anglatishi asosida yasalgan. Endi morfologik tahlilning
murakkab tomonlaridan bo‘lgan so‘z turkumlarining o‘zaro
vazifadoshligi (bir turkum so‘zining ikkinchi turkum
vazifasida kelishi) va yordamchi so‘zlarni izohlab berish
masalalari haqida to‘xtalamiz.
Кo‘rinadiki, yuqoridagi gapda oq-u qorani so‘z shakli
o‘ziga xos murakkab semantik va grammatik xususiyatlarga
ega. Biz sifat so‘zlarning gapda asosan sifatlovchi
aniqlovchi vazifasida kelishini bilamiz. Lekin gapdagi oq-u
qora juft sifati aniqlovchi vazifasida emas; unga tushum
kelishigi qo‘shimchasi -ni qo‘shilgan va gapda vositasiz
to‘ldiruvchi vazifasida qo‘llangan. Buning sababi: oq-u
qorani ot o‘rnida qo‘llangandir. Mazkur so‘zning ot so‘z
o‘rnida qo‘llanganini unga tushum kelishigi qo‘shimchasi (-
ni) qo‘shilganidan, so‘rog‘ining almashganidan (oq-u qora–
qanday? oq-u qorani–nimani?) va belgi ma’nosini emasalan,
predmet ma’nosini bildirayotganidan bilishimiz mumkin
.
Morfologik
tahlilda
bunday
xususiyatni–bir
turkum
so‘zining ikkinchi bir turkum so‘zi o‘rnida qo‘llanishini
alohida diqqat bilan aniqlash va izohlash kerak. Avvalo asl
turkumi ko‘rsatilib, so‘ng qavs ichiga shu so‘zning qaysi
turkum so‘zi vazifasida kelayotganini yozib qo‘yish kerak.
Chunki morfologik hodisalar bilan sintaktik hodisalarning
uzviy bog‘liqligi bor. Gapdagi so‘zlarning grammatik
shaklini, ma’no o‘zgarishlari va sintaktik vazifasini to‘g‘ri
247 anglamaslik, grammatik tahlilni to‘g‘ri amalga
oshirishga monelik qiladi. Yana bir gapni tahlil qilib
Do'stlaringiz bilan baham: |