz (qo‘shimchasiz)
bo‘lsada, barchasi aslida qaratqich kelishigi shaklida
bo‘lib, gapda belgisiz (qo‘shimchasiz) qo‘llangan. Lekin
tahlilda ularning asl shakli hisobga olinadi (qo‘shimchalar
qavs ichida ko‘rsatildi va tahlil qilindi). Xuddi shu kabi
qo‘shimchaga ega bo‘lgan, lekin ma’lum grammatik
shaklda turgan so‘zlarni morfologik tahlilda e’tiborga olib,
to‘g‘ri va to‘liq izohlashga alohida diqqat qilish zarur.
Chunki so‘zning haqiqiy morfologik shaklini to‘g‘ri
aniqlamaslik sintaktik tahlilda, ayniqsa, gap bo‘laklarini
izohlashda xatolarga olib keladi



Download 128.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling